7) faqat yakka nikohlikni tan olish va uni mustah-
kamlash uchun yordam berish prinsipi;
8) davlat tartibi asosida nikohdan erkin ajralish prinsipi;
9) bolalami mustaqillik va milliy istiqlol mafkurasi
g‘oyasi asosida tarbiyalash prinsipi.
Nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organida
ro'yxatdan o ‘tkazilgan vaqtdan boshlab nikoh tuzuvchilar er-
xotin hisoblanadilar va shu paytdan boshlab ular o‘rtasida er-
xotinlik huquq va majburiyatlari vujudga keladi. Endi ular
o‘rtasidagi munosabatlar axloq-odob qoidalari bilangina
emas, balki qonunlar, huquqiy qoidalar bilan ham tartibga
solinadi. Bunda xotin-qizlar siyosiy masalalarda erkaklar
bilan teng huquqga ega bo‘lganlaridek, oilada ham barcha
89
shaxsiy va mulkiy masalalarda erkaklar bilan teng hu-
Do'stlaringiz bilan baham: |