Nikoh o’z mohiyatiga ko’ra axloqiy hodisa. - Unda ehtiroslar axloqqa bo’ysundiriladi. Oddiy birga yashashda esa tabiiy ehtiyotni qondirish birinchi o’rinda turadi, nikohda u ikkinchi darajali mavqe egalaydi.
Oilaning yana bir jihati – uning o’z mulkiga egaligi. - . Agar nikoh oilaning botiniy ko’rinishi bo’lsa, oilaviy mulkni uning tashqi ko’rinishi deyish mumkin. Oilaning mavjud bo’lishi uchun ishlab topiladigan mablag’ ham zarur. Oila uchun topiladigan ana shu mablag’, shubhasiz axloqiy tabiatga ega: oila boshlig’i oila a’zolarini halol edirib-ichirishi, kiydirishi lozim. .
Do'stlaringiz bilan baham: |