Yaxshilik qilgan yaxshilik ko‘radi
Bir vaqtlar kemada sayohatga chiqqan ikki do‘st dengizga
tushib ko‘rdilar. Shu vaqt to‘lqin kuchayib ketdi.
Yo‘lovchilar hammasi baqirib-chaqira boshladilar.
Kema darg‘asi darhol dengizga o‘zini tashlab, do‘stlardan
yoshrog‘ini qutqarib qoldi. Boshqasini qutqarishga esa harakat
qilmadi, ikkinchi do‘st cho‘kib ketdi. U yerdagilarning bir qan-
chasi darg‘aga:
– Darg‘a, agar tezroq harakat qilganingda ikkinchi odamni
ham qutqarsa bo‘lardi. Juda imillading, – dedilar.
Darg‘a bunday javob berdi:
– Menga yaxshilab quloq soling. Bu yigitni qutqarishni
xohlagan edim, qutqardim. Chunki u menga avvaldan yaxshilik
qilib kelgan. Boshqasini cho‘kib ketishini xohlagan edim, u
cho‘kib ketdi. Chunki uning ko‘p yomonligini ko‘rganman. U
meni ranjitgan, ko‘nglimni og‘ritgan. Shuning uchun uning
cho‘kib ketishini istagandim, – dedi.
Nima uchun shunday bo‘ldi? Fikringizni bildiring.
91
Do'stlaringiz bilan baham: |