Oila pеdagogikasi


A.S.Makarеnkoning oilada bolalarni tarbiyalash haqidagi pеdagogik qarashlari



Download 45,61 Kb.
bet3/18
Sana18.07.2022
Hajmi45,61 Kb.
#823283
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Оралиқ саволлари

11. A.S.Makarеnkoning oilada bolalarni tarbiyalash haqidagi pеdagogik qarashlari.
Tаниқли рус педагоги А.С.Макаренко ўз асарларида отаонанинг касбий фазилати тўғрисида фикрларини қуйидагича баѐн қилади: “Педагог дарсда маълум бир ўзига хос ролни ўйнамаслиги мумкин эмас. Синф саҳнасида роль ўйнашни билмайдиган ота-она касбий фаолият олиб боролмайди. У маълум маънода актѐр. Бизнинг хулқ-атворимиз, феълимиз, характеримиз биз учун педагогик қурол бўлиши ҳам асло мумкин эмас. Болаларни қалб ва кўнгил азоблари билан, ҳижронли ҳис-туйғуларимиз ѐрдамида тарбиялашга умуман йўл қўйиб бўлмайди. Ахир биз инсонмиз. Ҳар қандай бошқа касб эгаларида кўнгил заҳматисиз иш битириш мумкин бўлса, педагог ҳам кўнгил азобисиз фаолият олиб бориши лозим бўлади. Ўқувчига баъзан мулоқотда кўнгил азобини намойиш этишга тўғри келади. Бунинг учун педагог саҳнадаги актѐрдек ижобий роль ўйнашни ҳам билиши керак. 204 Бироқ, шунчаки ташқи, саҳнавий роль ўйнаш ярамайди. Бу ўйинда педагогнинг ажойиб шахсий маҳорати билан боғлайдиган қандайдир камар бор, бу сизнинг гўзал хулқингизни намойиш этиб боғловчи ролингиз. Бу саҳнадаги ўйин ўлик бир ҳолат ѐки техника эмас, балки қалбингиздаги яширин ҳис-туйғуларингизни, меҳрингизни намоѐн этувчи ҳақиқий жараѐндир”.


12.Oilada bolalarda ekologik madaniyatni shakllantirish.
Hozirgi davrda kishilik jamiyati oldida tabiatni muhofaza qilish va uning boyliklaridan unumli foydalanish, borliqni sof holda kelajak avlodga saqlab qolishdek muhim ekologik muammoni bartaraf qilish vazifasi turibdi. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining «Fuqarolarning burchlari» bo’limi 50–moddasida «Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga majburdir» deb yozilgan. Shaxsning tabiatga bo’lgan insoniy munosabatlari oilada va maktablarda beriladigan ekologik ta’lim–tarbiya orqali shakllanadi. Oilada beriladigan ekologik tarbiya asosan ota–onalarning o’z fuqarolik burchlarini to’g’ri his etishlari, tabiatga va insonlarga bo’lgan munosabatlari orqali shakllanadi. Oilada aytiladigan har bir so’z, har bir qilinayotgan ishni bola to’g’ri qabul qiladi, chunki «qush uyasida ko’rganini qiladi» deb bekorga aytilmaydi. Oila tarbiya maskani. Bolaning aqliy, axloqiy, estetik, iqtisodiy, ekologik, jismoniy, ma’naviy, gigiyenik, tarbiyasida oila asosiy omil va vosita hisoblanadi. Bu o’rinda ota–ona–san’atkor, bola–san’at asari, tarbiya jarayoni esa san’atning o’zidir. San’at asarining muvaffaqiyati, jozibadorligi, umrboqiyligi san’atkorning mahorati, saviyasiga bog’liqdir. Oilaviy muxit qanday bo’lsa, bolalar xudi shu muxit ta’sirida ulg’ayadilar. Oilaning mustahkamligi, oilaviy tarbiyaning ta’sirchanligi va samaradorligi ko’p jihatdan oilada qaror topgan ota–ona o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning xarakteriga, ma’naviy axloqiy iqlimga bog’liq. Bu haqda prezidentimiz I.A.Karimov oilaning jamiyatda tutgan o’rni va ahamiyati to’g’risida shunday deydi: «Bola tug’ilgan kundan boshlab oila muxitida yashaydi. Oilaga xos an’analar, qadriyatlar, urf-odatlar bola zuvalasini shakllantiradi. Eng muximi, farzandlar oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat talabalarini anglaydi, his etadi»5 . Bu o’rinda ilgari surilayotgan pedagogik g’oyaning tub mohiyati oila tarbiyasini to’g’ri yo’lga qo’yish, mustahkamlash va 5 Каримов И.А. «Баркамол авлод орзуси» китоби., «Шарқ» нашриёт – матбаа концерни. 1999, 8-бет 44 yanada chuqurlashtirish bilan bog’liqdir. Oila tarbiyasi deganda ota- ona, oiladagi katta kishilar, buva va buvilar, aka– opalar va shu kabilar tomonidan bolalarning to’g’ri milliy axloq–odob normalari asosida tarbiyalanishini tushunish lozim. Zotan, bolalarning kelajakda qanday inson bo’lib yetishishi ota–ona, aka– opa va boshqalarning o’zaro muomala munosabatlar, xulq–atvoriga, tartib intizomiga bevosita bog’liqdir. Xalqimiz: «Qush uyasida ko’rganini qiladi» deb bejiz aytmagan. O’zbek oilasiga xos bo’lgan yana boshqa xarakterli xususiyatlari mavjudki, ular uzoq vaqt yillar davomida shakllanib, qadriyat darajasiga ko’tarilgan va bugungi kunda ham o’z qimmatini saqlab qolmoqda. Ya’ni oilaning ko’p bo’g’inliligi (oilada bobo, buvi, o’g’il, kelin, nevara– chevaralar birga yashaydi), bolajonlilik, mehnat taqsimotining qat’iyligi, oila byudjetining ota–ona tomonidan boshqarilishi, oilaning kichik a’zolarining kattalarga izzat–ikromi, bo’ysunishi, oilada erkakning muhim rol o’ynashi, ota–onaga nisbatan munosabatning alohida ahamiyat kasb etishi, ayollarga nisbatan hurmat, ularni avaylab asrash hissining kuchliligi, oila g’ururi, sha’nini himoya qilish, har bir oila a’zosi uchun burchga aylanib qolganligi, tug’ilib o’sgan joyiga nisbatan alohida mexr–muxabbat tuyg’usining zo’rligi, o’rtoqlashishi an’anaviyligi va boshqalardan iborat. Oilada har bir ota–onaning vazifasiga oilada har tomonlama sog’lom turmush tarzini qaror topshirish, oilaning ijtimoiy–iqtisodiy barqarorligi, faravonligiga erishish, oilada bilimli, aql–zakovatli, uddaburon, jismoniy va ma’naviy barkamol insonni tarbiyalash asosiy maqsad qilib belgilanishi lozim. Har tamonlama barkamol shaxs bo’lishi uchun avvalo inson bo’lib tug’ilishi, oila ta’lim–tarbiyasini olishi va boshqa ta’sirlar natijasida komil inson darajasiga ko’tarila oladi. Komil inson tarbiyaning tarkibiy qismlarini o’zida mujassamlashtirmog’i lozim. Shu jumlada ekologik tarbiyani olgan bo’lishi kerak. Bizga ma’lumki bolalarga ekologik tarbiyani turli shakllarda ya’ni mashg’ulot jarayonida, tarbiyaviy tadbirlar orqali, ommaviy matbuot va axborot vositalari, keng jamoatchilik hamkorligida hamda oila orqali shakllantirish 45 mumkin. Oila–tarbiya maskani hisoblanadi. Oilada bolalarni ekologik tarbiyalash qadim zamonlardan boshlab amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan tarixiy manbalar, xalq og’zaki ijodi va oilaviy an’ana marosimlarda ham ekologik tarbiyaga alohida e’tibor berilgan. Shuning uchun ham hozirgi kunda oilada bolalarga ekologik tarbiyani berishda oila an’analari va marosimlari bevosita tarbiya vositasi hisoblanadi.

Download 45,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish