0 ‘yin qoidalari. 1. Quvlovchining qo‘li tekkan-o‘yinchi
undan ro'molchani olib, ro‘molcha ushlagan qo'lini yuqoriga
ko‘tarishi va baland ovoz bilan «Men quvlovchiman!» deyishi
kerak. Shundan keyingina u boshqa o‘yinchilami quvlashi
mumkin. 2. Yangi quvlovchi ro‘molchani olishi bilanoq
darrov, o‘zidan oldingi quvlovchini ushlashi mumkin emas.
«Cho‘qqayib o‘tirib ol» О‘yin tavsifi. Maydoncha chiziq bilan chegaralanib
qaergacha yugurish mumkinligi aniq ko‘rsatib qo‘yiladi. Bitta
quvlovchi tayinlanadi. Qolgan o‘yinchilar uning atrofida
aylana hosil qilib turadilar.
Quvlovchi «Bir, ikki, uch», deganda hamma har
tomonga qochib ketadi va quvlovchi ulami quvlay boshlaydi.
198
Quvlovchi biron o‘yinchini endi tutay deganda o'yinchi
cho‘qqayib o‘tirib qolsa, quvlovchi uni tutmaydi. Quvlovchi
quvlashni davom ettiradi. 0 ‘yinni istalgan vaqtgacha davom
ettirish mumkin.