Oilaviy – maishiy marosimlar folklori


So`z magiyasiga asoslangan marosimlar folklori



Download 33,13 Kb.
bet2/3
Sana20.06.2022
Hajmi33,13 Kb.
#681627
1   2   3
Bog'liq
2-seminar sirtqi-2

So`z magiyasiga asoslangan marosimlar folklori. Badiiy tafakkur taraqqiyotining tadrijiy rivoji davomida yaratilgan ma’naviy qadriyatlarimiz tizimida xalqimiz turmush tarzi, ruhiy dunyosi, g`oyaviy va estetik qarashlarini teran aks ettirgan so`z magiyasiga aloqador janrlar alohida o`rin tutadi.
So`z sehriga asoslanuvchi o`zbek marosim folklori janrlariga kinna, badik, afsunlar, olqishlar va qarg`ishlar kiradi. Ular qadimiy e’tiqodiy asoslarga ega bo`lib, xalq orasida keng ommalashganligi, hududiy-etnografik lokal belgilari, voqelikni badiiy aks ettirish usuli, ijro shakli, maishiy-estetik va poetik vazifalariga ko`ra bir-biridan farqlanib turadi.
So`z magiyasiga aloqador janrlar insonning ko`rish, so`zlash va xatti-harakatidan iborat faoliyati bilan bog`liqdir. Chunki ibtidoiy inson shu uchlikda sehr-jodu qudratini ko`ra olgan va o`zining butun faoliyatida ularga munosabatda bo`lishga intilgan.
Qadimgi odamlar o`zlarini turli-tuman kasalliklar, ziyon-zahmatlar, ofat-falokatlar, yomon, yovuz ruhlarning tazyiqidan xalos etish uchun maxsus marosimlar tashkil qilganlar va unda so`z sehridan unumli foydalanganlar.
So`z magiyasiga bog`liq janrlarni ijrochilari tarkibiga ko`ra uch guruhga bo`lish mumkin:
1. Homiy ruhlar tomonidan tanlangan iqtidorli shaxslar ijro etuvchi janrlar: kinna, badik, shaman aytimlari.
2. Professional ijrochilar tomonidan tanlangan alohida qobiliyatli shaxslar ijro etuvchi janrlar: avrashlar.
3. Keng ommaviy tarzda ijro etiluvchi janrlar: olqishlar va qarg`ishlar.
So`z sehriga asoslangan janrlarning kelib chiqishiga qadimgi ajdodlarimizning tabiat kuchlari oldidagi ojizliklari, nochorliklari sabab bo`lgan. Uzoq ajdodlarimiz nochor qolgan kezlarida ko`pincha uni boshqa barcha maxluqotdan ajratib turuvchi so`zlash iqtidoriga, aniqrog`i, so`zning sehrli kuchiga murojaat qilishgan. Chunki inson o`zidagi so`zlash iqtidorini ilohiy qudrat deb bilgan.
Afsunlar. «Afsun» arabcha so`z bo`lib, sehr-jodu ma’nosini bildiradi.Folklorshunoslikda bu atama duo-aytimlariga nisbatan ham qo`llaniladi.
Afsunlar xalq hayotining ajralmas bir qismi sifatida juda qadim zamonlarda vujudga kelgan. Qadimda kishilar o`zlarini turli ziyon-zaxmatlardan, balo-qazodan, kasallik va falokatlardan, e’tiqodsiz va imonsiz kishilar ta’siridan, yirtqich jonzotlar hujumidan omon saqlash maqsadida afsunlardan keng foydalanganlar.
Afsunlar muayyan xatti-harakat hamkorligida yoki ayrim magik sanalgan predmetlar vositasida ijro etiladi. Ular magiyani yo kuchaytirish, yo sindirish uchun xizmat qiladi.
O`zbeklar orasida ilon, qoraqurt, chayon kabi g`azandalar chaqqanda o`qiladigan afsunlar saqlanib qolgan, ularda yahudiy, hind, fors-tojik, arab va turkiy tillarga xos so`zlar, so`z birliklari uchraydi.
Xalq afsunlari hamisha buyruq ohangida ijro etiladi. Xalq afsunlarining ko`llanish doirasi g`oyat keng. Ularning juda katta qismi turli xastaliklarni davolash yoki keltirib chiqarish uchun o`qilsa, yana bir qismi odamlar orasidagi munosabatlarni isitish yo sovutish maqsadida o`qitiladi. Ularni shartli ravishda to`rt guruhga ajratish mumkin:
1. Ruhiy xastalarga o`qiladigan afsunlar. Bu xildagi xalq afsunlari unutilgan bo`lib, bugungi kunda ko`pincha mullalar tomonidan ruhiy bemorlarni islomga aloqador ilmu amallar bilan davolash niyatida qiroat qilinadi.
2. Kishi badaniga turli-tuman toshmalar toshganda o`qiladigan afsunlar.
3. Odamni turli gazandalar chaqqanda o`sha gazandani avrab, zahrining kuchini sindirish, harakatdan to`xtatish maqsadida aytiladigan afsunlar. Buxil afsunlar maxsus avrash marosimining verbal qismini tashkil etadi.
4. Magik «sovutish yoki isitish» maqsadini ifodalovchi afsunlar.
Xalq afsunlarining yana bir qismi kishilar o`rtasidagi munosabatlarni yaxshilash yoki buzish maqsadida o`qiladi, ular xalq orasida «isitma-sovutma» deb ham yuritiladi. Bunday afsunlar ham unutilgan. hozirgi paytda ular ham islomiylashtirilgan.
Badik. Kishi badaniga turli-tuman toshmalar toshganda o`qiladigan afsunlar xalq o`rtasida badik deb yuritiladi. Aytaylik, badik, kishi badaniga gul, gulafshon, suvchechak, kizilcha, eshakemi kabi toshmalar toshganda, ularni daf etish uchun ijro etiladi.
Badik janrining vujudga kelishi qadimgi ajdodlarimizning ruhlar olami, animistik tasavvur-tushunchalari, muloqot (kontagioz) magiyasi haqidagi qarashlari bilan bog`liqdir.
Badik atamasining «titroq», «larza» so`zlaridan kelib chiqqanligi xususida M.Koshg`ariyning «Devonu lug`otit turk» asarida qiziqarli ma’lumot bor. Badik so`zi qadimgi turkcha «bez»-»Qaltiramoq» fe`li o`zagiga–k(o`k) yasovchi qo`shimchasi qo`shilishi va keyinchalik talaffuzda «z»tovushining «d» tovushi bilan almashinishi natijasida kelib chiqqan. «Bezgak» kasalligining nomi ham shu so`z bilan o`zakdoshdir. Shunisi qiziqarliki, hozir ham o`g`uz lahjasida so`zlovchi aholi o`rtasida qo`rqinchli holatga to`qnash kelganda «etim bezillab ketdi» degan ibora keng qo`llaniladi va u orqali qo`rquvdan badanning qaltirashi, titrashi ifoda etiladi. Demak, «Qaltiramoq» ma’nosini anglatuvchi badik so`zi kishi badaniga qizilcha yoki eshakemi toshganda bemorlanib, qattiq isitma chiqarganda to`xtovsiz qaltirashi holatini ifoda etadi va bu kasallikni daf qilish uchun o`tkaziladigan marosim hamda unda o`qiladigan matn nomini atab kelgan.
Badik izchil amaliy vazifa bajarishga xoslangan janrdir. Badikni professional shaxslar-badikxonlar ijro etadi. Uni to`g`ri kelgan kishi ijro etib ketavermaydi. Uning ijrosi ma’lum taqiqlar bilan bog`liq.
Xalq badikni kishi badaniga oziq-ovqat, kiyim-kechak yoki nafas olish yo`li orqali kirib qolgan yomon ruh sifatida talqin etadi. Shu sababli unga qarshi homiy ruhlar tomonidan tanlangan badikxon keskin chora ko`ra oladi. Bundan ko`rinadiki, badikxonlikning kelib chiqishi shomonizm bilan aloqador. Chunki badikxon shaxsiyati o`z mohiyati bilan shomon shaxsiyatiga borib tarqaladi. Badik marosimi turli joylarda turlicha o`tkaziladi. Joylarda badik marosimini belgilangan kun va vaqtlarda o`tkazishga jiddiy e’tibor beradilar. Masalan, Shahriston va Nurota atroflarida badik marosimini chorshanbadan boshlab uch kun davomida o`tkazilsa, Fargona atroflarida esa chorshanba, juma, shanba kunlari uch hafta davomida faqat kun qaytgandan so`nggina o`tkazilgan. Jizzaxda esa istalgan vaqtda o`tkazilaveriladi.
Ma’lumki, islomiy aqidalarga ko`ra, chorshanba kuni xudoning irodasi bilan o`simlik va suvlarga jon ato qilingan, jumada yulduzlar yaratilgan va Shu kuni payg`ambar tug`ilgan. Shu boisdan xalq bu kunlarni xosiyatli hisoblab, qilingan ishlar ijobat topadi deb qaraydi. Yomon ruhlar kechasi faollashadi degan tasavvur-tushunchalar tufayli badik marosimi odatda kunduzi o`tkaziladi.
Badik marosimida bemor chalqancha yotqizilib, ustiga oq rangdagi mato, uning ustidan yana birorta hayvon terisining junli tomoni pastga qaratib yopiladi. Uning ustidan maydalangan qiy, kul yoki chorraha tuprog`i sepilib, bemor tol xivich yoki gavronchalar bilan sekin–asta savalanib, badik matni o`qiladi. Badiklar turli hajmda bo`lishi mumkin.
Yana ba’zi joylarda bemor kun botishga qaratib o`tirg`izib qo`-yilgan va ustiga qizil mato yopilgan. Mato ustida yettita chiroq yoqilgan. Birinchi o`qish kunida bo`g`irsok, ikkinchi kuni bug`doy donidan qovurmoch qilingan. Marosim so`ngida tol xivich yoki gavronchalar oftobda quritilgan.
Badik matnlari, asosan, she`riy shaklda tarqalgan. Ular izchil she`riy shaklda, turli hajmda uchraydi. Badiklarning asosiy mazmuni bemor badanidan kasallikni quvishga qaratilgan. shu sababli ularda ko`pincha do`q-po`pisa, murojaat, imperativ ohang yetakchilik qiladi. Badik matnida «ko`ch» buyruq fe`li ko`p takror etiladi. Badikning ko`chishi uchun yangi manzillar turli epitetlar bilan sifatlanib taklif etiladi. Badikni xalq jonli mavjudot ko`rinishida tasavvur qilishi bois badik matnida ham jonlantirish asosiy vazifani bajarib keladi.



Download 33,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish