Okoz: 01. 00. 00. 00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01. 04. 00. 00 Hudud / 01. 04. 03. 00 Ma’muriy-hududiy bo‘linish] [tsz



Download 30,55 Kb.
Sana17.10.2019
Hajmi30,55 Kb.
#23737
Bog'liq
276-I 30.08.1996



[OKOZ:

1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.03.00 Ma’muriy-hududiy bo‘linish]

[TSZ:

1.Davlat va jamiyat qurilishi / Ma’muriy-hududiy tuzilish]

O‘zbekiston Respublikasining qonuni

Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy-hududiy tuzilish masalalarini hal etish tartibi to‘g‘risida



(nomi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 12-oktyabrdagi O‘RQ-304-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011 y., 41-son, 449-modda)

Oldingi tahrirga qarang.



Ushbu Qonun viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullarni tuzish, tugatish, ularning chegaralarini o‘zgartirish, ma’muriy markazlarni ko‘chirish hamda aholi punktlarini shahar, shaharchalari turkumiga o‘tkazish tartibini belgilaydi.

(muqaddima O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 12-oktyabrdagi O‘RQ-304-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011 y., 41-son, 449-modda)

I. VILOYaTLAR, TUMANLAR, QIShLOQLAR, OVULLARNI TUZISh VA TUGATISh

1-modda.

Viloyatlarni tuzish va tugatish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.

2-modda.

Tumanlarni tuzish va tugatish tegishli viloyat va Toshkent shahri hokimlarining iltimosnomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida tumanlarni tuzish va tugatish Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining taklifiga muvofiq Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan amalga oshiriladi. (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 69-moddasi.)

3-modda.

Qishloqlar, ovullarni tuzish va tugatish tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa — Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga oshiriladi.

II. QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, VILOYATLAR, TUMANLAR, QIShLOQLAR, OVULLARNING ChEGARALARINI O‘ZGARTIRISh

4-modda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasining chegarasi faqat uning roziligi bilan Jo‘qorg‘i Kenges qaroriga asosan Oliy Majlis tomonidan o‘zgartirilishi mumkin.

5-modda.

Viloyatlar va tumanlarning chegaralarini o‘zgartirish tegishli viloyatlar, Toshkent shahri hokimlarining iltimosnomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida tumanlarning chegaralarini o‘zgartirish tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining taklifiga muvofiq Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga oshiriladi.

6-modda.

Qishloqlar va ovullar chegarasini o‘zgartirish, aholi punktlarini birlashtirish tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa — Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga oshiriladi.

III. QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, VILOYATLAR, TUMANLAR, QIShLOQLAR, OVULLARNING MA’MURIY MARKAZLARINI BELGILASh VA KO‘ChIRISh

7-modda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasining poytaxtini belgilash va ko‘chirish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga oshiriladi.

8-modda.

Viloyatlarning ma’muriy markazlarini belgilash va ko‘chirish tegishli viloyat hokimlarining iltimosnomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.

9-modda.

Tumanlar, qishloqlar, ovullarning ma’muriy markazlarini belgilash va ko‘chirish tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa — Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga oshiriladi.

IV. ShAHARLAR BO‘YSUNUVINI O‘ZGARTIRISh VA AHOLI PUNKTLARINI ShAHAR, ShAHARChALAR TURKUMIGA KIRITISh

10-modda.

Respublika (Qoraqalpog‘iston Respublikasida), viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar turkumiga, qoida tariqasida, kamida o‘ttiz ming aholisi bo‘lgan, muhim ma’muriy ahamiyat kasb etadigan, istiqbolli iqtisodiy va madaniy markazlar deb hisoblangan shaharlar kiritilishi mumkin.

Shaharlarni viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish, ularni qayta tuzish tegishli viloyat hokimlarining iltimosnomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.

Shaharlarni respublika (Qoraqalpog‘iston Respublikasida) bo‘ysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish, ularni qayta tuzish Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining taklifiga muvofiq Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga oshiriladi.

11-modda.

Tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar turkumiga, qoida tariqasida, kamida etti ming aholisi bo‘lgan, sanoat korxonalari va rivojlangan infrastrukturasi mavjud shaharchalar, aholi punktlari kiritilishi mumkin.

Shaharchalarni, aholi punktlarini tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish, ularni qayta tuzish tegishli viloyat hokimlarining iltimosnomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa — tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining taklifiga muvofiq Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga oshiriladi.

12-modda.

Shaharchalar turkumiga sanoat korxonalari, qurilishlar, temir yo‘l stansiyalari va boshqa muhim obyektlar yaqinida joylashgan hamda qoida tariqasida kamida ikki ming aholisi bo‘lgan aholi punktlari kiritilishi mumkin.

Aholi punktlarini shaharchalar turkumiga kiritish tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan amalga oshiriladi.

 LexUZ sharhi

Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 14-iyuldagi PQ-120-sonli «O‘zbekiston Respublikasi aholi punktlarining ma’muriy-hududiy tuzilishini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 13-martdagi 68-sonli «O‘zbekiston Respublikasi aholi punktlarining ma’muriy-hududiy tuzilishini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori.

V. ShAHARLAR, ShAHARChALARNING ChEGARALARINI BELGILASh VA KENGAYTIRISh

13-modda.

Shaharlarning chegaralarini belgilash va kengaytirish tegishli viloyat, Toshkent shahri hokimlarining iltimosnomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida shaharlarning chegaralarini belgilash va kengaytirish tegishli tuman, shahar hokimlarining iltimosnomasiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining taklifiga muvofiq Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga oshiriladi.

14-modda.

Shaharchalarning chegaralarini belgilash va kengaytirish tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa — Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga oshiriladi.

Oldingi tahrirga qarang.

(VI bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 12-oktyabrdagi O‘RQ-304-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2011 y., 41-son, 449-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

(VII bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 12-oktyabrdagi O‘RQ-304-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2011 y., 41-son, 449-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

(VIII bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 12-oktyabrdagi O‘RQ-304-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2011 y., 41-son, 449-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

IX. MONUMENTAL SAN’AT ASARLARIGA NOM BERISh

(IX bo‘lim nomi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 12-oktyabrdagi O‘RQ-304-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011 y., 41-son, 449-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

(24-modda O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 12-oktyabrdagi O‘RQ-304-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2011 y., 41-son, 449-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

(25-modda O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 12-oktyabrdagi O‘RQ-304-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2011 y., 41-son, 449-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

(26-modda O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 12-oktyabrdagi O‘RQ-304-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2011 y., 41-son, 449-modda)

27-modda.

Oldingi tahrirga qarang.

Monumental san’at asarlariga nom berish, ularga oid tagso‘z matnlarini tasdiqlash Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumati, viloyatlar, Toshkent shahri hokimliklari bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.



(27-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017 y., 24-son, 487-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

(X bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 12-oktyabrdagi O‘RQ-304-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2011 y., 41-son, 449-modda)

XI. YAKUNIY QOIDALAR

30-modda.

Oldingi tahrirga qarang.

Viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullarni tuzish, tugatish, chegaralarini o‘zgartirish, ma’muriy markazlarni ko‘chirish, aholi punktlarini shahar, shaharchalar turkumiga o‘tkazish haqidagi qarorlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasida e’lon qilinishi shart.



(30-modda birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 12-oktyabrdagi O‘RQ-304-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011 y., 41-son, 449-modda)

Mavjud aholi punktlari hisobining yuritilishini hamda yangi paydo bo‘lganlari ro‘yxatdan o‘tkazilishini tegishli ravishda Jo‘qorg‘i Kenges, viloyat hokimliklari ta’minlaydilar.

Oldingi tahrirga qarang.

(31-modda O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 12-oktyabrdagi O‘RQ-304-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2011 y., 41-son, 449-modda)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1996 yil 30 avgust,

276-I-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 y., 9-son, 139-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004 y., 51-son, 514-modda;2011 y., 41-son, 449-modda; 2017 y., 24-son, 487-modda)

Download 30,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish