|
PSIXIKA - yuksak darajada tashkil topgan materiya (miya)-ning ob’ektiv borliqni aks ettirish va
|
bet | 4/4 | Sana | 12.07.2022 | Hajmi | 39 Kb. | | #782223 |
| Bog'liq garb mamlakatlaruda
4. PSIXIKA - yuksak darajada tashkil topgan materiya (miya)-ning ob’ektiv borliqni aks ettirish va
shuning asosida shakllangan psixik obrazlar orqali maqsadga muvofiq sub’ektning faoliyati va
uning xatti-harakatlarini boshqarishdan iboratdir.
5.REFLEKSIYa - kishi bilimlarining o’z-o’ziga, o’zining ichki olamiga, psixik sifatlari va psixik
holatlariga qaratilishidir.
6.STIMUL - retseptorlarda qo’zg’alishni vujudga keltiradigan tashqi ichki ta’sirdir.
7.FAOLLIK - tirik materiyaning umumiy xususiyati bo’lib, tevarak-atrofdagi muhit bilan o’zaro ta’sirda
bo’lishda namoyon bo’ladi. Psixik faollik bu o’zaro ta’sir etishda psixik obraz yarata olish
qibiliyatining mavjudligi va shu asosda faollik ko’rsatish bilan xarakterlanadi.
8. ANKETA— oldindan tayerlangan savollar asosida javob olish uchun tayyorlangan varaka.
9. AUTOGEN MAShQ— o’z-o’zini ishontirish va o’z-o’zini idora qilishga asoslangan
psixoterapevtik usul.
10. BIOGRAFIK METOD — kishini uning tarjimai holi bilan bog’lik, bo’lgan xujjatlar orqali
o’rganish usuli.
11. VALIDLIK - psixologik tadqiqotda olingan natijalarning ob’ektiv tashqi mezonlarga mos
kelishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |
|
|