Alohida mashg‘ulotning struktura qismlari (tuzilish qismlari)
Har bir logopedik mashg‘ulotda ketma-ketlik tamoyili uning tuzilishi qismlariga muvofiq ifodalanadi: tayyorlov, asosiy va tugallovchi qismlar.
Logopedik mashg‘ulotning tayyorlov qismi, bolalar jamoasini uyushtirishni, psihologik xarakterdagi suhbatlarni, nutqiy mashqlarni, o‘tgan mashg‘ulotda o‘tilgan nutqiy materialni takrorlash va mustahkamlashni, bo‘lajak ishga bolani tayyorlashni o‘z ichiga oladi.
Mashg‘ulotning asosiy qismi, albatta, yangi nutqiy mashqlar to‘rini yoki ular o‘tkaziluvchi yangi sharoitlarni o‘z ichiga oladi. Mashg‘ulotning tugallovchi qismida logoped yangi materialni mustahkamlaydi, bolalar ishiga yakun yasaydi, ularning qo‘lga kiritgan yutuqlariga diqqatni qaratadi. Logopedik mashg‘ulotlardan tashqarida nutqni mashq qildirish uchun vazifa va maslahatlar beradi.
Alohida logopedik mashg‘ulotning bunday tuzilishi, uni duduqlanuvchi bolaga qaratilgan, yo‘naltirilgan va sistemali korreksion-pedagogik ta’sirning yagona bir butun ketma-ketligini tashkil qiluvchilar qatorida ko‘rishga imkon beradi.
Mashg‘ulotlarda bolalarning ongliligi va faolligi
Pedagogikada onglilik va faollik tamoyili faqat bilish faoliyati doirasida ko‘rinmay, balki, emotsional – hissiy sohada, ya’ni amaliy – sezgi faoliyatida ham ko‘rib chiqiladi. Ta’lim, turli materiallarda va turli sharoitlarda o‘xshash harakatlarni ko‘p marotaba ongli bajarishni ko‘zda tutadi.
Duduqlanuvchilar bilan olib boriladigan logopedik ishda onglilik va faollik didaktik tamoyilini amalga oshirish Etakchi o‘rinlardan birini egallaydi.
Duduqlanuvchilar tomonidan logopedik mashg‘ulotning maqsadini tushunish – duduqlanuvchi o‘z kamchiligini anglagan, undan uyalgan, tashvishlangan, turlicha berkitgan yoki bartaraf etishga o‘ringan, o‘z kamchiligini his qilgan holatlar duduqlanishni bartaraf etishning muhim шартларидан биридир.
Shu sababli, logoped logopedik mashg‘ulotlar maqsadini faqat nutqiy nuqson, uning belgilarini bartaraf etishda deb bilmasdan, balki ular bilan bog‘liq duduqlanuvchining xulqi va shaxsiyati xususiyatlarini bartaraf etish; uning o‘ziga, nuqsoniga, atrofdagilarning baholashiga munosabatini qayta qurish zaruriyati ham e’tiborga olinadi.
Duduqlanish belgilarini bartaraf etish, o‘z nutqi va harakatlari xususiyatlari bo‘yicha logopedik usullarni egallash vaqti bilan duduqlanuvchiga nutq kamchiligini va unga bog‘liq kamchiliklarni bartaraf etish jarayoniga faol va muvaffaqiyatli kirishish imkonini beradi.
G.D.Netkachyovning fikricha, o‘zining faolligi bilan duduqlanishdan qutilishga erishgan duduqlanuvchi, to‘g‘ri nutqi o‘zining shaxsiy yutug‘i – mehnati va quvvati mahsuli va hech qachon undan olib qo‘yilmasligini doimo yodida tutadi. Duduqlanuvchilar bilan ishlashda logoped ta’limning o‘ziga xos vositalariga ham tayanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |