Oila huquqi tushunchasi, maqsad va vazifalari. - Oila jamiyatning tabiiy va asosiy bo’g’inidir. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasida: “ Oila jamiyatning asosiy bo’g’inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo’lish huquqiga ega” deb belgilab qo’yilgan
Oilada er-xotin, ularning farzandlari, eng yaqin tug’ishganlaridan iborat kishilar guruhi, ya’ni xonadon hisoblanadi. Ayni chog’da oila kishilarning tabiiy, iqtisodiy, huquqiy, ma’naviy munosabatlariga asoslangan ijtimoiy birdamlik hamdir.
- Oila huquqi huquqning mustaqil sohasi bo’lib, nikoh, qon-qarindoshlik, bolalarning nasl-nasibini belgilash, ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarni joylashtirish shakllaridan kelib chiqadigan munosabatlarni huquqiy tartibga soladi.
Oila huquqining predmeti bo’lib, oila a’zolari o’rtasidagi shaxsiy va mulkiy munosabatlar hisoblanadi.
Shaxsiy munosabatlarga er-xotinning familiyasi, bolalar tarbiyasi, oila turmush masalalarini hal qilishi, mashg’ulot turi, kasb va turar joy tanlash huquqlari kiradi.
Mulkiy munosabatlarga esa, er va xotinning nikoh davomida orttirgan umuniy mulklari, shuningdek, nikoh qayd etilgunga qadar, bo’lajak er-xotinning umumiy mablag’lari hisobiga olikngan mol-mulklari, agar qonun yoki nikoh shartnomasida boshqacha holat ko’rsatilmagan bo’lsa, ularning birgalikdagi mulki hisoblanadi.
Oila huquqining tamoyillari - Oilaning jamiyat va davlat muhofazasida bo’lish huquqi.
- Barcha fuqarolar- jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar qonun oldida tengligi.
- Hamma oilaviy munosabatlarda ayol bilan erkak teng huquqlidir.
- Oilaviy munosabatlarda ishtirok etuvchilarni ma’naviy va moddiy qo’llab-quvvatlash hamda ularning o’zaro bir-biriga g’amxo’rlik qilishi.
5. Davlat tomonidan onalik, otalik va bolalaikni muhofaza etish va ularning manfaatlarini har taraflama himoya qilish.
6. Ixtiyoriy va erkin hikoh.
7. Faqat yakka nikohlikni tan olish va uni mustahkamlash uchun yordam berish.
8. Davlat tartibi asosida nikohdan erkin ajralish.
Oila huquqining tizimi
Oila huquqi tizimi qonunchilikda, avvalo Oila kodeksi kabi kodifikatsion xarakterdagi aktlarda, shuningdek, oila huquqi fanifa va “oila huquqi” o’quv kursida o’z ifodasini topadi.
Oila huquqi tizimi o’z ichiga umumiy va maxsus qismlarni oladi
Umumiy qism oila huquqining maxsus qismidagi barcha institutlar uchun ahamiyatga ega bo’lgan meyorlardan iborat.
Jumladan, oila huquqining asosiy qoidalari va vazifalari, oila huquqi tomonidan tartibga solinadigan munosabatlar doirasi va bu munosabatlar doirasi, ushbu munosabtlar subyektlari va obyektlari, oila huquqi manbalari, oilaviy munosabatlarga nisbatan fuqarolik qonun hujjatlarining qo’llanilishi, shuningdek, oila to’g’risidagi va qonun hujjatlarining o’xshashlik bo’yicha qo’llanilishi, shuningdek, mahalliy urf-odat va an’analarning qo’llanilishi (masalan, Oila kodeksi 1-9-moddalari).
Maxsus qism bir necha institutlardan tashkil topgan bo’lib, bu institutlarnining har biri ijtimoiy munosabatlarning muayyan turini tartibga soladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |