Ohangaron shahar ‘‘Boychechak’’ nomli 1-sonli dmtt tarbiyachisi Bo’ribayeva Naima G’ayratovnaning 2021-yilgi ‘‘Yozgi sog’lomlashtirish’’ mavsumida olib borgan ishlari hisoboti



Download 2,02 Mb.
Sana27.03.2022
Hajmi2,02 Mb.
#512898
Bog'liq
bog\'cha hisoboti nnaayymmaa




Ohangaron shahar ‘‘Boychechak’’ nomli 1-sonli DMTT tarbiyachisi Bo’ribayeva
Naima G’ayratovnaning 2021-yilgi ‘‘Yozgi sog’lomlashtirish’’ mavsumida olib borgan ishlari
HISOBOTI



2021

Ohangaron shahar maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli Ohangaron shahar 1 –maktabgacha ta’lim tashkilotida “Yozgi sog‘lomlashtirish” 2021-yil iyun, iyul va avgust oylari davomida qilingan ishlar to‘g‘risida




HISOBOT
Ohangaron shahar № 1 maktabgacha ta’lim tashkilotining hamshira va tarbiyachilari tomonidan yoz oylarida bolalarda tevarak atrofga bo‘lgan qiziqishlarini, o‘z ishlaridan va tabiatdan zavqlanish imkoniyatlarini yaratish bilan birga, ularning jismoniy va aqliy salohiyatlarini oshirishda faoliyat olib borishmoqda. Bizning 1- DMTTmizda reja asosida tashkil etilgan chiniqtirish, sog‘lomlashtirish, ko‘ngilochar tadbirlar barcha pedagoglar shu jumladan: metodist, psixolog, tarbiyachi, jismoniy tarbiya yo‘riqchisi, musiqa rahbari yordamida olib borilmoqda .
Yozgi sog’lomlashtirish mavsumini 1-iyun xalqaro bolalarni himoya qilish kuni tadbiri bilan boshladik. Tadbirda bolajonlar sho’x kuy qo’shiqlar ijro etishdi, o’zlari yod olgan she’rlari bilan tadbirni ko’tarinki ruhda o’tkazishdi. Tadbir so’ngida bolajonlarga sovg’a sifatida muzqaymoqlar ulashildi.


Yoz faslida bolajonlarni sog’lom va barkamol bo’lib o’sishlari uchun ko’plab chiniqtirish tadbirlarini ham olib borishga harakat qildik. Har kuni suv muolajalari, qum muolajalari muntazam ravishda olib borildi. Bolalarni to’g’ri chiniqtirish uchun basseyndagi suv haroratlarini doimo nazoratga olgan holda cho’milishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berishga harakat qildik.

Qumdondagi qumlarni ham ekologik toza holda saqlab bolalarni qum muolajalarini olib borishlarini ta’minlab turdik. Har kuni qumga suv sepilib namlantirib bolalarni o’yin jarayonlarida qo’l motorikalarini rivojlanishi, yalang oyoqda qum ustida yurib yassi oyoqlikni oldini olish uchun zarur muolajalarni olib bordik.

Yozgi sog’lomlashtirish mavsumida chiniqtirish ishlarini yanada ko’proq olib borish maqsadida muntazam ravishda jismoniy tarbiya faoliyatlari va guruhlar aro sport musobaqalarini o’tkazib bordik. Bunda, nafaqat, bolalarni sog’ligi balki chaqqon va epchil bo’lib ulg’ayishga undadik. Bunday sport musobaqalari orqali bolalar boshqa guruh bolalari bilan ham do’stona munosabatda bo’lishga o’rgandi. Sport musobaqalarida tarbiyalanuvchilar bilan bir qatorda tarbiyachilarni o’zlari ham faol ishtirok etib borishdilar. Musobaqalar so’ngida bolalarni rag’batlantirish ularga o’zgacha zavq bag’ishladilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning “Beshta tashabbusi”ni qo‘llab quvvatlash maqsadida barcha mashg‘ulotlar davomida tarbiyalanuvchilarga qo‘shimcha topshiriqlar , o’yinlar, turli ko‘ngilochar o‘yinlar e’lon qilinmoqda. Ko‘ngilochar o‘yinlarda barcha guruh tarbiyalanuvchilari aktiv qatnashmoqda . bizning muassasamizda barcha guruhlar ishtirokida ‘‘Besh tashabbus’’ tadbirini uyushtirdik, barcha guruhlardan beshta yo’nalish bo’yicha qatnashchilar ishtirok etdilar. G’oliblar esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar. ‘‘Besh tashabbus’’ning birinchi yo’nalishi bo’yicha qatnashchilar o’zlarining rassomlik mahoratlarini namoyish etdilar. Ikkinchi yo’nalish bo’yicha sportchi o’g’il-qizlarimizni chiqishlari davraga o’zgacha fayz kiritdi. Uchinchi yo’nalish bo’yicha audio yozuvda turli xil tovushlarni tinglab ‘‘Ovozidan top’’ o’yini orqali bolalarni ziyraklik mahoratlarini sinovdan o’tkazdik. To’rtinchi yo’nalish bo’yicha tarbiyalanuvchilar o’zlari yod olgan she’rlarini ifodali tarzda aytib berdilar. O’zbek xalq ertaklaridan parchalar sahnalashtirib o’zlarining mahoratlarini ko’rsatib berdilar. Oxirgi beshinchi yo’nalish bo’yicha pazanda qizchalarimizning mustaqil ravishda tayyorlagan shirinliklari va salatlaridan barcha qatnashuvchilar bahramand bo’ldilar.

‘‘Yoz o’tmoqda soz’’ shioriga asoslangan holda yoz faslida turli ko’ngilochar tadbirlar tashkillashtirish bolalarni ma’nan, aqlan, jismonan yetuk riivojlantirib yangi o’quv yiliga munosib tayyorgarlik sifatida olib borildi. Yozning jazirama issiq kunida Neptun - suv bayramini nishonlash ayni muddao bo’ldi. Bayramda bolajonlar turli xil qahramonlar ko’rinishlarida raqslar ijro etdilar, bayram ertaligimiz hammaga a’lo kayfiyat bag’ishladi.

30-iyul Do’stlik kuni munosabati bilan tashkilotimizda katta bayram tadbiri tashkil qilib bunda barcha guruh tarbiyachilari va tarbiyalanuvchilari faol ishtirok etdilar. O’zbekiston xalqi ko’p millatli xalqlardan iborat bo’lib, qatnashuvchilarimiz boshqa millat xalqlarini milliy kiyimlarida milliy raqslari bilan chiqishlar ko’rsatishdi. Bayram tadbirimizga mehmonlar ham taklif qilindi.

Yozgi sog’lomlashtirish mavsumida bayram tadbirlaridan tashqari har kungi kunlik faoliyatlar ham muntazam ravishda olib borildi. Faoliyatlarda bolalarni nutq boyliklari oshirilib hafta mavzulari yuzasidan suhbatlar savol-javoblar olib borish natijasida lug’atlari yangi so’zlar bilan boyitib borildi. San’at markazidagi faoliyatlarda bolalarni qo’l motorikasi rivojlantirilib borildi. Fan va tabiat markazida tevarak atrofdagi o’zgarishlarni kuzatib turli xil tajribalar o’tkazilib bolalarni bilim darajasi boyitib borildi. Qurish yasash va konstruksiyalash markazidagi faoliyatlar doimiy ravishda o’yin tarzida olib borilib bolalarni shakllar ranglar bilan yaqindan tanishtirib borildi. Syujetli rolli markazlarda hafta mavzulariga mos o’yinlar ertaklar sahnalashtirib bolalarni fikrlash doirasi kengaytirib borildi. Ushbu faoliyatlardan tashqari muntazam ravishda ota-onalar bilan hamkorlik ishlarini yo’lga qo’yib bolalarga uyda bajarishlari uchun ham vazifalar berib borildi. Yoz mavsumi so’ngida yangi o’quv yiliga munosib tayyorgarlik ko’rish va 1-sentabr Mustaqillik kuni bayramiga tayyorgarlik ko’rish bilan yozgi sog’lomlashtirish mavsumiga yakun yasadik.

Ohangaron shahar 1-DMTT direktori: Z.A.Buvabekova.
Tarbiyachi: B.N.G’ayratovna
Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish