Oilaviy-maishiy zo‘ravonlik


O‘zbekiston oilaviy zo‘ravonlikka qarshi



Download 1,9 Mb.
bet3/3
Sana06.07.2022
Hajmi1,9 Mb.
#746982
1   2   3
Bog'liq
9-sinf Geografiya Konspekt @sadikov uz 2

O‘zbekiston oilaviy zo‘ravonlikka qarshi
O‘tgan yili mamlakat parlamenti birovni o‘z joniga qasd qilish darajasiga olib kelganlik uchun jinoiy javobgarlikni kuchaytirdi. Ammo bu yurtimizda oilaviy-maishiy zo‘ravonlik borasidagi ahvolni yaxshilashga sabab bo‘ldi, deb aytolmaymiz.
Jahon bankining “Ayollar, biznes va qonunlar – 2016” deb nomlangan hisobotida aytilishicha, hozirda dunyodagi 46 mamlakatda oilaviy zo‘ravonlikni taqiqlovchi qonunlar yo‘q. Ular orasida MDH hududidagi uch mamlakat – Rossiya, Armaniston va O‘zbekiston ham bor. 2017 yilda Armaniston oilaviy zo‘ravonlikka qarshi qonun loyihasini qabul qildi va ro‘yxatdan chiqdi. O‘zbekiston ham hademay bu ro‘yxatdan chiqadi!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 iyulda imzolangan “Ijtimoiy reablitasiya qilish va moslashtirish, shuningdek, oilaviy- maishiy zo‘rlik ishlatishning oldini olish tizimini takomillashtirish
“Maishiy zo‘rlik
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida Adliya vazirligi
ishlatishning oldini olish to‘g‘risida”gi
oldiga Qonun
loyihasini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi, ya’ni muammo davlat rahbari nazoratiga olindi.
Qanday javobgarlik bor?
Oilaviy zo‘ravonlik bo‘yicha qonunchilikka doir jahon tajribasiga nazar solsak, qator e’tiborli faktlarga duch kelamiz. Masalan, Buyuk Britaniyada zo‘ravonlik oilada, uy ichida sodir etilgan bo‘lsa, sudlar buni ishni og‘irlashtiruvchi holat deb baholaydi. Sudlarning hukm chiqarish uchun yo‘riqnomasiga 2006 yili bu haqida maxsus band qo‘shilgan. Shuningdek, oilada zo‘ravonlik amalga oshirilgani haqida arz bilan huquq-tartibot organiga murojaat qilinsa, polisiya gumon qilinayotgan zo‘ravonni 48 soatga shu oila xonadonidan olib chiqib ketishi mumkin.
Oilaviy-maishiy zo‘ravonlik holatlari jinoiy va ma’muriy qonunchilik doirasida tasniflanadi. Zo‘ravonni jazolash nafaqat shu oiladagi muammoga chek qo‘yish, balki butun jamiyatni tarbiyalash uchun kerak. Javobgarlik zo‘ravonlikni tizginlab turuvchi omillardan biri sanaladi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda zo‘ravonlikka nisbatan, ya’ni tuhmat, haqorat qilish, fuqaroga ma’naviy yoki moddiy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor etish, shaxsiy hayot daxlsizligini buzish, voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash, ota-onani moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash, yengil tan jarohati yetkazish hamda mayda bezorilik sodir etganlik uchun eng kam ish haqining bir baravaridan oltmish baravarigacha miqdorda ma’muriy jarimalar solishga va o‘n besh sutka muddatga ma’muriy qamoqqa olish jazolari ko‘zda tutilgan.
Har qanday zo‘ravonlikka javobgarlik jinoyatning o‘ziga mutanosib bo‘lishi qonunchiligimizda qat’iy belgilangan.
Jinoyat kodeksida ham zo‘ravonlikka nisbatan, ya’ni qasddan badanga yengil shikast yetkazish, qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish, o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish, qiynash va jabrlanuvchiga doimiy ravishda ruhiy bosim o‘tkazib, uni o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish uchun eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima, ikki yuz qirq soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari, bir yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari, bir yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash va bir yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Yuqorida Buyuk Britaniya tajribasidan keltirilgan misolda zo‘ravonlik oilada sodir etilsa, jinoyatni og‘irlashtiruvchi holat sifatida qabul qilinishi namoyon bo‘ldi. O‘zbekistonda esa oiladagi zo‘ravonlik yetarlicha baholanmaydi, e’tiborga olinmaydi. Aslida qonun oldida oilaviy rishtalar qandayligidan qat’iy nazar, barcha teng huquqlidir. Ko‘chadagi begona insonni haqoratlash yoki unga tan jarohati yetkazish qanday javobgarlikka tortilsa, oiladagi shaxsga nisbatan zo‘ravonlik ham shunday jazolanadi.
Ayni kunda Adliya vazirligi tomonidan tayyorlanayotgan “Maishiy zo‘ravonlikning oldini olish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasida oilaviy- maishiy zo‘ravonlikka olib keladigan barcha sabablar hamda uning har qanday ko‘rinishlari qamrab olinadi. Endi huquq-tartibot organlari oilaviy zo‘ravonlik haqidagi murojaatlarni qabul qilmaslikka haqqi yo‘q. Har bir holat uchun ma’muriy yoki jinoiy ish ochiladi, hech bir jabrlanuvchi va gumonlanuvchi e’tibordan chetda qolmaydi.
Har bir inson qonun himoyasida. Huquqini bilgan inson esa bu himoyani yaxshi his etadi va undan vaqtida foydalana oladi. Zo‘ravonlikka toqat qilmang. Yo‘q deng va chora ko‘ring. Zero, inson hayoti, sha’ni, qadr-qimmati har narsadan ustun.

E’tiboringiz uchun rahmat


Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish