Oilaning asosiy funksiyalari Oila klassifikatsiyasi Oilaning rollari



Download 38,15 Kb.
bet6/11
Sana20.01.2022
Hajmi38,15 Kb.
#393653
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Oila funksiyasi, oila tipi va rollari Referat

OILANING REKREATIV VAZIFASI

Nikoh-oila munosabatlari yuzaga kelgan dastlabki, ibtidoiy zamonlardan buyon unga xarakterli bo‘lib kelgan xususiyatlar-dan biri, undagi shaxslararo munosabatlar talablaridan biri uni o‘z a’zolarining axloqiy-psixologik himoyalanishini ta’minlash, shuningdek bolalarga va mehnatga yaroqsiz yoki keksa qarindoshlarga moddiy va jismoniy yordam ko‘rsatish kabilar-dan iborat bo‘lib kelgan. Bu holat o‘z navbatida oilaning asosiy vazifalaridan yana birini, uning rekreativ vazifasini tashkil qiladi. Oilaning rekreativ — o‘zaro jismoniy, moddiy, ma’naviy va psixologik yordam ko‘rsatish, bir-birining salomatligini mustahkamlash, oila a’zolari dam olishini tashkil etish vazifasidir. Bu vazifa keyingi yillarda yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Oila a’zolari salomatligini mustahkamlash, oila a’zolarining dam olishini tashkil etish, oila a’zolarining bevosita mehnat, o‘qish va boshqa ijtimoiy faoliyatlaridan xoli holda, ya’ni bo‘sh vaqt-larni birgalikda o‘tkazishlarini qanday tashkil qilishlari, unda bularning o‘zaro munosabatlari xarakteri qanday ekanligi bu-gungi kun oilasi mustahkamligi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan omillardan hisoblanadi. Bo‘sh vaqt jamiyatning niho-yatda muhim ijtimoiy qadriyatlaridan biridir. Bu qadriyatdan odamlar turlicha foydalanadilar. Bo‘sh vaqtini muntazam ravishda qanday o‘tkazishiga qarab har bir odamning yetuklik darajasiga, ma’naviy dunyosiga baho berish mumkin. Bu bora-da erishilgan yutuqlarimizdan biri shuki — dam olish va sog‘lomlashtirish ishlariga davlat miqyosida ahamiyat berila boshlandi. Lekin ko‘pchilik turli sabablar bilan (ularning o‘zlari ko‘proq moddiy sababni ko‘rsatishadi) madaniy dam olishga e’tibor bermay qo‘yganligini ham aytib o‘tish lozim. Hozirgi vaqtda oilaviy dam olish, oilaviy turizm va qator oilaviy tadbir-lar doirasi kengayib bormoqda.

Shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, hozirgi vaqtda oilaning rekreaktiv vazifasini davlat va ijtimoiy tashkilotlar o‘z zimmasi-ga olmoqda. Odamlarning xavfsizligini ta’minlash, qariyalarga bepul tibbiy yordam ko‘rsatish (bizning milliy xususiyatlarimiz-ga yot bo‘lsa-da, qariyalar uylarining ochilishi), odamlar dam olishlari va o‘z sog‘liqlarini tiklab olish imkoniyatlarini beradi-gan dam olish uylari va sanatoriylarning ochilishi kabilar shular jumlasidandir. Lekin shu bilan birga oila a’zolarining axloqiy-psixologik himoyalanganligini ta’minlashdagi roli tobora ortib bormoqda. Chunki odam faqat o‘z oilasidagina va faqat o‘z yaqinlari qurshovidagina o‘zini tom ma’noda xotirjam, erkin his qila olishi mumkin xolos. Bu borada oilaning o‘rnini hech bir ijtimoiy muassasa bosa olmaydi.


Download 38,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish