Og‘zaki va yozma nutqning



Download 392,67 Kb.
bet6/10
Sana01.02.2022
Hajmi392,67 Kb.
#421591
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
16 mavzu

Og‘zaki nutq: Mavzuga oid matnni o‘qib tushunish. Matndagi ko’chirish qoidalari
yozilgan s o‘zlarning ma’nosini izohlash.


Yozma nutq: Og‘zaki va yozma nutq yozilgan s o‘z qismlariga namunalar yozish

Nutq harakatdagi tildir. Nutq tilga tegishli birliklarni ma’lum vaqt bo‘lagida bir-biriga qo‘shadi, harakatga keltiradi. Nutq so‘z shakllari, so‘z birikmalari, so‘z tartibi va gaplardan tashkil topadi. Nutq odobi insonning ma’naviyatini-ma’rifatini belgilovchi asosiy mezondir.


Kishining odobi, eng avvalo, uning nutqida ko‘rinadi. Nutq odobi nima? Nutq odobi deganda, aytilishi zarur bo‘lgan xabarlarni, tinglovchini hurmat qilgan holda, uning ko‘ngliga mos holda adabiy normadagi ifodalar bilan etkazish tushuniladi. Har qanday xunuk xabarni ham tinglovchiga beozor etkazish mumkin. Buning uchun so‘zlovchi tilni, adabiy til normalarini mukammal bilishi lozim. Muloyim, yoqimli, odobli so‘zlash ham o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. Unga yoshlikdan ongli mashqlar qilish, tilning lug‘at boyligini egallash, bu borada nutqi ibratli kishilarga taqlid qilish, ulardan o‘rganish orqali erishiladi. O‘quvchi uchun eng yaxshi namuna o‘qituvchi nutqidir. Buni o‘qituvchi har doim o‘zida his etib turishi, o‘z nutqida hech vaqt odob- axloq, nutq madaniyati normalaridan chiqmasligi lozim.
Nutq odobi salomlashishdan boshlanadi. Salomlashishdagi xushmuomalalik undan keyingi yaxshi suhbatga debocha bo‘ladi, tinglovch ida yaxshi kayfiyat paydo qiladi. Salomlashishning ahamiyati haqida hindlarda shunday naql bor: «Bitta salom bilan beshta narsaga - o‘zini yengil sezish, shon - shuhrat topish, qut-barakali, ilmli bo‘lish va nihoyat uzoq umr ko‘rishga erishiladi».
Ha, salomda gap ko‘p. Ammo salomlashish, salom berishning ham o‘ziga yarasha qonun-qoidalari bor. Afsuski, keyingi chorakam bir asr mobaynida o‘zimizning sharqona salomlashish odobimizni ham unutib yuborayozdik. Avvalo, har bir muslim va muslima salomlashish ham farz, ham qarz ekanligini yaxshi anglab etmog‘i lozim. Chunki «So‘z boshi - salom», deganlaridek, suhbatdoshlar muloqoti «assalomu alaykum», «vaalaykum assalom» jumlalari bilan boshlanadi. Bu suhbatdoshlarning tanish yoki notanishligidan qat’i nazar, o‘zaro hurmat va ehtirom belgisi hisoblanadi. Ammo keyingi paytlarda biror joyga kirib borayotgan, telefonda suhbat boshlayotgan kishilarning salomlashishni unutib borayotganligiga tez-tez guvoh bo‘lib qolmoqdamiz.
Xalq tilida salomlashish uchun ham, xayrlashish uchun ham alohida nutqiy vositalar mavjud. O‘qituvchi ularni o‘z o‘rnida ishlatishda hamma uchun va o‘z shogirdlari uchun o‘rnakdir.
Madaniyatli kishi o‘z aybini bo‘yniga ola bilishi, aybi uchun kechirim so‘rashni ham bilishi lozim. O‘z aybi uchun uzr so‘rash o‘z g‘ururini erga urish emas, balki odoblilik, xushmuomalalik alomatidir.
Yetuk kishiga xos fazilatlardan yana biri xayrlashuv odobidir. Tilimizda xayrlashganda ishlatiladigan «xayr sog‘ bo‘ling», «xayr, ko‘rishguncha», «xayr, omonlikda ko‘rishaylik» kabi ta’sirchan iboralar mavjud.
Bolaga yaxshilik qilgan, aytilgan yumushni, iltimosni bajargan kishilarga o‘z vaqtida minnatdorchilik bildirish odobini ham o‘rgatib borish lozim. Tilimizda rag‘batlantirishni, minnatdorchilikni anglatadigan chiroyli ifodalar bor. Ularni kundalik muomalaga kiritish, o‘z o‘rnida ishlatish kishi xulqini naqadar bezaydi. O‘qituvchi topshiriqni yaxshi o‘tagan o‘quvchilarni «ofarin», «barakalla», «rahmat», «tangizga rahmat», «minnatdorman» kabi so‘zlar bilan rag‘batlantirishi mumkin. «Har bir kishining madaniylik darajasi, o‘qib qanchalik tarbiya ko‘rganligi uning yozma va og‘zaki nutqidan bilinadi»
Til dunyoni bilish, bilimlarni to‘plash, saqlash, keyingi avlodlarga etkazish, ruhiy munosabatlarni aks ettirish, go‘zallik kategoriyalarini voqyelantirish kabi qator vazifalarni bajarishiga qaramasdan, asosiy e’tibor uning kishilar o‘rtasidagi aloqani ta’minlashdir.
Nutq madaniyati jamiyat madaniy-ma’rifiy taraqqiyotining, millat ma’naviy kamolotining muhim belgisidir. Tom ma’nodagi madaniy kamolotning muhim belgisidir. Haqiqiy ma’nodagi madaniy nutq shaxs umummadaniy saviyasining muhim jihatlaridan biridir. Shuning uchun ham mamlakatimizda ma’naviy-marifiy islohotlar har qachongidan ham dolzarblik kasb etadi.
Respublikamizning «Davlat tili haqida»gi, «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunlarida, «Kadrlar tayyorlash bo‘yicha milliy dasturi» va boshqa juda ko‘plab hujjatlarida ma’naviy-ma’rifiy tarbiyaga, til masalalariga alohida ahamiyat beriladi. Jamiyatimizning har bir a’zosi, har qanday mutaxassis zamon bilan hamqadam bo‘lishi, eng avvalo, o‘z ona tilining sadoqatli sohibi bo‘lmog‘i lozim. Til jamiyat bilan, uning ma’naviyati, ma’rifati va madaniyati bilan birgalikda yuksaladi.
Jamiyatimizning har bir a’zosi, har qanday mutaxassis, zamon bilan hamqadam har qanday kadr, eng avvalo, o‘z ona tilining sadoqatli sohibi bo‘lmog‘i lozim. Ona tiliga chinakam sohib bo‘lmoqning bosh sharti esa uning tuganmas imkoniyatlarini tugal egallamoq, ya’ni fikrni mustaqil, ravon, go‘zal va lo‘nda ifoda eta olmoqdan iborat nutqiy madaniyat malakalarini shakllantirmoqdir. Zotan, nutq madaniyati tildan bemalol va maqsadga o‘ta muvofiq tarzda foydalana olishni ta’minlaydigan ko‘nikma, malaka va bilimlarning jami demakdir.
Alisher Navoiy asarlarida nutq odobining talablari quyidagicha sanaladi:

  • Tilni, so‘zni qadrlash, uni hurmat qilish.

  • Yaxshi so‘zlay olish (nutq) san’atdir, noyob hunardir.

  • Insonning odob-axloqini belgilaydigan omillardan biri uning nutqidir.

  • Kishining nutq uning aqliy kamolotidan darak beradi.

  • So‘zlaganda dil va tilni bir tutish zarur.

  • So‘zlaganda o‘ylab, tushunib gapirish kerak.

  • Xushmuomala, shirinso‘z bo‘lish.

  • Chin, to‘g‘ri so‘zlash, nutqda halol bo‘lish.

  • Ezgu so‘zli bo‘lish lozim.

  • Tildan tuhmat uchun foydalanmaslik kerak.

  • Ko‘p so‘z, ezma vaysaqi bo‘lmaslik.

  • So‘zlaganda sharoitni, suhbatdoshinni hisobga olish, beo‘rin so‘z aytmaslik.

  • Suhbat sirlarini saqlash, bo‘shog‘iz bo‘lmaslik.

  • Gapirganda qaytariqlardan qochish kerak, chunki ular fikrning ta’sirini susaytiradi.

Savollarga javob bering:
1. Til qanday hodisa?
2. A lisher Navoiy til va nutqni qanday ta’riflaydi?
3. Nutq odobi deganda nimani tushnasiz?



Download 392,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish