Tolerantlikni oilada shakllantirish jarayonida maktabdan tashqarida bo’lgan ijtimoiy institutlar faoliyatida (NNT) o’ziga xos milliy manfaatlarga asoslangan an’ana mavjud. Ammo mana shu an’ana tarkibida tolerantlik g’oyalarini yanada kengroq va chuqurroq o’rgatadigan maxsus dasturlarni ishlab chiqish va hayotga muntazam joriy etish lozim.
Maktabdan tashqaridagi ijtimoiy institutlar faoliyatini, xususan “Kamolot” YoIH, “Kamalak” bolalar tashkiloti, “Bolalar” fondi, Sog’lom avlod uchun, Xotin-qizlar qo’mitasi, Mahalla jamg’armasi kabilarning ish jarayoni va dasturlarini maqsadli ravishda oilada tolerantlik tafakkurini shakllantirish faoliyatiga yo’naltirish, shuningdek ular faoliyatini o’zaro muvofiqlashtirish, mazkur faoliyatni maxsus pedagogik dasturlar bilan qurollantirish darkor.