Demak, oila jamiyatning tabiiy hujayrasidir, ijtimoiy
asosdir. Oila qanchalik mustahkam bo‘lsa, jamiyat ham
shunchalik mustahkam bo‘ladi va tez rivojlanadi. Zero,
jamiyat asosi — oila moddiy va ijtimoiy jihatdan mustah-
kamlanib borishi g‘oyat muhim ahamiyatga ega.
O'zbekiston Sharq mamlakatlari sirasiga kiruvchi dav-
latdir. Ma’lumki, Sharqda qadimdan oila muqaddas maskan
sanalgan. Unga bunday e’zozli munosabat bugungi kunda
ham o'zgargani yo‘q.
«Oila, - deydi mamlakatimiz rahbari I.A.Karimov, -
hayotning abadiyligini, avlodlaming davomiyligini ta’min-
laydigan, muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan
birga, kelajak nasllar qanday inson bo‘lib yetishishiga
bevosita ta’sir ko‘rsatadigan tarbiya o‘chog‘i...». Shu fikming
o‘ziyoq oilani e’zozlash, uning qadr-qimmatini yuksakka
ko‘tarish bizning ongimizga mustahkam jo bo‘lganligining
Do'stlaringiz bilan baham: |