OILADA VA MAKTABDA O'QUVCHILAR SHAXSINI SHAKLLANTIRISH
Reja:
Kirish
Ota – onalar orasidagi munosabatlarning bola tarbiyasidagi roli.
Bola shaxsini shakllantirishda tarbiyaning ahamiyati.
Bola tarbiyasini shakllantirish omillari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
Ma`lumki, insoniyat jamiyati taraqqiy etib borgan sari odamlarning o`zlari ham, ularning bir-birlari bilan bo`ladigan o`zaro munosabatlari ham, ayniqsa, shaxslararo munosabatlar orasida eng samimiy, eng yaqin bo`lgan oilaviy munosabatlar ham takomillashib, o`ziga xos tarzda murakkablashib boradi. Sababi: hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarish munosabatlari va vositalarining taraqqiyoti, qishloq xo`jaligi, sanoat ishlab chiqarishi, umuman, halq xo`jaligining barcha jabhalarida yangi texnologiya, texnik jarayonlarning jadal joriy etilishi bevosita shu jarayonlarning yaratuvchisi, ishtirokchisi bo`lgan inson omiliga, inson shaxsiga ham o`ziga xos yangicha talablar qo`ymoqda. Ishlab chiqarish munosabatlari, jamiyat taraqqiyoti bir tomondan, odamlarning o`zlarida ro`y berayotgan ijtimoiy-psixologik, fiziologik va boshqa o`zgarishlar o`zaro muloqot munosabatlari doirasining ma`lum darajada chegaralanib qolishiga, ularda o`tmishdoshlarimizda kuzatiladigan tabiiylikning ma`lum darajada bo’zilishiga va oqibatda inson ruhiyatida mumkin qadar hissiy, emotsional zo`riqishlarning yuzaga kelishiga asos bo`lmoqda. Bularning ta`siri oilaviy hayot va undagi psixologik iqlimda ham o`z ifodasini topadi.
Yoshlarimizda bu masala bo`yicha aniqroq tasavvur hosil qilish uchun bundan 90—100 yillar oldingi ularning tengdoshlari, ya`ni o`tib borayotgan asrimiz boshidagi va bugungi kunlarimizdagi 15—16 yoshli yigit-qizlar o`rtasidagi tafovutlarni solishtirib o`tamiz.
Maxsus adabiyotlarda yozilishicha va o`tkazilgan tadqiqotlar natijalarida kuzatilishicha, so`nggi 100 yil ichida odamlarda kuzatiladigan akseleratsiya jarayonida ularning jinsiy, fiziologik balog`atga yetishishi 2—3 yilga ilgarilab ketgan. Bundan 100 yilcha oldin yoshlarning jinsiy balog`atga yetish davri 15—16 yoshga to`g`ri kelgan, hozir esa bu holat o`rtacha 12—13 yoshlarga to`g`ri keladi. Endi ushbu yoshlarning oilaviy hayotga tayyorlik jihatlarini ko`rib chiqamiz.
Ilgarigi tengdoshlaringiz 15—16 yoshlarida oilaviy hayotga yetuklik talablaridan biri bo`lmish jinsiy yetuklikka, balog`atga yetar ekanlar, ular aksariyat hollarda shu yoshga kelib o`sha davrlar uchun xos va lozim bo`lgan, unchalik murakkab bo`lmagan dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik sir-asrorlaridan deyarli boxabar bo`lganlar (chunki u vaqtlarda bolalarni odatda, 13—14 yoshidan shogirdlikka berishgan), o`sha davrdagi ishlab chiqarish munosabatlari va texnologik jarayonlar ulardan maxsus yoki oliy ma`lumot talab qilmagan, 3—4 yil ustoz ko`rgan shogird 16—17 yoshida o`zi mustaqil ish yurita oladigan ustaga, o`z ishini amallab keta oladigan mutaxassisga aylangan. Mabodo, u shu vaqtda oila quradigan bo`lsa, o`z hunari orqali mehnat qilib, o`zini va oila a`zolarini iqtisodiy jihatdan ta`minlay olishi mumkin bo`lgan. Bundan tashqari, u vaqtlardagi 18—20 yoshli yigit mahalla-ko`yda, jamoatchilik orasida ma`lum darajada ijtimoiy yetuk shaxs sifatida qabul qilingan, turli tadbir va marosimlarda haqli ishtirokchi sifatida qatnashishi mumkin bo`lgan, ya`ni uning ijtimoiy jihatdan balog`atga yetganligi jamoatchilik tomonidan qabul qilingan. Bu jarayon shaxsning oldiga oila va jamiyat qarshisida o`ziga xos mas`uliyat yuklagan, mas`uliyatni his qilish esa uning psixologik yetukligi alomatlaridan biri bo`lib xizmat qilgan.
Endi shu xususiyatlarni bugungi kun yoshlari misolida ko`rib chiqaylik. Ular 12—13 yoshlarda jinsiy (fiziologik) yetuklikka erishadilar (bu haqda keyinroq to`xtalib o`tamiz), biroq ular biror bir kasb-hunar egasi bo`lib, mustaqil ishlab, o`zini va oilasini iqtisodiy jihatdan ta`minlay oladigan bo`lishi uchun, avvalo maktabni bitirishi, so`ng u yoki bu kasb-hunar kolleji yoki akademik litseyda o`qib, biror-bir kasbni egallashi kerak. Buning uchun 9 yil maktabda, 3 yil kollej yoki litseyda o`qishi zarur bo`ladi. 12 yillik barcha uchun majburiy ta`limdan so`ng yoshlarimizning ma`lum bir qismi o`qishni oliy o`quv yurtlarida davom ettiradi. Bundan ko`rinib turibdiki, yoshlarimizning iqtisodiy mustaqillikka erishishlari ularning ma`lum qismi uchun 20—21, boshqalari uchun 23—25 yoshga to`g`ri keladi. Bundan tashqari, odamlarning turmush tarzi rivojlanishi bilan oilalarining kundalik hayoti o`zgarib, qiyinishga, maishiy buyumlarga, moddiy farovonlik darajasiga bo`lgan ehtiyoji ham ortib boradi.
Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi shaxsning madaniy takomillashuviga, u esa shaxslarning bir-birlariga qo`yadigan talablari oshishiga va shaxslararo munosabatning noziklashuviga olib keladi. Fikrimizning dalili sifatida bir faktni keltirishimiz mumkin. Ajralish foizi oliy ma`lumotlilar ichida umumiy o`rta ma`lumotlilarga nisbatan yuqoriroqdir.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yuqori saviyada bo`lmagan jamiyatdagi oila a`zolari o`z oilaviy yumushlarining aksariyatini qo`lda bajaradilar. Bunga oilaning barcha a`zolari va birinchi navbatda farzandlar mumkin qadar ko`p jalb qilinadi. Oila ishlarini bajarishdagi umumiy faoliyat yoshlarda ma`lum malakalarni, shu jumladan, oiladagi tegishli vazifalarni bajarishni, oilada bir-birlari bilan muloqotda bo`lish malakalarini, har bir shaxsning ierarxik mavqeiga ko`ra o`z huquq va burchlarini aniqlab olishiga imkon beradi. Moddiy ta`minot, yuqori madaniy saviya esa oilada shaxsning shaxsga qo`ygan talabini yanada kuchaytiradi, oila a`zolarining o`zaro muloqotda bo`lish vaqti miqdorini qisqartiradi. Bu esa ota-onaning farzandlar uchun o z oilasida namuna vazifasini bajara olmasligiga olib keladi.
Shulardan ko`rinib turibdiki, bundan 100 yillar oldingi yoshlar 16—18 yoshida oila qurishsalar ham, shu vaqtga kelib oilaviy hayot uchun, muvaffaqiyatli turmush kechirib ketishlari uchun zarur bo`lgan yetuklik darajalarining barchasiga erishganlar, bu esa ularning oilaviy hayotlarida yuzaga kelishi mumkin bo`lgan muammolarning bartaraf etilishiga asos bo`lib xizmat qilgan.
Umuman, insoniyat jamiyati tobora taraqqiy etib boraverar ekan, oila masalalarining dolzarbligi ham shunga mos ravishda ortib boraveradi va oilaga bo`lgan e`tibor kecha va bugunga qaraganda ertaga yanada yuqoriroq bo`ladi. Chunki oila jamiyatning kichik bir ko`rinishi bo`lib, u qancha inoq, ahil va mustahkam bo`lsa, jamiyat ham shunchalik qudratli bo`ladi. Mana, «Oila psixologiyasi» kursini yoshlarga o`qitishning dolzarbligini ifodalovchi asosiy omil! «Oila psixologiyasi» kursining yaratilishi va uning o`quv predmetlari qatorida maktab, kollej, litseylarda o`tiladigan darslar jadvaliga kiritilishi ham Respublikamiz hukumati tomonidan yuritilayotgan kuchli ijtimoiy siyosatning mantiqiy va mazmuniy davomidir.
Har qanday jamiyat taraqqiyotida oilaning, oila mustahkamligining o`rni beqiyosdir. Chunki tirik organizmning salomatligi uni tashkil qiluvchi har bir xujayraning sog`lomligiga bog`liq bo`lganidek va butun organizm o`z faoliyatini maqsadga muvofiq amalga oshirishida har bir xujayraning munosib o`rni bo`lganidek, oila ham davlat, jamiyat deb atalgan butun bir organizmni tashkil etuvchi xujayradir. Har bir oilaning sog`lom bo`lishi, unda ijobiy psixologik iqlimning hukm surishi, mana shu muhitda dunyoga kelib, shaxs sifatida shakllanib, so`ng o`zi yashayotgan davlatning fuqarosi sifatida o`z davlatining iqtisodiyotini, ijtimoiy taraqqiyotini ta`minlovchi, hal qiluvchi omil bo`lgan inson kamolotida oila bosh mezon hisoblanadi. Shuningdek, jamiyat taraqqiyotining kutilgan darajaga chiqa olmasligi, uning taraqqiyotiga to`sqinlik qiluvchi, inqiroziga olib keluvchi kuchlarning yuzaga kelishida ham oilaning hissasi kattadir. Chunki nosog`lom, noqobil va nizoli oilalarning ko`payishi, ajrashishlar sonining ortishi jamiyatga turli iqtisodiy, ijtimoiy ziyon yetkazishi bilan birga, bunday nosog`lom psixologik muhitda, nizo-janjalli, o`zaro mehr-oqibatsiz sharoitda dunyoga kelgan, shakllangan bola ham keyinchalik nafaqat o`z ota-onasi, aka-ukalariga nisbatan, balki atrofdagilarga, qolaversa, o`zi yashagan jamiyatga nisbatan mehr-oqibatsiz, shafqatsiz, zolim, xudbin, jamiyat, yurt manfaatlariga zid turli salbiy tashqi kuchlar ta`siriga oson beriluvchan shaxs bo`lib shakllanishi va shu asosda o`z oilasi, o`z xalqi, o`z yurti uchun xavfli insonlarning yetishib chiqishiga ham asos bo`lishi mumkin.
Demak, oilaning mustahkamligi jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, milliy xavfsizligini, uning ravnaqini, taraqqiyotini belgilovchi hal qiluvchi omil hisoblanadi. Hozirgi vaqtda jamiyatimiz uchun, insoniyat taraqqiyoti uchun, mustaqilligimiz istiqbollari uchun jiddiy xavf tug`dirayotgan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ekologik, ichki va tashqi omillarning tahdidi ortib borayotgan ayni vaqtda oila mustahkamligini ta`minlash va bu masalani to`g`ri hal etishning asosiy yo`li bo`lmish yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash masalasi hech kechiktirib bo`lmaydigan, o`ta jiddiy yondoshishlarni talab etuvchi davlat, hukumat miqyosidagi masaladir. Buning muvaffaqiyatli amalga oshishiga jamiyatimizning har bir fuqarosi, siz o`quvchilar, ota-onalar- hamma birdek mas`uldir. Bu masala hech qachon kun tartibidan tushmaydigan, o`z dolzarbligini yo`qotmaydigan o`ta nozik, nihoyatda jiddiy masaladir. Chunki insoniyat taraqqiyoti, jamiyatimiz taraqqiyoti shu masalani biz bugun qanday hal qilishimizga bog`liq.
Oila psixologiyasiga doir eng muhim bilimlarni berish, ular asosida tegishli malakalar va ko`nikmalarni shakllantirib, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashdir.
Maxsus manbalarda qayd etilishicha, yer yo’zida bundan 4 mlrd. yillar muqaddam hayot nishonalari, jonzodlar yuzaga kelgan. Hozirgi zamon odamlarining dastlabki ibtidoiy ajdodi (Homo-sapiens)- fikrlovchi odam bundan 3 mln. yillar muqaddam shakllangan. Uzoq muddat davom etgan ibtidoiy taraqqiyotdan so`ng asta-sekinlik bilan ibtidoiy jamoalar, kishilik jamiyatlari yuzaga kela boshlagan va odamlar o`rtasida dastlabki o`zaro munosabatlar, muloqotlar shakllana borgan. Lekin ularni hali tom ma`noda insoniy munosabatlar deb bo`lmas edi.
Umuman erkak va ayollarning bir-birlariga nisbatan qarama-qarshi jins vakillari sifatida o`zaro munosabatlarining ilk ko`rinishlarida, ya`ni nikoh munosabatlari yuzaga kelishining ilk bosqichlarida jinslar o`rtasidagi munosabatlar, asosan biologik omillar bilan boshqarilgan. Xuddi maymunlarda bo`lgani kabi ibtidoiy odamlarning ayollari ham vaqti-vaqti bilan, qisqa muddatli (oy davomida 4—5 kungacha, faqat ayrim turlardagina 19 kungacha) «estrus» degan holatni, estrus davrini his qilganlar (estrus — qo`shilishga moyillikning shiddatli, kuchli namoyon bo`lishi). Bunday kunlarda ayollar kimni xohlasa o`shalar bilan farqlab o`tirmay qo`shilavergan, qolgan kunlari esa qo`shilish bo`lmagan. Odamlar tik yurishga o`tishi bilan ular organizmida ro`y bergan o`zgarishlar tufayli «ilk ayollarning» ko`z yorish jarayonida ko`p nobud bo`lishi va oqibatda odamlar to`dasida ular sonining keskin kamayib ketishi ro`y bergan. Shu sababli erkaklar o`rtasida ko`plab nizolar yuzaga kelgan, ularning ko`pchiligi qonli to`qnashuv ishtirokchilaridan birining nobud bo`lishi bilan tugagan. Bunday tabiiy tanlanish estrus hodisasi uzoqroq muddat davom etgan urug`larning ko`proq yashab qolishiga olib kelgan.Biroq bu biologik omil «ilk ijtimoiy» rejadagi yangi to`siqlarni yuzaga keltiradi: hech bir organizm bunday uzoq vaqt davom etgan o`ta shahvoniy, asabiy zo`riqishlarga dosh bera olmas edi. Shuning uchun estrus muddatining uzayishi bilan ayollar bu davrda «sovuqroq», o`zining jinsiy maylini nazorat qiladigan va endi kim to`g`ri kelsa o`sha bilan emas, balki faqat o`zlariga yoqadigan erkaklar bilangina qo`shiladigan bo`lib borganlar. Erkaklarga nisbatan «tanlab» munosabatda bo`lish o`ziga xos insoniy muhabbatning biologik poydevori yuzaga kela boshlaganligidan dalolat beradi. Shu o`rinda ta`kidlab o`tishimiz joizki, hozirgi odam tushunadigan, his qiladigan «sevgi» hissining ilk elementlari, ayollarning shu holati xususiyati evaziga insoniyat ruhiyatiga singib borgan. Shulardan so`ng asta-sekinlik bilan, garchi hech qanday ijtimoiy me`yorlar bilan boshqarilmasada, bir-birlarini shahvoniy ma`qul ko`radigan juftlardan iborat unchalik katta bo`lmagan guruhdar tashkil topa boshlaydi. Shunday qilib, estrusning uzayishi hamma uchun ham qulay, ma`qul bo`lmagan. Bu esa urug` tarkibiga kiruvchi erkaklar o`rtasida yana janjallar, qon to`qilishlariga sabab bo`ladigan holatlarni keltirib chiqargan. Odamlar jamoasi xo`jalik faoliyatining jiddiy bo’zilishi urug`ning yashab qolishi uchun xavfning ro`yobga chiqishiga olib keldi. Shu tarzda yuzaga kelayotgan jamiyatda urug` ichidagi jinsiy muloqotni boshqarish, biologik instinkt, zoologik individualizmni jilovlash uchun maxsus ijtimoiy me`yorlar shakllana boshladi. Ana shunday ijtimoiy me`yorlardan biri mazkur urug` ichida erkak va ayollarning jinsiy muloqotlarini ma`lum bir muddatga (ovga tayyorlanish, ov vaqtlarida) taqiqlovchi jinsiy tabular (ta`qiqlash) ning yuzaga kela boshlaganligidir.
Ishlab chiqarishdagi jinsiy tabularning yuzaga kelishi urug` o`rtasida erkak va ayolni maishiy ajratib qo`yish bilan kuzatiladi. Tabu vaqtida erkaklarning nafaqat ayollarga teginishi, balki ularga qarashi, ular bilan gaplashishi, ular tayyorlagan ovqatni iste`mol qilishi, hatto ular bilan bir tom ostida ya`ni «bir uyda» bo`lishi ta`qiqlangan.
Tabiiyki, guruhli nikohda u yoki bu bolaning otasi kim ekanligini aniqlash mushkul bo`lgan, shuning uchun bolalarning kelib chiqishi faqat ona tomonidangina hisoblangan. Urug`ning faqat ayolga tegishli tomoni tan olingan. Bolalar faqat o`z onasinigina bilganlar. Ularning singillari, singillarining bolalari, tug`ishgan aka-ukalari va boshqa qarindoshlari ona urug`ini tashkil qilgan.
Guruhli nikohning moddiy asosi, asosan uy xo`jaligini yuritish hisoblangan, chunki bu vaqtga kelib ovchilik hamma vaqt ham urug` ehtiyojini qondira olmay qolgan. Bu davrda ayol uy xo`jalik ishlari bilan bog`liq bo`lgan barcha ishlarni bajargan va shu bilan birga urug` a`zolari o`rtasida o`ziga xos hurmatga ega bo`lgan, urug` oqsoqollari kengashida e`tiborli o`rin egallagan. Matriarxat (onalik) davri bir necha o`n ming yillar davom etgan.
Oilaning muhim bo`lgan funksiyalaridan yana biri bu uning reproduktiv (jamiyatning biologik uzluksizligini ta`minlash, bolalarni dunyoga keltirish) funksiyasidir. Bu funksiyaning asosiy mohiyati inson naslini davom ettirishdan iborat. Oila faqatgina yangi avlodni dunyoga keltiribgina qolmasdan, ularni insoniyat paydo bo`lgan davrdan boshlab yashab kelayotgan ilmiy va madaniy yutuqlar bilan tanishtirish, ularning salomatligini saqlab turishdan ham iboratdir. Tabiatan berilgan avlod qoldirish instinkti odamda farzand ko`rishga, ularni o`stirishga va tarbiyalashga bo`lgan ehtiyojga aylanadi. Bu ehtiyojlarni qondirmasdan turib, kishi odatda o`zini baxtiyor his qila olmaydi. Shuningdek, er-xotinda farzand tug`ilishi bilan bog`liq holda butunlay yangi hissiyotlar: ayolda — onalik, erkakda — otalik hissi paydo bo`ladi. Farzand er-xotin munosabatlarini yanada mustahkamlovchi asosiy omil hamdir.
Albatta, faqat oilagina jamiyat oldidagi funksiyalarini bajarib qolmasdan, balki jamiyat ham oilalarga funksiyalarini muvaffaqiyatli bajarishi uchun zarur bo`lgan shart-sharoitlarni yaratib berishi lozim. Bunga hukumatimiz tomonidan yuritilayotgan demografik siyosat, iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy tadbirlar yaqqol misol bo`la oladi. Bunday siyosatning asosiy yo`nalishlari onalik va bolalikni muhofaza qilish, ko`p bolali va kam ta`minlangan oilalarning moddiy ahvolini yaxshilash, yosh onalarga, oilalarga imtiyozlar yaratish va shu kabilardan iborat.
Oilaning muhim ahamiyatga ega bo`lgan yana bir funksiyasi tarbiyalash funksiyasidir. Bolalarning aqliy, jismoniy, axloqiy, estetik salohiyatiga oilada asos solinadi. Oila inson deb ataluvchi binoning faqat poydevorini qo`yish bilan cheklanmasdan, balki uning so`nggi g`ishti qo`yilgunicha javobgardir. Ota-ona — san`atkor, bola — san`at asari, tarbiya jarayoni esa san`atning o`zidir. Mustaqillikka erishganimizdan so`ng milliy qadriyatlarimizning tiklanishi va xalqimizning azaldan saqlab kelayotgan milliy urf-odatlari, an`analari (bola tarbiyasida ota-onadan tashqari, buvi-buva, qarindosh-urug`, mahallaning ham ta`siri) bu borada katta ahamiyatga ega. Lekin ba`zan oilaning tarbiyaviy funksiyasining susayishi va targ`ibot-tashviqot ishlarining kamligi natijasida oila a`zolari xulqida yomon odatlarning (ichish, chekish, narkomaniya, turli diniy oqimlar ta`siriga berilish, ma`naviy buzuqlik yo`liga kirish) paydo bo`lishi tashvishlanarli hollardan biridir. Jamiyatning komil fuqarosini shakllantirish, tarbiyalash hozirgi zamon oilasining mazkur funksiyasi darajasiga kiradi. Chunki shaxsning ijtimoiylashuvi dastavval oilada amalga oshadi. Oiladagi tarbiya orqali shaxsga ma`lum bir siyosiy-g`oyaviy dunyoqarash, ahloqiy me`yorlar va xulqiy namunalar, jismoniy sifatlar singdiriladi. Halqimizda «qush uyasida ko`rganini qiladi» deb bejiz aytilmagan. Oilada amalga oshadigan ijtimoiylashuv jarayoni natijasida shaxs ijtimoiy me`yorlar va qadriyatlarni o`zlashtiradi, ijtimoiy hayotga kirib boradi.
Oilaning kommunikativ funksiyasi oila a`zolarining o`zaro muloqot va o`zaro tushunishga bo`lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Psixologik tadqiqotlarda ta`kidlanishicha, turli ijtimoiy orientatsiyalar, ustanovkalar, hissiy madaniyat, odamning ahloqiy, ma`naviy va psixologik salomatligi — oiladagi o`zaro, ichki muloqot xarakteri, katta a`zolarning muloqotda psixologik ustanovkalarni namoyon qilishlari, oiladagi ahloqiy-psixologik iqlimga to`g`ridan-to`g`ri bog`liqdir.
Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida fan-texnika taraqqiyotining yuksalib, odamlar kundalik hayoti urbanizatsiyalashuvining (radio, televidenie, video, kompyuter va boshqalar) ortib borishi tufayli oilalarning tobora nuklearlashib borishi, oila kommunikativ funksiyasining, shuningdek, oila a`zolarining bir-birlari bilan «odamlarcha» suhbatlashib olishining ahamiyati tobora kuchaymoqda. Bu o`rinda o`zbek oilasining o`ziga xos xususiyati - ko`p avlodlilik, ko`p farzandlilik kabilar bunday oilalar a`zolari o`rtasida o`zaro muloqot to`laroq amalga oshishiga asos bo`ladi, ularning o`zaro muloqotga bo`lgan ehtiyojlarini qondirishda muhim rol o`ynaydi. Biroq so`nggi yillarda ba`zi oilalarda ota-onalar va bolalar o`rtasida muloqotning kamligi, bir-biriga e`tiborning pasayishi, oila a`zolari o`rtasida fikr erkinligining cheklanganligi (ayniqsa qishloq oilalarida) holatlari ham mavjud, hatto oiladagi o`zaro munosabatlarning yomonlashuvi natijasida oila a`zolarining ayrimlarida stress (asabiy tanglik), suitsid (o`z joniga qasd qilish) kabi noxush holatlarning kelib chiqishi ham kuzatilmoqda. Bunday noxushliklarning oldini olish uchun eng avvalo oila a`zolari o`rtasida oshkora, yaqin, o`zaro tushunarli, ishonchli muloqotning amalga oshirish maqsadida zarur shart-sharoitlarni yaratish, lozim bo`lsa, bu borada yoshlarga tegishli bilimlarni berish, aholi uchun psixologik maslahatxonalar faoliyatini yo`lga qo`yish, treninglar tashkil etish, «Ishonch telefonlari», «Qalb markazlari» kabilarni tashkil etib, ular faoliyatini takomillashtirish lozim.
Hozirgi zamon oilasining eng asosiy funksiyalaridan yana biri relaksatsiya funksiyasidir. Bu degani oila a`zolarining jinsiy, emotsional faoliyatini, ruhiy-jismoniy quvvatini, mehnat qobiliyatini yanada tiklash demakdir. Ma`lumki, fan-texnika taraqqiyotining hozirgi bosqichida, ishlab chiqarish munosabatlarining jadallashuvi, xalq xo`jaligining turli jabhalarida yangi texnologiyalarning joriy etilishi va shu kabi qator omillar inson ruhiyatiga oldingilariga qaraganda ko`proq jismoniy, ruhiy zo`riqishlar bermoqda. Bugungi va ertangi kun sanoati, ishlab chiqarishi ishchi-xodimdan bor imkoniyatini safarbar qilib, butun vujudi bilan ishlashni va o`zining kasb-hunar mahoratini muntazam oshirib borishini taqozo qiladi. Ishlab chiqarish jarayonlari jadalligining bunday tarzda davom etishi shu jarayonlar ishtirokchisi, boshqaruvchisi - insonni tezda toliqib, o`zining mehnat qobiliyatini yo`qotishiga olib kelishi mumkin. Ish kuni davomida ko`tarinkilik, kuchli zo`riqish bilan ishlagan xodim, ishchi ishdan so`ng o`z uyida, oila a`zolari qurshovida boshqa tashvishlarni unutib, ular ko`rsatadigan mehr-oqibatdan bahramand bo`lib, ular bilan bo`ladigan o`zaro muloqotdan, emotsional qo`llab-quvvatlash, beriladigan daldalardan ruhiy quvvat olishi, ertangi kun mehnat faoliyatiga o`zini qayta tiklab olishi lozim bo`ladi. Buning uchun esa uning oilasida tinchlik, totuvlik, o`zaro tushunish, hurmat, mehr-oqibat, ijobiy psixologik iqlim hukm surmog`i lozim. Aks holda odam bu oilada emotsional-ruhiy jihatdan o`zini qayta tiklab ola olmaydi. Bu esa oqibatda odamning mehnat faoliyatida turli xatolarga, ishda sifatsizlikka, jarohatlarga yo`l qo`yishiga, turli kasalliklarga duchor bo`lishiga olib kelishi mumkin. Yuqoridagi funksiyalarning muvaffaqiyatli bajarilishi har qanday oila uchun oila baxtini ta`minlovchi mezon hisoblanadi. Shuni nazarda tutish kerakki, oila — jamiyatning bir bo`lagi, uning asosiy yacheykasidir. Oilaning o`z funksiyalarini muvaffaqiyatli bajarishi nafaqat uning ichki holatiga, shu bilan birga jamiyatning ijtimoiy sog`lomligiga ham ta`sir etadi. Shunday ekan jamiyatni sog`lomlashtirish uchun eng avvalo oilaviy munosabatlarni yo`lga qo`yish, oilaning faqat ichki muammolarinigina emas, balki umumijtimoiy muammolarini ham hal qilishga hissa qo`shishini ta`minlash lozim.
Hozirgi zamon oilalarning tarbiya jabhalaridagi umumiy va xususiy tomonlarini, vazifalarini bilish nihoyatda ahamiyatlidir. Chunki bir bolalarning bocha va maktabda olayetgan bilimlarini, aqliy qiziqishlarini hisobga olganimizdagina oilaviy tarbiya ishi samaradorligini ta’minlashimiz mumkin. Biz tarbiyaviy vazifalarimiz xususiyatlaridan kelib chiqib, bolalar kamolotiga yakka holda yendashish, aqliy, axloqiy, mehnat tarbiya ehtiyejini shakllantirish, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish malakasi, maishiy mehnat, ietimoiy mehnatga ma’naviy-ruhiy tayyerlash kabi mezon va qoidalarni hisobga olib ish tutishimiz ijobiy maqsadga muvofiqdir. Bunisiz tarbiya jarayenini ijobiy hal qila olmaymiz.
Oiladagi tarbiyaviy jabhalarning saviyasi uning tuzilishiga, ko‘p bolalik yeki kam bolalik, ikki yeki uch avlodning birgalikda yashashi, ota-onaning mavjudligi yeki ulardan birortasining yo‘qligi, har ikki jinsdagi (o‘il-qiz) bolalarining borligiga, ota-onalarning ma’lumot saviyasiga, oila a’zolarining ijtimoiy ahvoliga, bolalar tarbiyasi bo‘yicha o‘z burchlarini his etishlari, er va xotinning tarbiyaviy jabhalarga munosabati kabi ijtimoiy omillarga boliq. Shuningdek, oilaviy tarbiyaning o‘ziga xos xususiyatlarini aniңlashda oila tuzilishining milliy o‘ziga xosligini aniqlashda oila tuzilishining milliy o‘ziga xosligini va milliy an’analardan foydalanish darajasini hisobga olish lozim.
Bolalar tarbiyasi oilaning insonni buned etuvchi tabiiy va ijtimoiy moxiyati bilan uzviy boliqdir. Xuddi shu ma’noda tarbiya o‘z mohiyatiga ko‘ra shunday bir jarayenki, u tarbiyalanuvchining biologik, ijtimoiy ehtiyej turlarini, o‘zining qadri, qiziqish va oyalarini jamiyat talablariga bo‘ysundirishda namoyet bo‘ladi.
Bola oilada, maktabda, ota-onalar bilan munosabatda, jamoat joylarida, katta yeshdagilar, o‘rtoqlari bilan muloqotda tajriba orttirib boradi.
Oilalarda bolalarga tarbiya berishda ota-onaning namunasi, ularning mehnatsevarligi, oilaviy ishlarga javobgarligi, ish yuritishi, o‘il bolalarga nisbatan otaning, qizlarga esa onaning ustozlik, rahnamolik ishlari asosiy o‘rinni egallaydi. Bu fikrlar oilalarda o‘tkazilgan anketa ma’lumotlari yerdamida aniqlandi.
Tuilish axloqning rivojlanishi, o‘sish ko‘rsatkichidir. Biroq keyingi o‘n yilliklar ichida ko‘p bolali oilalarning keskin kamayishi hisobiga bitta, ikkita bola bilan cheklanish, oilada tuilishning pasayishiga olib keldi.
Bola tarbiyasiga ko‘p vaqt sarf qilinadi. Lekin oilada tuilgan yakka farzand kattalarning jonli o‘yinchoi, seviklisi, kattalarning diqqat markazi, quvonchi va erkatoyi sifatida voyaga yetadi. Uning biron narsadan noroziligi va yiisi ota-ona dunesini qoronilashtiradi. O‘zlari yemay-ichmay, yakka farzandlarini oq tarab, kiyintirib, hatto turli-tuman sovalar uyushtiradilar. Bu bilan bolasining kelgusi taraqqiyetini buzayetganliklarini o‘yoashni ham yeqtirmaydilar.
Bolaning to‘ri o‘sishi, odamlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lishi, ularning qayulariga hamdardlik ko‘rsatish hissi tarkib topishi uchun oilada hech bo‘lmaganda o‘ziga o‘xshash yana bir kishi ( qizmi, o‘ilmi) bo‘lishi zarurdir. Oilada kamida ikkita farzandning bo‘lishi faqat ularning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini yaxshilabgina qolmasdan, balki jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyejlariga ham mos keladi.
Ijtimoiy va psixologik nuqtai nazardan bolasizlik yeki kam bolalik oila mustahkamligini ta’minlamaydi. Mamlakatimizdagi oilaviy ajralishlarning aksariyati yeki bolasi yo‘q, yeki kam bolali oilalarga to‘ri kelmoqda. Yuqorida ta’kidlaganimizdek ota-ona yakka farzandning tarbiyasiga nihoyatda ko‘p vaqt ajratadi, lekin ko‘p hollarda salbiy natija ko‘rishadi. Oilada yakka farzand tarbiyasidagi kamchilik natijalari bola o‘smirlik yeshiga yetganida birdan yuzaga chiqadi, va, nihoyat, bu kamchilik o‘smir o‘sib, ulayib, o‘zi oila qurganda yanada yaqqolroq namoyen bo‘ladi.
Oila tarbiyasida sharoit, ya’ni ularning qishloq yeki shaharda yashashlari ham bolalar tarbiyasiga u yeki bu darajada ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Odatda, qishloq sharoitida yashovchi oila farzandlari yeshligidan boshlab kuchi yetadigan ishlarga jalb etiladi, ya’ni ular uy yumushlarini bajarish, uy hayvonlarini parvarishlash, ularga yem, suv berish, ota-onalariga dalalardagi hosilni, poliz ekinlari, mevalarini yiib-terib olishlarida yaqindan yerdam berishadi. Qizlar esa uy yumushlarini, ya’ni tozalash, ovqat pishirish, xamir qorish, nrn yepish va hokazo mashgulotlarni jon-dilidan bajaradilar. Shahar oilalaridagi sharoit ulardan tubdan farq qiladi. Ozchilik bo‘lsa-da shahar oilalarining bolalari maktabning turli jonli burchaklarida, tajriba ishlarida, daraxtlarni parvarish qilishda ishtirok etishadi. Lekin bu ishlarni ota-onalarining ishtirokisiz, har zamonda bajaradilar. Natijada bekorchilik kuchayadi yeki sport maydonchalaridan beri kelishmaydi, shahar bo‘ylab sanib yurishadi.
Ko‘p bolali oilalarda bolalar tarbiyasi
Ziyeli va xizmatchilar oilasining qishloqda yeki shaharda yashashlariga qarab bolalariga beriladigan tarbiyada ham birmuncha farqlar mavjud. Shaharlarda yashovchi ko‘p bolali ziyeli yeki xizmatchi oilalaridan farqli o‘laroq qishloqlardagi shu toifadagi oilalarda bolalar siyesiy, madaniy-oqartuv ishlaridan tashqari ota-onalari ham, bolalar ham xo‘jalik dalalarida, bo va polizda mehnat qiladilar. Qo‘lidan ish keladigan barcha yeshlar ota- onalari yenida muntazam mexnat qilish bilan band bo‘ladilar, jismoniy mehnatga nisbatan tayyer bo‘lib voyaga yetadilar.
Tarbiyaning samaradorligi oiladagi bolalar mehnati, ularning uy xo‘jaligidagi faol ishtiroki, shuningdek, oilaviy turmush sharoitlari bilan belgilanadi. Qishloq oilalaridagi tarbiya o‘zining strukturasi va mazmuniga ko‘ra ishchi, xizmatchi va ziyeli oilalardan tubdan farq qiladi. Ayrim holatlarni hisobga olmaganda qishloq oilalari bolalari yilning deyarli barcha fasllarida ham mehnat faoliyatiga tortilgan bo‘ladi.
Ko‘p bolali dehqon oilalaridagi tarbiyaning o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri shuki, bunday oila bolalar jamoasining markazi, asosiy tarbiya vositasi esa ota-onaning namunasi, ularning xulqi, odobi, bir-birlariga bo‘lgan iliq muomalalari, oiladagi, ishlab chiqarishdagi aktiv jismoniy mehnatlaridir.
Bolalar nutqi shakllanishi, rivojlanishi asosida ularni kattalarga hurmat, do‘stlik, insoniylik, halollik kabi odob qoidalariga o‘rgatib boriladi. Shu asosda oilada kundalik ish davomida bolalarda xulq-atvor mezonlarini qaror toptirib boradi. Xuddi ana shu xulqiy mezonlar asosida keyinchalik axloqning murakkab shakllari – jamoatchilik, vatanparvarlik, hayetning ijtimoiy-siyesiy tomonlariga qiziqishning dastlabki shakllanish jarayeni davom etadi. Oiladagi axloqiy tarbiya faqat xulqni tarbiyalash bilan cheklanmasdan, balki barkamol inson axloqini to‘ri tasavvur qildiradi, uning tarkibi, ko‘nikma va malakalarini shakllantiradi. Mana shu asosda oila a’zolarida inson xarakteri, hayet bosqichlari qaror topadi. Oilaviy hayetning o‘ziga xosligi ham mana shunda.
Hozirgi zamon ko‘p bolali oilalarda o‘sib kelayetgan yesh avlodni har tomonlama tarbiyalashning barcha vositalari, shakl va uslublaridan amalda unumli foydalanilmoqda.
Hozirgi kunda ota-onalar hal qilishlari nihoyatda zarur bir qancha tarbiyaviy muammolar mavjud. Bunday muammolar noto‘liq oilalarda nisbatan ko‘p bo‘lib, ular bolalarning ruhiy kamolotida namoyen bo‘lmoqda. Ota-onalar esa har doim ham bu holatni bilib, to‘ri tushunavermaydilar. Ba’zan esa bolalar ham aqli yetadigan masalalar bo‘yicha kattalarga murojaat etmasliklari, masalani ijobiy hal etmasliklari natijasida onalari yeki katta yeshdagi kishilar hayetini, turmushini mushkul ahvolga solib qo‘yadilar.
Umuman olganda hamma oilalar tarbiyasi uchun yaroqli umumiy formula topish mumkin emas, lekin bolalar tarbiyasi bo‘yicha to‘plangan ilor tajribalar asosida oilaning umumiy xususiyatlaridan kelib chiqib, kelajakda kutilish mumkin bo‘lgan tarbiya natijalarini hisobga olib, bir necha omillar haqida maslahat berish mumkin. Masalan, bolalar tarbiyasida oilaviy muhit maxsus ta’sir kuchiga ega. Muhit deyilganda oila a’zolarining o‘zaro munosabatlari, bolalarga ta’sir ko‘rsatish usullari, oilada mavjud bo‘lgan boshqa shakl va uslublar yiindisiga aytiladi. Oila muhitining mazmuni ota-onalarning, katta yeshdagi a’zolarining oyaviy-siyesiy ongliliklarida namoyen bo‘ladi.
Mamlakatimizda bolalar to‘risida, onalar haqida amxo‘rlik qilish chinakam davlat ahamiyatiga molik ishdir. Jamiki yaxshi narsalar - bolalarga shiori yanada baralla jaranglamoqda. Keyingi yillarda mazkur masala yuzasidan qabul qilingan qarorlar fikrimizning isbotidir.
Ma’lumki, bola maktabga kelgunga qadar ham, maktabda o‘qish davrida ham, asosan oilada tarbiyalanadi. Oila davlatning asosiy kurtagi sifatida bolalarning duneqarashi, xulqi va didiga ta’sir ko‘rsatishi tabbiy holdir. Oila a’zolarining ma’naviy birligi yeshlarni har tomonlama kamol toptirishning dastlabki va asosiy omillaridan biri hisoblanadi.
Jamiyatning jadal rivojlanishi, faoliyat turlarining tobora murakkablashib borishi shaxs ongiga ko‘rsatayetgan ko‘rinmas ta’sirlarning kuchayishiga olib kelmoqda. Mana shunday sharoitda kishining mavjud bilimi, kasb-hunari, malakalari kamlik qilib qolmoqda. Eng avvalo, insonlarda oilada tarkib topgan did, farosat, aql, odob, emotsional madaniyatga muhtojlik sezilmoqda. Estetik, axloqiy va boshqa tarbiya sifatlari kundalik hayet ehtiyejga aylanib bormoqda. Tabiiyki, bunday sifatlarga oilaviy tarbiya orqali asos solinadi, kamol toptiriladi. To‘r, bunda ijtimoiy tarbiyaning o‘rnini inkor etib bo‘lmaydi. Ana shu nuqtai nazardan ularning birligiga, o‘zaro hamkorliklariga asoslansak, barkamol inson tarbiyasida muvaffaqiyatlarga erishish mumkin. Oilaviy tarbiya pedagogika fanida murakkab muammolardan biridir. Uning murakkabligi shundaki, har bir oila o‘ziga xos ibtidoiy guruh bo‘lib, tarbiyada faqat mazkur guruhga xos xususiyatlarga asoslanadi.
Lekin o‘zining xususiyatlari va takrorlanmas ta’siri bilan oila bola tarbiyasida muhim omilligicha qoladi. Amaliyetda kuzatganimizdek, bolada ota-onasining mehri, erkalashlari asosida ota-onalariga, qarindosh-urulariga bo‘lgan hissiyetlari shakllanadi. Bolaning otasiga bo‘lgan hurmati onaning hurmatini joyiga qo‘yishda asos bo‘ladi. Onaga bo‘lgan mehr-muhabbat oqibat natijada o‘z oilasiga, xotini, farzandlariga bo‘lgan munosabatlarda o‘z aksini topadi.
Ikkinchi tomondan bolalar ham o‘z ota-onalariga ta’sir ko‘rsatadilar. Oilaviy aloqalarni oilaviy qiziqish, ma’naviy qoniqish hislatlarini takomillashiga sabab bo‘ladilar.
Ota-onalarning o‘ziga va bolalariga bo‘lgan talabchanligi, katta va kichiklarning o‘zaro munosabatlari, do‘stona muhit, ishonch va o‘zaro bir-birlarini tushunish oila, maktab va jamoatchilikning bolalar tarbiyasi yuzasidan olib boriladigan muhim omillaridan biridir. Bunday birlikning ro‘yebga chiqishida, eng avvalo, ota-onalarning siyesiy ongliligi muhim rol o‘ynaydi. Chunki ota-onalarning faolligi oilaviy hayetda o‘z ifodasini topadi. Shu ma’noda bolalar o‘z ota-onalarining siyesiy va fuqarolik qiyefalariga qarab o‘z xulq-atvorlarini tartibga soladilar, hurmatlarini joyiga qo‘yadilar.
Bolalar ulaya boshlashi bilanoq o‘z ota-onalarining qayerda ishlashlari, jamiyatda tutgan o‘rinlari, ularning bilimiga qiziqa boshlaydilar. Shuning uchun ham ota-onalarning nimalarga qiziqishlarini, kimlar bilan safdosh ekanliklarini bolalar mumkin qadar ertaroq bilganlari ma’qul. Ota-ona qanday ishda bo‘lmasin uni jiddiy, el hurmatiga loyiq bir ish deb biladigan bo‘lishi kerak. Bu borada oiladagi tarbiyaning maqsadga muvofiq tashkil etilishi yuzasidan javobgarlik ma’lum darajada maktabga yuklanadi. Oiladagi hukmronlikning tarbiyaviy jihatdan to‘ri bo‘lishini ta’minlash maktabning muhim vazifalaridan biridir. Oilaviy tarbiyaning mazmunli tashkil etilishiga dastlabki ta’sirni maktab belgilaydi. Maktabgina oilaviy tarbiya samaradorligini oshirish yuzasidan rahbarlik qila oladi. Bu vazifalarning muvaffaqiyatli bajarilishida, ijobiy hal etilishida ota-onalar o‘rtasida olib boriladigan tarbiyaga oid taribotning roli benihoyadir. Chunki ota-onalarni hozirgi zamon ruhiy-ta’lim-tarbiyaviy bilimlar bilan qurollantirmay turib, oilaviy tarbiyani yo‘lga qo‘yib bo‘lmaydi. Ommaviy-tarbiyaviy taribotda eng yaxshi oilalar namunasida ta’sir ko‘rsatish eng maqbul yo‘ldir. Bola tarbiyasi yuzasidan oila, maktab va jamoatchilik hamkorligi hozirgi kunimizning dolzarb masalaligi ham mana shundadir. Chunki, birinchidan, bola tarbiyasida oila, maktab va jamoatchilik hamkorligining o‘zi murakkab jarayen bo‘lib, bunda muallimlardan tashqari ishlab chiqarish jamoalari vakillari, yeshlar, kasaba uyushmalari ishtirok etadilar. Ikkinchidan, ota-onalar va qarindosh-urular turli mehnat jamoalarining vakillari bo‘lib, ishlab chiqarish va yeru do‘stlarining ma’naviy xayetlaridagi omillarni muhokama qiladilar, ularning hayetga, san’atga, oilaviy majburiyatlarga bo‘lgan munosabatlari haqida gapiradilar. Shu sababli ham mana shunday toifa oilalarida tarbiya topayetgan bolalar boshqa ota-onalarning ko‘chada, jamoat joylaridagi hayet faoliyatlariga qarab o‘z ota-onalariga baho beradilar. To‘plangan tajribalarni yasli, bocha, maktabdagi o‘rtoqlari bilan muhokama qiladilar va hokazo.
Oilalarning bolalar tarbiyasi uchun imkoniyat doiralari ancha keng bo‘lib, ko‘plab oilalarimiz moddiy jihatdan yaxshi ta’minlangan. Ota-onaning ko‘pi eng kamida o‘rta ma’lumotli. Bunday holatlar ota-onalarning pedagogika, psixologiya sohasidagi bilimlar bilan qurollanishiga va maktab bilan hamkorlikda bolalar tarbiyasini yaxshilash imkoniyatlarini yaratadi. Ota-onalarning bilim saviyasi, umumiy tarbiyaga oid madaniyati, ijtimoiy intilishlari va talablari, bolalar tarbiyasiga nisbatan turlicha munosabatlari, shakllangan hayetiy tajribalari, tarbiya va ijtimoiy taraqqiyet natijasida hosil qilgan ishonch va e’tiqodlari, oiladagi o‘ziga xoslik bolalar tarbiyasiga salmoqli ta’sir ko‘rsatadi.
Ko‘plab qishloq oilalarida ma’lum darajada bolalar tarbiyasi yuzasidan jamoatchilik yerdami mavjudligiga qaramasdan tarbiyaviy kuchlarning bir butunligiga erishilmagan, o‘zaro hamkorlikni qanday tashkil etish mumkinligi haqida ma’lumot yetarli emas. O‘qituvchilar ham sinf ota-onalar majlisining o‘tkazilishi maktab va oila hamkorligini ta’minlaydi, deb o‘ylashadi. To‘ri, ota-onalar majlisi ham hamkorlikni ta’minlashning eng muhim omillaridan hisoblanadi, lekin oila, maktab, jamoatchilik hamkorligi uchun, ularni birlashtirish uchun maxsus tashkil etilgan markaz bo‘lishi lozim.
Demak, maktab mukammal tashkilot sifatida barcha tarbiyaviy ishlarni maqsadga muvofiq tashkil etishi lozim. O‘z o‘qituvchilar jamoasini uyushtira olgan, jamoatchilikni bolalar tarbiyasiga yo‘naltira olgan, ularning ota-onalarini yaxshi bilgan maktab ma’muriyatigina tarbiyaviy yutuqlarni qo‘lga kirita oladi. Bunday maktablar esa o‘z atrofidagi zavod, fabrika, jamoa va davlat xo‘jaliklari, otaliqqa olgan korxonalar bilan aloqani mustahkamlab, o‘quvchilarning maktabdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etmoqdalar, qarovsiz, tarbiyasi oir bolalarni o‘z nazoratlariga olmoqdalar. Bunday xayrli ishlarda ko‘plab ota-onalar maktab bilan yaqindan aloqada bo‘lib o‘quvchilar tarbiyasi yuzasidan o‘qituvchilar jamoasi bilan bamaslahat ish olib borishmoqda.
Lekin, ko‘plab ota-onalar bolalar tarbiyasiga tayyer emasliklari, ularga ta’sir etuvchi turli omillardan bexabarliklari, bola kamolotining murakkab tomonlarini bilmasliklari natijasida oilaviy tarbiyada ko‘plab ko‘ngilsiz voqealar ham sodir bo‘lmoqda. Bunday salbiy omillar o‘il yeki qizlarning maktabdagi ta’lim-tarbiyasiga yemon ta’sir ko‘rsatmoqda. Voyaga yetmagan yeshlar orasida qonunbuzarliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda.
Kuzatishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, hali ham ayrim ota-onalar bolalar tarbiyasi va ularning kelajaklari haqida zamon talabi darajasida tarbiyaviy mas’uliyatni his qilmayaptilar. Ota-onalar bilan suhbatlashish natijasida shu narsa aniqlandiki, ular farzandlari 15-16 yeshga yetganidagina O‘lim yeki qizim yuqori sinfda o‘qimoqda. Kelajakda qayerga yuborsam ekan, qayerga o‘qitsam ekan degan fikrga boradilar. Imkoni boricha, tanish-bilish orqali o‘zlari uchun ma’qul dargohga o‘qishga yeki ishga joylashtirmoqchi bo‘ladilar. Ular bolalarining qobiliyatiga ham, qiziqishiga ham, xohishiga ham e’tibor bermaydilar. Bunday holat ota-onalarning tarbiya masalasida aniq maqsad va dasturlari yo‘qligi oqibatida sodir bo‘ladi.
O‘rni kelganda shuni alohida ta’kidlash kerakki, ayrim maktab o‘qituvchilari orasida o‘z ishiga mas’uliyatsizlik bilan munosabatda bo‘luvchi shaxslar ham yo‘q emas. Ularning eng yemon xatolaridan biri tarbiyaga oid barcha kamchiliklarni ota-onalar zimmasiga yuklab qo‘yib, o‘zlari esa kuzatuvchi bo‘lib qolishlaridir.
O‘qituvchi ota-onalarning faol yerdamisiz bolalarning barkamolligini ta’minlay olmaydi. Bu o‘rinda tarbiyachining o‘zini tarbiyalash lozimligini ham esdan chiqarmaslik kerak. O‘ziga nisbatan talabchan muallim ota-onalar bilan hamkorlikda o‘quvchilarda mustaqil fikrlash va harakat qilish, yangilikni sezish, tashabbuskorlik hamda ijodkorlik qobiliyatlarini shakllantirish maqsadida ularga qat’iy talablar qo‘yish uchun ma’naviy huquqqa ega bo‘ladi.
Respublikamizda ayrim maktablarda ota-onalarni ma’lum guruhlarga bo‘lib majlislarga chaqirish joriy etilmoqda. Masalan, yesh va kam tajribali oilalarni alohida, noto‘liq oilalarni, ko‘p bolali oilalarni alohida-alohida chaqirib, ular bilan ishlash yo‘llari belgilanmoqda.
Ba’zan ota-onalar bolalarining uy vazifalariga yerdam berish kerakmi degan savolni berishadi. Bunga ha yeki yo‘q deb javob berish ham noo‘rin. Gap shundaki, uyga berilgen topshiriqlar bolalarning mustaqil ishlari bo‘lib, ularning fikrlash faolligini ta’minlashni maqsad qilib qo‘yadi. O‘quvchilarning u yeki bu o‘quv materiallari bilan amalda tanishishlari, tegishli xulosa chiqarishlari nazarda tutiladi. Shu sababli uy vazifalarini bolalarining ishtirokisiz o‘zlari yechib bermasdan, balki uni yechishda tarbiyaviy rahbarlik qilishlari, fikrlash uchun imkoniyat yaratishlari lozim. Ba’zan shunday holatlar uchraydiki, ota-onalar bolalarini o‘qitayetgan o‘qituvchilarni, tarbiyachilarni tanimaydilar, bilmaydilar. Bolalari bo‘sh vaqtlarini qayerda, kim bilan o‘tkazishidan bexabar bo‘ladilar. Bola yoshligidan boshlab о‘zida boshqalar bilan, bolalar jamoasi bilan muloqotga extiyoj sezadi. Ammo kichkina bola jamoani о‘zi tanlay olmaydi. U biron jamoaga sharoit taqozosi bilan kelib qoladi.
Bola yashayotgan jamoa jozibali etib tashkil qilinsa bola
bunday jamoada о‘zini erkin sezishi mumkin. Buning uchun esa
jamoa - mazmunan boy, undagi о‘zaro munosabatlar insonparvarlikka asoslangan bо‘lishi muhim. Jamoani shakllantirshda jamoa a’zolari va ularning faoliyatlariga qо‘yiladigan yagona talablar muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu bois tarbiyachi bolalarni maqsadga muvofiq faoliyat yuritishini nazorat qilib borishi lozim.
Xulosa
Demak, tarbiyachi bola bilan amalga oshiradigan yakka tarbiyadagi ishlarni uyushtirishda ma’lum shart - sharoitlarga rioya qilishi lozim. Masalan, yakka tarbiyadagi suxbatlar, mashulotlar, rasm va kitoblarni kо‘rish, didaktik о‘yinlar ertalabki soatlarda, sayrda kechki soatlarda о‘tilsa, maqsadga muvofiq bо‘ladi.
Bolalar bilan kanday ishlar olib borish tarbiyachining
umumiy rejasida kо‘rsatilishi kerak. Olib borgan kuzatishlari
natija va xususiyatlarini tarbiyachi о‘zining kundalik daftariga yozib boradi.
Ta’kidlaganimizdek, oilaviy tarbiyani ijtimoiy tarbiya bilan almashtirish bolalar kamolotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, yasli, bochalarga bormay, faqat oilada o‘sgan va voyaga yetgan bolalar maktabga borganlarida o‘z tengqurlari ichida ko‘p jihatlari bilan ajralib turadi. Oilaning bolalarga moddiy va ma’naviy amxo‘rligini, ko‘rsatayetgan tarbiyasini yasli, bocha tarbiyasi bilan yeki, aksincha, yasli bocha tarbiyasini oilaviy tarbiya bilan almashtirib bo‘lmaydi. Faqat o‘zaro hamkorlik masalani ijobiy hal etish imkoniyatini beradi. Bolalarni barkamol inson qilib yetishtirishda maktabni oila bilan mustahkam bolamay turib, tarbiya sohasidagi butun ishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish bo’lmaydi. Shu maqsadda ota-onalar o‘rtasida ta’lim-tarbiyaga oid tashviqot ishlarini kengaytirish ularni maktabning faol yerdamchilariga, o‘quvchilarning sinfdan va maktabdan tashqaridagi ishlarida har tomonlama foydali tashkilotchilariga aylantirish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |