huquqining me’yorlari esa ulami har taraflama kengaytirib
beigan: nikoh shartnomasining huquqiy tabiati; uni tuzish
shakli; nikoh shartnomasining mazmuni; uni o‘zgartirish,
tasarruf etish, haqiqiy emas deb topish asoslari.
Nikoh shartnomasi mazmunining asosiy elementi er-
xotin mulkining huquqiy tartibini belgilashdan iborat. Nikoh
shartnomasi bilan belgilangan bunday tartib, er-xotin mul
kining shartnomaviy tartibi deb ataladi.
Nikoh shartnomasi tartibini belgilashda er-xotinlarga
juda keng huquqlar beriladi. Nikoh shartnomasi er-xotinlar
bir-birlarini moddiy ta’minlashlari yoki biri ikkinchisini
moddiy ta’minlashini ko‘rsatish huquqiga ega. Shartnomada
belgilangan shartlar aliment majburiyatining umumiy qoida-
lariga mos kelmog‘i lozim. Xususan, muomalaga layoqatsiz
342
Do'stlaringiz bilan baham: |