Pedagogik eksperiment. Har qanday ilmiy-pedagogik
tadqiqotning asosidir. Pedagogik eksperiment yordamida ilmiy gipotezalaming ishonchliligi tekshiriladi, pedagogika tizimlarining ayrim elementlari o‘rtasidagi bog‘liqlik va munosabatlar aniqlanadi. Tabiiy eksperiment va laboratoriya eksperimenti pedagogik eksperiment asosiy turlari hisoblanib, ular ko‘pgina turlarga bo‘linadi. Tabiiy eksperiment sharoi- tida yangi o‘quv rejalari, dasturlar darsliklar va hokazolar odatdagi o‘quv rejimini buzmay turib tekshiriladi. Pedagogik eksperiment - bu ham kuzatish, lekin u pedagogik jarayonning o‘tish sharoitlarini muntazam o‘zgartirish muno- sabati bilan maxsus tashkil etilgan bo'ladi. Pedagogik jarayon aniqroq o‘rganish uchun eksperimentator o‘zi tashkil etgan jarayonni kuzatadi. U pedagogik jarayoniga aralashadi, tar- biyalanuvchilar bilan tarbiyachi faoliyatining muayyan sha roitlarini yaratadi. Pedagogik eksperiment dastlabki ma’lu- motlarini, aniq sharoitlami va o‘qitish usullarini yoki tadqiq qilinadigan materiallami aniq belgilashni, shuningdek, eksperiment natijalarini har tomonlama hisobga olishini talab etadi. Laboratoriya pedagogik eksperiment ilmiy taqiqotning qat’iy shaklidir. Juda keng pedagogik konteksdan uning mu ayyan tomoni ajratib olinadi, natijalari aniq tekshirib borishga va o'zgaruvchan kattaliklar о‘mini almashtirishga imkon beradigan sun’iy sharoit yaratiladi. Quyidagilar pedagogik eksperimentning bosqichlari hisoblanadi: ekspe- rimentni rejalashtirish, eksperiment o‘tkazish va natijalarni sharhlash. Rejalashtirish eksperiment maqsadi va vazifasini belgilash, eksperiment natijasi ta’sir etuvchi omillar va ular darajasining miqdorini aniqlashni, kerakli kuzatishlar soni, eksperiment o‘tkazish tartibi, olingan natijalarni tekshirish- metodlarini o‘z ichiga oladi. Eksperimentni tashkil etish va o ‘tkazish belgilangan rejaga qat’iy amal qilgan holda olib borilishi kerak. Sharhlash bosqichida ma’lumotlar yig‘iladi va qayta ishlanadi. Eksperiment o‘tkazish ishonchlilik tamo- yiliga javob berish uchun quyidagi shartlaiga rioya qilish kerak, ya’ni:
tekshiruvchilar soni va tajribalar miqdorining optimal bo‘lishi;
tadqiqot metodlarini ishonchliligi;
farqlaming statistik jihatdan ahamiyatliligini hisobga olish.
Turli metodlaming samaradorligini va sifatini oshirishga imkon beradi. Bunga matematika metodlarining hamda hisoblash-yechish qurilmalari yordamidagi eksperiment nati- jalaming pedagogikaga kirib kelishiga ham yordam-lashadi. Odatda, o‘rtacha arifmetik miqdor, modda, meridiana, dispersiya, tanlab olinadigan to'plam majmuyining o‘rtacha kvadratik chetga chiqishi, o‘rtacha olingan qiymat xatosi, belgilami tuzatish koeffitsiyentlari hisoblab chiqiladi. Ilmiy tadqiqot natijalarini amalda qo‘lla-nishi. Tugallangan tad- qiqotda eng muhim narsa uning natijalarini amalda qo‘l- lashdir. Mustaqil 0 ‘zbekiston sha-roitida Yangi ilmiy bilimlar juda tez to‘planib bormoqda. Biroq ulami amaliy ishga joriy etish yo'lida qiyinchiliklar ham borligi ko‘zga tashlanmoqda.
Bu qiyinchiliklar oiladagi tarbiya jarayonini takomil- lashtirish usullari haqidagi bilimlarining ortib borishi bilan ulardan foydalanishning faol imkoniyatlari o‘rtasidagi nomu- vofiqlikdan iboratdir. Shunday boisa-da, bu ulami joriy etish yuzasidan maqsadga muvofiq ishlar olib borishni istisno etmaydi. Joriy etish jarayoni pedagogik tajribani takomil- lashtirishga qaratilgan foliyat deb qaraladi. Shu sababli joriy qilinishi lozim bo‘lgan tavsiyalarga yuqori talablar qo‘yiladi. Talablaming ilmiy asoslanganlik darajasi, ular mazmuni aniqligi asosiy talablar qatoriga kiradi. Talablar mazmunining aniqligi pedagoglar bilan o‘quvchilaming moijallagan kuch g'ayrati mezonining to‘g‘ri baholashni nazarda tutadi. Joriy etish butun bir tadbirlar kompleksi bo‘lib, u olingan xulosalar haqida pedagogik jamoatchilikni xabardor qilishning yangi o‘quv va metodik qo‘llanmalar yaratishning metodik yo‘l- yo‘riq va metodik tavsiyalar ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi.
Oila shajarasini o‘igatish tahlil qilish metodi-pedagogika hodisalari va faktlarini tekshirishda oilaning kelib chiqish tarixi mukammal va chuqur o‘tganmoq lozim. Oila haqidagi ma’- lumotni tahlil qilishda ta’lim qonuniga arnal qilinmog‘i lozim.
Bolalami oilada ijodiy qobiliyatini o‘rganish metodi- oilada bolalami ijodini hamda ulami turli-tuman ishlarini o'rganish va tahlil qilish pedagogik tadqiqotning samarali metodlaridan biridir. Iqtidorli bolalar aqliy qobiliyatlari, oilyjanob axloqiy qiyofalari, estetik didlari, sinchkovliklari va qiziquvchanliklari bilan ajralib turadi. Ta’lim qonunida va milliy dasturida pedagogika fani bolalar ijodining manbalari va faktorlarini chuqur bilishga hamda ulami yanada taraqqiy ettirish va takomillashtirishning to ‘g‘ri yo‘llarini ko‘rsatib berishga qaratilgan.
Statistika ma’lumotlarini analiz va sintez qilish metodi — pedagogik tadqiqot kerakli statistika ma’lumotlarini ma’lum bir maqsad bilan sistemali o‘rganish mustaqil 0 ‘zbekistonda Fan madaniyat, ta ’lim — tarbiyani taraqqiy etishga salmoqli hissa qushadi.
Anketalar metodi — oila a’zolari va bolalami so‘rash usuli bo‘lib, u oila jamoasining ma’lumotlari to ‘g‘risidagi kerakli ma’lumotlami olish uchun ulaming fikrlari va qarashlarini aniqlash uchun va kasbga yo‘llashni belgilash uchun maxsus formada ishlangan bo‘lmog‘i lozim. Anketada ko‘zlangan maqsadga muvofiq savollari bo‘lib, ulami javoblaridan pedagogik natijalar kelib chiqmog‘i lozim.