Quyida keltirilgan ilovalar sizga pullaringizni osonlik bilan boshqarishga, kuzatishga va tejashga yordam beradi.
Debit & Credit - Moliya hisobi
«Debit & Credit» mobil ilovasi budjetni yuritish bo‘yicha eng yaxshi vositalardan biri deb tan olingan. Ushbu ilova bir vaqtning o‘zida foydalanish uchun ham oddiy ham zamonaviy bo‘lib, daromad va xarajatlaringizni qayd etib borish, bir guruhga jamlanadigan xarajat toifalarini boshqarish, turli valyutada pul o‘tkazmalarini amalga oshirish, qo‘shma moliyaviy hisobni yuritish, turli xil budjetlarni o‘rnatish va tahliliy hisobotlarni tuzish imkonini beradi.
Bitta bitim uchun bir nechta toifalarni belgilash, bitimga fotosurat va geoyorliq qo‘shib qo‘yish imkoniyati mavjud. Shuningdek, bank ma'lumotnomasi bilan solishtirish rejimi ham mavjud. Ilovaning xavfsizlik darajasi yuqori ko‘rsatkichlarga mos keladi.
Ushbu ilova iOS platformasida ishlaydi va uni AppStore elektron ilovalar do‘konidan yuklab olish mumkin. Ilovaning bepul talqinini ishlatayotganda unga ikkita hisob qo‘shish mumkin.
Домашняя бухгалтерия Lite
Домашняя бухгалтерия Lite – bu shaxsiy va oilaviy mablag‘laringizni yuritish uchun dasturning bepul talqini. Домашняя бухгалтерия Lite yordamida cheklanmagan miqdordagi hisoblardagi mablag‘lar daromadlari va xarajatlarini kuzatish juda oson. Dastur foydalanish uchun yetarli darajada oson va u foydalanuvchidan buxgalteriya hisobiga oid bilimlarni talab qilmaydi.
Домашняя бухгалтерия Lite bir nechta valyutalarda mablag‘lar hisobini yuritish imkoniyatga ega. Dasturga turli nomlar ostida kirish orqali turli xil foydalanuvchilar bir-biridan mustaqil ravishda hisoblarini yurita oladilar. Kiritilgan ma'lumotlarning maxfiyligini ta'minlash uchun hisoblarni parol bilan himoyalash mumkin.
Ushbu dastur Android platformasida ishlaydi va uni Play market elektron ilovalar do‘konidan yuklab olish mumkin.
MoneyWiz - Shaxsiy moliya
MoneyWiz - bu juda oddiy va juda funksional mablag‘lar menejeri bo‘lib, u oldingi xarajatlarni hisobga olgan holda mavjud vaziyat, kelajak rejalari va ularga erishish samaradorligi to‘g‘risida to‘liq tasavvur berish imkoniga ega. Sizning barcha hisoblaringiz, budjetlaringiz va to‘lovlaringiz bir joyda bo‘ladi.
Ushbu ilovadan foydalanib, oilaning har bir a'zosi o‘z budjetini boshqa a'zolarniki bilan moslashtirishi va bitta umumiy oila budjetini tuzishi mumkin.
MoneyWiz ilovasi hisobotlar hamda ehtiyojlaringizga moslashtirib tuzatish kiritiladigan hisobot namunalarini taqdim etadi. Prognozlash funksiyasi yordamida siz mablag‘laringiz haqida tasavvurga ega bo‘lishingiz mumkin. Ushbu dastur har qanday smartfon platformasida ishlay oladi.