Mavzu: “ Oila – milliy qadriyatlar beshigi “
Qadimiy qadriyat qadimiy qo’shiq
Oila ko’ksida ulkan qoyadir
Yurt mehrini qprmoq yurakka qo’shib,
Oila - qadriyat hur beshigidir.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar samarasida ijtimoiy-huquqiy munosabatlarning bir turi sifatida oila munosabatlarining huquqiy tartibga solishdan yangi darajasiga erushildi.Xalqimizga xos bo’lgan milliy qadriyatlar va an’analar zamonaviy tajribalar bilan uyg’unlashtirilgan holda yangi oila qonunchiligi shakllantirildi.Shuni aytish kerakki, bugungi kunda oila munosabatlarining huquqiy asoslari yaratildi.
Binobarin, oilaga bo’lgan e’tibor har doim jamiyat va davlat hayotinining eng muhim masalalaridan biri sifatida baholangan:Prizentimiz Konstitutsiyamizning 19 yilligiga bag’ishlangan ma’ruzasida 2012- yilni ’’Mustahkam oila yili’’ deb nomlashni taklif etib, quyidagi fikrni bildirdi:
“Yangi yilga mana shunday nom berishimiz, azal-azaldan xalqimiz uchun muqaddas bo’lmish oilani hayotimiz tayanchi va suyanchi, jamiyatimizning hal qiluvchi asosiy bo’ini deb qabul qilishimi zamirida hech shubhasiz, juda katta ma’no – mohiyat mujassam. Chunki,oila sog’lom ekan - jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan – mamlakat barqaror”.
Har qaysi millatning o’ziga xos ma’naviyatini shakllantirish va yuksaltirish, hech shubhasiz, oilaning o’rni va ta’siri beqiyosdir. Chunki insoning eng sof va pokiza tuyg’ulari ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari birinchi galda oilada shakllanadi. Darhaqiqat , oila jamiyatning asosiy bo’g’ini bo’lib, u barkamol avlod tarbiyasining muhim ob’ekti hisoblanadi.
Oila jamiyatning asosiy hujayrasi va ijtimoiy tayanchidir.Har bir oilaning baxtiyorligi va farovonligi pirovard natijada jamiyatning barqarorligi, gullab yashnashi hamda farovonligini taminlaydi.Oila nafaqat inson naslini davom ettirish omili sifatida, balki jamiyat a’zolarini, ayniqsa,o’sib kelatotgan yosh avlodni milliy istiqlo g’oyasi asosida tarbiyalash maskani sifatida katta ahamiyatga ega.
Inson shaxsini shakllantirishda oila, shubhasiz, dastlabki bosqich vasifasini o’taydi, ya’ni oilada odamlarning bir- biri bilan, jamiyat va davlatga nisbatan munosabatiga asos solinadi.
Oila erkak va ayol nikohdan o’tib, bir yostiqqa bosh qo’ygan kunidan boshlanadi.Oila nasl qoldirish, asrlar osha ota – bobolarimizdan o’tib kelayotgan urf – odatlarni saqlash, jamiyat tinchligiga o’z hissasini qo’shish va eng asosiysi, ertangi kunimizning tayanchi bo’lgan yoshlarni tarbiyalshga ma’sul bo’lgan dargohdir.
Oilaning muhim ijtimoiy vazifalari siftida quyidagilarni alohida ta’kidlash mumkin.Odamlar shu muqaddas koshonada tug’ilib o’sib, jamiyat tarkibini tashkil etadi.Oila muhim tarbiya o’chog’i hisoblanadi.Suningdek, oila - takrorlanmas ruhiy muhitdir.
Ola qanchalik mustahkam bo’lsa, yurt tinch va hayot shunchalik farovon bo’ladi.Yoshlar ma’naviyatini turli illatlardan saqlab qolishning eng muhim omili bu tarbiya, tarbiya esa, avvalo, oiladan boshlanadi. Zero, oila jamiyatning bosh bo’g’ini, tarbiyaning asosiy tayanchidir.
Odamlarni, xususan yoshlarni har qanday ta’sirlardan, buzg’unchiliklardan asrashning yagona yo’li avvalo, oilada ma’naviy – ma’rifat tarbiyani davo ettirish, jaholatga qarshi faqat ma’rifat bilan qarshi turmoq lozim.”Tarbiya, - deyiladi muqaddas “Aveto” da, - hayotning eng muhim tayanch bo’lib hisoblanishi lozim”. Bugungi tahlikali davrda agar ota – onaning o’zi tarbiyalagan, milliy ma’naviy qadriyatlardan xabardor va unga qat’iy amal qiladigan bo’lsagina, ular tarbiyalayotgan farzand milliy xususiyatlarni ko’rish mumkin. Onaning o’zi “zamonaviy”man deb yarimyalang’och kiyinsa, behayo so’zlarni odat qilgan bo’lsa yoki bunday qusurlarga ota ruju qo’ygan bo’lsa, ular tarbiyalayotgan farzandda qanday qilib ma’naviy kemtikli bo’lmaydi, deya olamiz. “ Farzandlar tarbiyasidagi fazilatlar va nuqsonlar sababchisi bolaning o’zi emas, balki balki ota – onalaridir”, deganda nechog’li haq edi, o’zbek mumtoz adabiyotining namoyondalaridan biri Yusuf Xos Hojib . Zero, millat, mamlakat ma’naviy taraqqiyoti oiladan boshlanar ekan, Prezidentning quyidagi fikri uni yana bir bor isbotlab berdi: “...Oila sog’lom ekan- jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan- mamlakat barqarordir.
Haqiqatdan, inson tarbiyasi uning ma’naviy kamoloti oilada tarkib topa boradi. Axir “ Qush uyasida ko’rganini qiladi”, deb bejiz aytishmaydi. Aynan oila muhitida paydo bo’ladigan ota- onaga hurmat, ularning oldidagi umrbod qarzdorlik burchini chuqur anglash, har qaysi insonga xos bo’lgan odamiylik fazilatlari va oilaviy munosabatlarning negizi, oilaning ma’naviy olami tashkil etadi. Shunday ekan, oiladagi muhitni yaxshilash, har tomonlama mustahkam oilalarni ko’paytirish oldimizda turgan muhim vazifa.
O’zbek xalqida dunyo tan berib kelayotgan ajoyib insoniy fazilatlar, nodir urf – odatlar mavjuv. Olia a’zolarining barchasi to’planmaguncha ovqat yemay turish, oila boshlig’ini odob saqlab kutish , ota - onani o’rnidan turib kutib olish , ularga har doim iltifot ko’rsatish, kattalarga hurmat, kichiklarga mehr- shavqat, ulug’ – ajdodlarga, qo’ni – qo’shnilarga, xesh- aqrabolarga, mahalladoshlarga, tanish bilishlardan yordamni ayamaslik va boshqalar bunga misol bo’la oladi.Birovlar bilan muomalada odob –ahloq qoidalariga qat’iy amal qilish , o’zidan kattalar, yoshi ulug’lar bilan hayo,odob andisha asosida so’zlashish, ularga nojoiz so’zlarni aytmaslik, betgachoparlik qilmaslik odob - axloq, andishani qo’ldan bermaslik- bularning hammasi xalqimizda chinakam lutfu nazokat hisoblanadi va yuksak darajada e’ zozlanadi.
O’zbek oilalarida o’tadigan bironta ham marosim, to’y – tomosha, hashar keksalarning maslahatisiz va ishtirokisiz o’tmaydi.keksalarning turmush tajribalari , bilim - boyliklari, yo’l – yo’riqlari, maslahatlari, saboqlari - yoshlar uchun eng katta boylik, bitmas- tuganmas xazinalar konidir.
11 asrning atoqli shoiri , donishmand va davlat arbobi Yusuf Xos Hojib qarilarni hurmat qilish, ular haqida behuda so’z aytmaslik, ular huzurida odob va kamtarlik bilan joizligi uqtirgan edi.
Qadriyat tushunchasi hayootning o’zi kabi keng qamrovli bo’lb, u har bir xalq ming yillar davomida hayotning turli sohalari bo’yicha sayqallab to’plagan tajribalaridir.Axloqiy qadriyatlar, harbiy qadriyatlar – bularning hammasi bir butun holda halqning dunyoviy qiyofasini o’ziga xos tarsda belgilaydi.Darhaqiqat, O’zbekistonning kuch – qudrat manbai - xalqimizning umuminsoniy qadriyatlariga sodiqligi, ulug’ ajdodlarimizning avlodlarga o’tayotgan ma’naviy me’rosning kuchliligida, fuqorolarimizning el –yurtga, ona – zaminga bitmas – tuganmas mehrida, milliy g’ururidir.
XULOSA: Xalqimiz orasida o’zini tarbiyasiga bag’ishlangan, o’nlab ajoyib shogirdlar tarbiyalagan, o’zining yuksak ma’naviyati bilan el hurmatiga sazovor bo’lgan murabbiy – ustozlarimiz qanch.Ular tarbiyalagan shogirdlar mamlakatimiz taraqqiyotiga, xalqimizning ma’naviy kamolotiga xizmat qilmoqda. Ammo “guruch kurmaksiz bo’lmagan” dek, o’zini ziyoliman deb yurib, turli buzg’unchiliklar bilan shug’ullanayotgan insonlar ham oramizda yo’q emas, albatta. Ustozning yoshlar tarbiyasi, ma’naviy qiyofasining shakllanishidagi o’rni alohida.Qachonki, ustozning o’zi o’z ishiga fidoyi, jonkuyar va u yuksak ma’naviyat egasi bo’lsa, uning tarbiyasini olgan yoshlar ma’naviyatida turli buzg’unchiliklarga o’rin olmaydi. Xalqimiz “Ustoz otangdek ulug” deganida shogirdning o’z ustoziga hurmati bilan birga ustoz o’zining yuksak insoniy fazilatiga ega bo’lishini ham nazarda tutgan, desak xato qilnagan bo’lamiz.
Xulosa qilib aytganda, o’zligini anglagan har bir xalq, millat va davlat jamiyatning umumbashariy tamoyillarini e’tirof etishni , rivojlantirishi milliy istiqlol g’oyasining asosiy vazifalaridan biridir.
Foydanilgan adabiyotlar:
I.A.Karimov. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. – 3 jild.-O’zbekiston,1996.-38-39.b
I.A.Karimov.O’zbekiston:milliy istiqlol,iqtisod,siyosat.-1 jild.-T.:O’zbekiston,1996.-77-b
Do'stlaringiz bilan baham: |