Oilada sof muloqot muhitini yo’lga qo’yish. Oilani mustahkamlovchi omillar termiz davlat universiteti talabasi Zilola Dulliyeva



Download 14,24 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi14,24 Kb.
#257157
Bog'liq
maqolamm


OILADA SOF MULOQOT MUHITINI YO’LGA QO’YISH. OILANI MUSTAHKAMLOVCHI OMILLAR

Termiz davlat universiteti talabasi Zilola Dulliyeva

Odamlar o’rtasidagi muloqot va uning umumiy qonuniyatlari odam turmush tarzining barcha jabhalarida boshqa odamlar bilan bo’ladigan o’zaro munosabatining eng muhim shartlaridan hisoblanadi. Odamning aqli, irodasi, hissiy madaniyati, tarbiyalanganligi, nazokatliligi va shu kabilarning barchasi muloqot tufayli shakllanadi. Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida odamlar kundalik muloqotining tezlashuvi, aholi zichligining ortib borishi, odamlar turmush tarzining jadallashuvi, ularning ruhiy zo’riqish va ta’sirlanuvchanligining kuchayib borishi kabi holatlar bugungi kunda odamlarning muloqot madaniyatining yuqori darajada bo’lishini taqozo etmoqda. Muloqot madaniyatini oshirish uchun odamda ilk yoshlikdan boshlab boshqa odamlarga hurmat va samimiyat bilan munosabatda bo’lishni ularga hamdardlik, insonparvarlik, mehribonlik qilish qobiliyatlarini shakllantirib boorish kerak bo’ladi. Bu jarayonga ilk qadam oilada qo’yiladi. Oilada shaxslararo munosabatlarning birnecha turlari amalga oshadi, ya’ni milliy mafkuramizga oid ilk tushunchalar, avvalo oila muhitida singadi va bu jarayon bobolar o’giti , ota ibrati va ona mehri orqali amalga oshadi. Bunda oilaviy munosabatlarda tarbiyaviy, psixologik, xissiy, moliyaviy, jinsiy va boshqa vazifalarning to’g’ri yo’lga qo’yilishi muhim ahamiyatga ega. Oiladagi barcha munosabatlar zaminida salbiy yoki ijobiy holatlar yuzaga keladi, ya’ni oila a’zolaridan kimningdir kimgadir ta’siri oqibatida shaxs yaxshi shakllanishi va komil inson darajasiga yetishi yoki tarbiyasi og’ir, xulqi buzuq odam bo’lib tarbiyalanishi mumkin. Demak, jamiyat uchun nihoyatda ahmiyatli hisoblangan ota-ona va bola, umuman oila a’zolarining o’zaro munosabatlari bilan bog’liq bo’lgan muammolar aynan oila negizida paydo bo’ladi. Bolaning aqliy, jismoniy, axloqiy, estetik tarbiyasiga oilada asos solinadi. Namunali muloqot muhitini shakllantiruvchi omillar sifatida xalqimiz azaldan saqlab kelayotgan milliy urf-odatlarimiz, an’analarimiz ham katta ta’sirga ega. Negaki ko’pchilik yoshlar, ayniqsa muvaffaqiyatli oilalarda tarbiya topgan yoshlar, oila qurish arafasida bo’lar ekanlar aksariyat hollarda o’zlarining bo’lajak oliaviy hayotlari uchun o’z ota-onasi oilasini ideal qilib oladilar. Chunki ular shu oilada tarbiyalanar ekan hech qachon ota-onasining nizolashib tortishganlarini bir-birlarini hurmatsiz qilganlarini eslay olmaydilar. Bunday oilalarda ota-onalar ham o’zlarining o’zaro munosabatlaridagi noxush jihatlarini farzandlariga sezdirmaslikka harakat qiladilar. Yoki ularning o’zaro munosabatlarida ro’y berishi mumkin bo’lgan nizoli damlar bir birlariga moslashish jarayonlari nikohning boshida , hali farzandlar dunyoga kelmasdan oldin bo’lib o’tib ketgan bo’ladi. Bolalar esa ular turmushining faqat yaxshi tinch-totuv, ahil-inoqlik, bir-birlariga nisbatan mehr-oqibatli, ibratli jihatlaridangina xabardor bo’ladilar. Agarda buning aksi bo’lsa ularda oila qurishda “adashgan”liklari haqidagi tasavvurlar paydo bo’la boshlaydi.

Oiladagi muloqotda buyruq ohangining ustunligi , do’q-po’pisa ohangida keskin shaklda muomalada bo’lish, oila a’zolarining bir-birlariga tez-tez bildirilib turadigan e’tirozlar, ularning hatti-harakatlari va fikrlaridan norozilikni ifodalash, yo’l bermaslik va tajovuzkorlikni namoyon qilish, oilada o’zaro raqobat munosabatlarini yuzaga keltiradi. Befarqlik, e’tiborsizlik, qo’pollik, bemehrlik , behurmatlik kabilar oiladagi sof samimiy munosabatlarga putur yetkazadi. Agarda oilaviy muloqotda iltimoslardan, maslahatlardan o’zaro kelishuvli savol-javoblardan, o’z niyat-istaklarini, xatti-xarakatlarini xotirjamlik bilan bayon qilish usulidan foydalanilsa, agar oilada o’zaro yordam, o’zaro tushunish , bir-biriga yon berish odat bo’lsa , unda bunday oilada do’stona munosabatlar , mustahkam oila asoslaridan nishonadir, oilaviy hayot uchun eng maqbul bo’lgan psixologik muhit yuzaga kelganidan darakdir. Oilada ota-onaga va o‘zidan kattalarga hurmat hislari bolalarga yoshlikdan singdirib borilishi lozim. Avvalombor farzandlarga yetarli darajada tarbiya berish uchun kattalarning o‘zlari tarbiyalangan bo‘lishlari lozim. Muhimi ota-onalar farzandlari oldida har doim o‘z obro‘ va hurmatlarini saqlay olishlarida. Olia muhitida sof muloqot sharoitlarini yarata bilishlarida. Oilada farzandlar ko‘z oldida turli xil urish janjallar va kelishmovchiliklar bolalar psixologiyasiga salbiy ta‘sir etadi. Doimiy ravishda kuzatiladigan janjal va zo‘ravonlikning turli ko‘rinishlari ta‘sirida farzand o‘ta asabbiy va jizzaki bo‘lib qoladi. Hattoki ular bu muhitdan bezib qolishlari ham mumkin. Bu esa kelgusi katta fojealarning boshlanishiga turtki bo‘lishi mumkin.

Oilalarning mustahkamligi jamiyatning iqtisodiy , ijtimoiy , siyosiy, milliy xavfsizligini , uning ravnaqi, taraqqiyotini belgilovchi va hal qiluvchi omil hisoblanadi Chunki oila jamiyatning kichik bir ko’rinishi bo’lib u qancha inoq, ahil va mustahkam bo’lsa , jamiyat ham shunchalik qudratli bo’ladi.

Oila mustahkamligini ta’minlovchi omillarga quyidagilarni kiritish mumkin.


  • tartib-intizom;

  • munosabatlarda mehr-oqibat;

  • sabr-toqat;

  • mehnatsevarlik;

  • hurmat va sadoqat;

  • go’zal nutq va xushmuomalalik

  • aql bilan har bir voqea hodisa to’g’ri baho bera olish va boshqalar.

Farzandlarda ushbu omillarni ota-onalar tarkib toptiradialar. Zero bola tarbiyasiga hech narsa ibrat va namunachalik kuchli ta’sir qilmaydi. Ibratlar ichida eng o’rinlisi ota va ona ibratidir. Zero, hamma davrda mutafakkirlarimiz g’oyaviy qarashlarining asosini oilaviy munosabatlar va oilaviy tarbiyaning roli yuqori ekanligi ta’kidlab o’tilgan. Hamda oila mustahkamligining asosini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan muloqot va muomala muhiti tashkil etilishi ta‘kidlab o‘tilgan. Allomalarimiz farzandlarda halollik, poklik, mardlik, mehribonlik, haqgo’ylik kabi qator fazilatlarning barchasi faqatgina oilada shakllanishi aytib o’tishgan.

Yuqoridagilardan shuni xulosa qilsak bo’ladiki, oilaning mustahkamligi ,totuvligi va farovonligi avvalo to’g’ri yo’lga qo’yilgan munosabatlar va muloqot shakllariga bevosita bog’liqdir. Oilaning mustahkamligi unda iste'qomat qilayotgan har bir oila a'zosiga bog‘liq. Har qanday vaziyatda ham bosiqlik va vazminlikni qo‘lda tutishlari va har bir vaziyatga ijobiy yondasha olishlari lozim. Eng muhi sabr-toqat va go‘zal xulq bilan barchasiga erishish mumkin. Muomalamiz go‘zal oilalarimiz mustahkam bo‘lsin!



Foydalanilgan adabiyotlar:


  1. G‘.B.Shoumarov va boshqalar."Oila psixologiyasi"T:.Sharq, Toshkent 2013

  2. M.Fayzullayeva, A.Jabborov "Oilaviy munosabatlar psixologiyasi".T:. "Yangi asr avlodi"

  3. T.M.Afanaseva "Oila" T:.O‘qituvchi 1998

Download 14,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish