Nega o'zimiz bolani qiziqadigan narsaga o'rgatmaymiz? O’g’lim o'zimga o'xshagan bo'ladi deydi! o'sha muhit bolani ruhiyatini ongiga kuchli ta'sir o'tkazdi. Bola o’qiyman desa o'qib kim ham bo'larding deydi! Shu tarbiya o'sha yomon tanbeh bolani ruhiyatini va dunyo qarashini butkul o'zgartirib yubormaydimi? Bunga sizning fikringiz qanday?
Turmush o’rtog’i hamma ishlarni bilib bilib qilishi uchun, erkak nima qilishi kerak?
Ko’pchilik ota-ona qizini o’qitishga qarshi. Qizlarni o’qitish kerakmi yoki yo’q, bu haqida fikringiz?
Hozirgi yoshlar biror ish qilaman deyishsa ota-onalar qarshilik qilishadi, Ular ota-onalariga tushuntira bilmayaptimi, sizning fikringiz qanday?
Qishloqdagi yoshlar biz qishloqdanmiz, bizda sharoit yo’q deyishadi. Bu qanchalik to’g’ri deb o’ylaysiz?
Imkoniyat bor ota-ona yaratib bergan. Pul sharoit barchasi bor lekin bolada ma'naviy tushuncha yo'q o'qishni istamaydi. Bunday vaziyatda nima qilish kerak?
Yoshlar biror ish boshlamoqchi bo'lsa qarshiliklar ko'p bo'ladi. Misol uchun: Seni qo’lingdan kelmaydi, seni sohang emas, ishingni qilsangche deydiganlar ko’p. Bularni qanday yengish mumkin? Bu qarshiliklarga qanchalik e'tibor berish kerak?
Biznesda odam o’zi rivojlana oladimi, ya’ni buyuk bo’la oladimi?
Biznes uchun pulni o’zi yetarlimi?
Hozirgi kunda tadbirkorlar “ karvon ko’p, risqi bo’lak” deb rivojlanishni xohlashmaydi. Bu qanchalik to’g’ri?
Korxonada oddiy xodimman rahbarimiz ish haqimizni har doim cho‘zadi. Shunchali cho’ziladiki u xodimlarga qarz bo'lib qoladi va natijada pulimizni bering deb yalinishga majbur bo’lamiz. Bunday holatga qanday maslahat berasiz?
Boshliq bilan chiqisholmayman ishdan bo’shab ketaymi yoki ishlab yuraveraymi?
Hozirgi kunda chet eldagi kichik kompaniyalar birlashib dunyoni zabt etishga harakat qiladi, O‘zbekistonda ikkita kichik kompaniya bir birni sindirishga harakat qiladi, bunga qanday fikr bildirasiz?
Ko'pchilik pul topishi mumkin, ammo ko'pchilik uni saqlab qololmaydi. shu to'g'risida fikr bildirsangiz?
G'oya bo'lsa-yu mablag' bo'lmasa yoki mablag' bo’lsa-yu g'oya bo'lmasa nima qilish kerak?
Moddiy zarar ko’rgan yaxshimi yoki brend zarar ko’rgan yaxshimi?
Oliy maqsad va qadriyatlarni belgilab olganmiz. lekin buni hammaga birdek singdirish qiyin bo'lyapti. Ya'ni ba’zilar bularni shunchaki quruq gapdek qabul qilyapti. Shuning uchun ham ba'zi xodimlarda maqsadga intilish, maqsadga erishishga bo'lgan xohish ko'rinmayapti. qanday yo'l tutgan ma’qul? Ularga qanday oli maqsad qanchalik muhimligini tushuntirish mumkin?
Maktabda pul topishni o‘rgatmaydi, maktabda o‘qimasdan biznes o‘rgangan yaxshi deydiganlar bor, bu qanchalik to‘g‘ri?
Strategiya qo’yishda nimalarga e'tibor berish kerak? Bozorni qanday egallashgami yoki nima natija kutishimizgami? Ya’ni fokus aynan nimaga qaratilgan bo’lishi kerak?
Biznesga endi kirmoqchi bo’lganlarga qaysi kitoblarni tavsiya qilasiz?
Qo’l ostimizdagi xodimlarni lider bo’lishi kerakmi? kerak bo’lsa qanday lider qilib tayyorlasak bo’ladi?
Qo’l mehnati bilan boy bo’lsa bo’ladimi?
Chet davlatga ketgan yaxshimi yoki O’zbekistonda qolgan?
Universitetni bitirib boy bo’lib ketish mumkinmi?
Kambag’allikning sababi nimada?
Hozirgi kunda hamma biznesga qiziqishyapdi nima deb o’ylaysiz hamma tadbirkor bo'lsa boshqa sohalar orqada qolib ketmaydimi?
Menda u yo‘q, menda bu yo‘q deydiganlar ko‘p. Lekin imkoniyatidan to‘liq foydalanmaydi. Olloh bergan bebaho boyliklarni esdan chiqarib qo‘yadi. Insonlar juda noshukurlashib ketmayaptimi? shu haqida fikr bildirsangiz
Sizning fikringizcha yoshlar chetda o’qib kelishi kerakmi?
Do’stlarni qanday tanlash kerak?
Hozirgi kunda insonlarga suyanib bo'ladimi? javob ha bo’lsa kimlarga?