Oila valeologiyasi



Download 182,96 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana21.04.2022
Hajmi182,96 Kb.
#568716
1   2   3   4
Bog'liq
Oila valeologiyasi

Jismoniy 
va 
ma’naviy 
rivojlangan avlodni shakillantirish yuzasidan amalga 
oshirilayotgan 
ishlarni 
kuchaytirish 
va 
ularning 
samaradorligini oshirish uchun a
holining reproduktiv 
salomatligini 
yahshilash 
bo’yicha 
2009-2013 
yillarga 
mo’ljallangan Davlat dasturining 3-bo’lim 20-bandi ijrosini 
ta’minlashning bosh shiori "Sog’lom ona – sog’lom bola" 
maqsadini yuzaga chiqarish, deb belgilangan. Darhaqiqat, 
sog’lom onadan sog’lom farzand dunyoga keladi. Ushbu shior 
ostida o’tgan yillarda qator vazifalar bajarildi, bugungi kunda 
ham muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Biz sentabr oyida 
shahar Oila marosimlari markazi bilan hamkorlikda "Jar" sport-
sog’lomlashtirish markazida o’tkazilgan yosh oila quruvchilar 
dorulfununining 
9-o’quv 
seminarida mazkur sohadagi 
islohotlarni yoshlarga singdirishga harakat qildik. Bundan 
tashqari, "Navroz" nikoh uyida FHDYO, tuman hotin-qizlar 
qo’mitalari, sog’liqni saqlash, halq ta’limi bo’limi hodimlari, 
shahar va tuman imom-hatiblari, otinoyilar ishtirokida 


mashg’ulotlar, suhbatlar o’tkazdik. Bunday tadbirlarning hozir 
mahallalarda ham olib borilayotgani e’tiborga loyiq. CHunki 
aholi ongida tibbiy madaniyatni shakllantirish, oilada sog’lom 
muhitni qaror toptirishda mahallaning ahamiyati katta. Oila 
salomatligini asrash, jismoniy va ma’naviy barkamol yoshlarni 
tarbiyalash, ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlash masalalari 
birinchi galda mahallada ijobiy samara berishi, shubhasiz.Oilada 
tibbiy madaniyatni oshirish, avvalo, har bir oila boshliqlari 
zimmasidagi mas’uliyatdir. Buning uchun nimalarga e’tibor 
qaratmoq lozim?O’tkazilgan chora-tadbirlar natijasida joriy 
yilning 8 oyi davomida Toshkent shahrida 490 ming nafarga 
yaqin tug’ish yoshidagi ayol tibbiy ko’rikdan o’tkazildi. 
Shundan ekstragenital kasalliklar aniqlanganlar soni 284734 
nafarni tashkil qilgan bo’lsa, ayni kunda ulardan 267 ming 
nafari 
sog’lomlashtirilmoqda.Bugungi 
kunda 
shahrimiz 
aholisining 1 mln. 104 ming 922 nafarini ayollar tashkil 
qiladi.Ulardan 500 ming nafarga yaqini fertil yoshida. Bugungi 
kunda tug’ish yoshidagi ayollardan 85 ming nafarida 
kontratseptsiya vositalariga ehtiyoj borligi aniqlangan. Budjet, 
homiylar va horijiy grantlar hisobidan ayollarimizga ushbu 
vositalarni etkazib berish choralari ko’rilmoqda. Bundan 
tashqari, monitoring jarayonida ayollarimizga homiladorlikdan 
asrovchi vositalar qo’yilgan-qo’yilmagani haqidagi ahborotlar 


ham nazoratga olingan. Har oyning yigirmanchi sanasida 
tumanlardan jamlangan ushbu ahborotlar yig’ilib, monitoring 
qilinib, mahsus jamoatchilik komissiyasiga topshiriladi. Kim bir 
yilda ikki marta tug’ayapti, kim beshinchi farzandini dunyoga 
keltirdi – bularning barchasi hisobga olinmoqda.Ommaviy 
ahborot vositalari bilan birgalikda Toshkent shahar hotin-qizlar 
qo’mitasi va barcha quyi tashkilotlar ishtirokida shu kungacha 
45 mingga yaqin tadbir o’tkazildi. SHundan 30866 tasi suhbat, 
8601 ta ma’ruza, 5107 ta savol-javob kechalari, 74 ta 
teleko’rsatuv, 73 ta radioeshittirish orqali aholiga sog’lom 
turmush tarzi targ’ibot-tashviqot qilindi. O’ylaymizki, bu 
tadbirlar kelajak avlodning jismonan sog’lom, tibbiy madaniyati 
yuksak bo’lib ulg’ayishiga zamin yaratadi. (bundan rahit, temir 
tanqisligi kamqonligi kelib chiqadi). Bundan tashqari, 
oshqozon-ichak tizimining shilliq pardasining o’tkazuvchanligi 
qon oqimiga ovqat allergenlarining oson o’tishiga sabab bo’ladi 
va allergiyalar (allergodermatozlar) rivojlanadi. 2-3 oylik bola 
passiv immunitetdan mahrum bo’ladi, oksil tanachalar hosil 
bo’lishining shakllanishi esa sekin o’tadi, shuning uchun 
chaqaloq yoshidagi bolalarning kasallanishi ancha yuqori 
bo’ladi. 
Nafas 
olish 
a’zolarining 
anatomik-fiziologik 
hususiyatlari ko’pincha o’tkir respirator virus yuqishining 
asoratlariga 
sabab 
bo’ladi 
(otitlar, 
bronhiolitlar 
va 


pnevmoniyalar), ularning o’tishi ancha og’ir bo’lishi mumkin. 
SHuning uchun bolalarni uyda individual tarbiyalash hamda 
chiniqtirishning vositalari va uslublaridan foydalanish lozim 
bo’ladi: uqalash, gimnastika, har kuni cho’milish, suzishga 
o’rgatish, shuningdek o’z vaqtida profilaktik vaktsinatsiya 
o’tkazilishi lozim. Bir 

Download 182,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish