Ohak tarkibidagi so`nmagan zarrachlar miqdorini aniqlash


SEMENT XAMIRINING QOTISH MUDDATINI ANIQLASH



Download 0,5 Mb.
bet8/11
Sana14.04.2022
Hajmi0,5 Mb.
#551878
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 5364102621546157597

SEMENT XAMIRINING QOTISH MUDDATINI ANIQLASH.

  1. Laboratoriya ishining maqsadi

«Portlandsement xamirining qotish davrini aniqlash» mavzusi bo'yicha laboratoriya ishi ma'ruza bo'limlari bo'yicha olingan bilimlarni chuqurlashtirish va mustahkamlash, shuningdek qurilish materiallarining alohida xossalarini o'rganish maqsadida bajariladi.
O'quv qo'llanmada laboratoriya ishlarini bajarish uchun zarur uskunalar, bajarish usullari va tartibi keltirilgan.

  1. ISHGA KERAKLI JIHOZLAR

  • Vika asbobi,

  • Shisha plastinka,

  • Texnik tarozi,

  • Soat,

  • Sement xamirini qorishtirish uchun idish,

  • Kurakcha,

  • Sement xamiri.

  1. NAZARIY MA`LUMOTLAR

Ta’rifi:Tutib qolish muddati(bog’lanish muddati) normal quyuqlikdagi sement qorishmasining Vika asbobida ignaning botish chuqurligi bo’yicha aniqlanadi. Tutib qolish boshlanishi kamida 45 minutdan keyin, tutib qolish tugashi esa qotish boshlangandan 10 soatdan kechikmay sodir bo’lishi kerak.

  1. ISHNI BAJARISH TARTIBI: Sement xamirining qotish muddatlari UzRSTga muvofiq, Vika asbobi yordamida aniqlanadi; lekin bunda sterjenning pastki qismiga metall sopcha o’rniga ko’ndalang kesimi 1 mm2 va uzunligi 50 mm keladigan po’lat nina o’rnatiladi. Sopcha o’rniga nina o’rnatish natijasida sterjenning umumiy massasi, ya`ni asbobning sinash chog’ida sement xamiriga ta`sir ko’rsatadigan harakatlanuvchi qismining umumiy massasi kamayadi, shunga ko’ra sterjenning yassi kallagiga qo’shimcha yuk qo’yib,uning massasini 300 g ga to’g’rilash kerak.

Sinash oldidan sterjenning bemalol harakatlanishini, milining vaziyatini (nina plastinkaga tegib turganda sterjen mili shkalada boshlang’ich vaziyatni egallashi lozim), ninaning tozaligi va to’g’riligini tekshirish lozim, so’ngra halqa va shisha plastinkaning yuzi mashina moyi bilan yupqa qilib moylanadi.
Yuqorida aytib o’tilgan usulda qorilgan xamirning quyuqligi me`yorda bo’ladi; tayyor xamir darhol Vika asbobining shisha plastinkasi ustidagi halqaga joylanadi; xamir ichidagi havo pufakchalarini chiqarib yuborish uchun halqa besh-olti marta silkitiladi. Xamirning yuzi halqaning cheti bilan bir tekislikda yotishi uchun ortiqcha xamir pichoq bilan sidirib tashlanib, yuzi tekislanadi.Shisha plastinka halqa bilan birgalikda asbobning stoliga o’rnatiladi. Sterjen pastga tushirilib, ninasi xamirga tekkizib qo’yiladi,siquvchi vintni burab, o’zak shu holatida mahkamlanadi. So’ngra vintni darhol burab bo’shatish kerak,shunda sterjenning uchidagi nina sement xamiriga bemalol botadi. Ninani xamirga avvalo har besh minutda (to xamir qota boshlaguncha), keyinchalik har 15 minutda (to xamir qotib bo’lguncha) botirish kerak. Nina xamirning faqat bir joyiga emas, balki turli joylariga botirilishi, buning uchun halqa surib turilishi, nina esa har gal botirish oldidan xo’l latta bilan artilishi lozim.
Sement suvda qorilgan paytdan to nina shisha plastinkaga 1-2 mm yetmay to’xtaydigan paytgacha o’tgan muddat sement xamiri qota boshlash vaqti, deb qabul qilinadi. Sement suvda qorilgan paytdan to nina sement xamiriga 1-2 mm dan sal ko’proq botgan paytgacha muayyan vaqt o’tadi, ana shu vaqt mobaynida xamir obdon qotadi. Portlandsement , mineral qo’shimchali portlandsement , toshqol portlandsement va putstsolan portlandsement xamiri qorilgan paytidan hisoblaganda , faqat 45 minutdan keyin qota boshlaydi va 10 soatdan keyin toshdek qotib qoladi.
Tajribaxonada bu ishlarni bajarishga ko’p vaqt ketadi va sement xamirining qotishi nihoyasiga yetgan yetmaganligini, qoida tarzida, bir mashg’ulot davomida bilib bo’lmaydi. O’qituvchi gips xamirining qotib qolish muddatini aniqlash usuli bilan uquvchilarni ilgarigi darslarda tanishtirganligini nazarda tutib, bu mashg’ulotda ularga faqat me`yordagi quyuqlikda xamir qorish hamda uni halqaga joylash tartibi, shuningdek, Vika asbobining ninasini xamirga botirish usulini ko’rsatadi, bunda tajriba o’tkazuvchi o’qituvchiga yordamlashadi. O’qituvchi tekshirilayotgan sement dan qorilgan xamirning qotish muddatlarini ham o’quvchilarga aytib beradi. O’quvchilar bu ma`lumotlarni tajriba ishlari daftariga yozib qo’yadilar.
plastinkadan olinib, idish 4 ichidagi panjara tokcha 5 ga joylanadi

tutashtirilgan bo’ladi. Rostlagich og’ziga o’rnatilgan naycha 2 idishdagi suvning sathi kulchalar yuzidan 4-6 sm balandroq bo’lishini ta`minlaydi. Keyinchalik idishning qopqog’i 3 yopiladi va idish isitadigan asbob ustiga qo’yiladi.



  1. Laboratoriya ishi bo'yicha natijalar va xulosalar

Talabalar o'qituvchining ko'rsatmasiga binoan olingan natijalarni yozma ravishda laboratoriya daftariga rasmiylashtiradilar.Shundan so'ng bajarilgan laboratoriya ishi bo'yicha xulosalar chiqariladi.
Bajarilgan laboratoriya ishi o'qituvchiga hisobot uchun taqdim qilinadi.Nazorat savollariga javob berilganidan so'ng, berilgan laboratoriya ishi bo'yicha talabalarning bilim darajasi baholanadi.
6. Nazorat savollari

  1. Qorishma tarkibi va uni hisoblashni gapirib bering.

  2. Qorishmani tayyorlash izchilligini aytib bering.

  3. Namunalarni tayyorlash jarayonini tushuntirib bering.


Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish