Jamiyatning yosh va jinsga qarab bo‘linishi.
Ona urug‘i davrida, urug‘dan ajralib chiqqan ona uy jamoasi ona oilasi jamiyatning asosiy tashkil etgan. Ona oilasi-ayollarning eng yaqin qarindoshlaridan iborat ayol va erkaklardan tashkil topgan bo‘lib, ayollar avlodining to‘rt-besh undan ortiq bo‘g‘ini o‘z ichiga olgan kishilar majmuasidir. Ona oilasining soni 200-300 kishigacha yetgan.
Amerikadagi irokez, Kanadadagi algonik, Afrika, Avstraliya, Melaneziya va boshqa joylardagi qabilalarning ona xonadoni jamoasi ona oilasining timsoli bo‘lishi mumkin.
Ona urug‘i va ona oilasi deyilishining sababi ayollarning ijtimoiy xayotidagi tutgan o‘rni, erkaklarnikiga nisbatan baland bo‘lganligi bilan xarakterlanadi.
Erkaklar o‘rmonlarni kesib yer ochgan, ov qilgan, qurollar yasagan. Ayollar esa terib termachilab ovqat topganlar. Motiga bilan yerni bo‘shatib dnhqonchilik qilganlar, don va poliz ekinlarini parvarish qilganlar, hosil pishgach,uni yig‘ib-terib olganlar, uy-ro‘zg‘or ishlarini-ovqat pishirish, kiyim bosh tikish, uyni tartibga keltirish kabi juda ko‘p xo‘jalik ishlarini bajarganlar. Undan tashqari keksalarni parvarish qilish va bolalarni tarbiyalash kabi muhim ishlar ular zimmasi ironezlar, misseonerlar biriga bizning mamlakatimizda asosiy ishlarni ayollar bajaradilar, ulardan va sabzavotlarni sepadilar ekadilar, parvarish qiladilar, erkaklar va bolalar uchun ovqat pishiradilar. Agar xotinlar bo‘lmaganda edi., biz juda og‘ir axvolda yashagan bo‘lur edik, deb aytishgan. Bu hol urug‘, oila va xonadonda ularning mavqeini baland ko‘targan.
Ikkinchidan esa (tug‘ilgan) nikoh guruhi, keyinchalik juft ayni vaqtda beqaror bo‘lganligi uchun tug‘ilgan bola bevosita onani taniydi, otaning kim ekanligi noma’lum bo‘lib qoladi.
Demak ona urug‘i, ona oilasi deyilishi ana shundan kelib chiqqan. Ona urug‘i davrida ayollarning xo‘jalikjagi mavqeining ko‘tarilishi nikoh va oilaviy munosabatlarga ham ta’sir etgan.
Shuni aytish kerakki, rivojlangan matriarxat guruhli nikoxdan juft nikohga o‘tish bilan mashhur bo‘lib, juft nikohning rivojlanishi va mustaxkamlanishi bilan er xotin urug‘i, uning xonadoniga ko‘chib kelib joylashadi va ichkuyov bo‘lib qoladi. Buni etnografiyada matrilokal joylashish, deb ta’riflanadi.
Ona urug‘i davridagi nikohning ajoyib belgisi shundan iboratki, u ko‘pincha erkakning emas balki ayolning hohishi bilan tuziladi va buziladi. Mashxur Gerodot-«Lidiya» ayollari erlarinio‘zlari tanlaydilar»,-deb yozgan edi.
Qadimgi vaqtlarda shimoliy-g‘arbiy Kanadada yashovchi algonkin qabilalaridan birida qizlar o‘zlariga yoqib qolgan yigitga uchinichi bir shaxsni sovchi qilib yuborganlar. Agar yigit rozi bo‘lsa, soddagina to‘y bo‘lib, kuyov kelinnikiga ko‘chib kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |