Og’zaki bayon usullari: hikoya, suhbat, tushuntirish, o’quv ma’ruzasi



Download 79 Kb.
bet2/5
Sana28.04.2022
Hajmi79 Kb.
#586492
1   2   3   4   5
Bog'liq
o\'qitishning og\'zaki usullari va uning turlari

Hikoya usuli Hikoya-o’quv materialini bayon qilish shakli bo’lib, asosan tasvirlash xarakteriga ega. Hikoyada ma`ruzada qaraganda o’qituvchi o’quvchilar bilan ko’proq muloqotda bo’ladi. Hikoya davomida o’quvchilar bilan savol-javob qilib bo’lmaydigan mavzularni o’qitishda bu metod keng qo’llaniladi. Masalan, vulqonlarni, yer qimirlashlarni, oqimlar, kashfiyotlar, ekvatorial o’rmonlar va boshqalarda bu metodning afzalligi yorqin seziladi.
Hikoya ob’yekt va hodisalarni tabiat va jamiyatdagi xalqlar hayotidagi hodisalar, voqealarning nutqda ifodalanishidir.
O’qituvchi biror narsani tasvirlash orqali unga xos bo’lgan belgilarni ajratadi va shu bilan ularda tushuncha va tasavvurlar hosil qiladi. Hikoya o’quvchilarda materialni o’zlashtirishni yengillashtiradi. Hikoyaning ta’lim tarbiyaviy ahamiyati faktorlarni to’g’ri tanlashga bog’liq. Ba’zan o’qituvchi asosiy bilimlarni o’zlashtirilishi qiyinlashtiradigan bir qator qo’shimcha, ikkinchi darajali ma’lumotlarni bayon qiladi. Ayrim hollarda o’quvchi ekskursiyada olgan taassurotlarini aytayotganda asosiy narsani ajrata olmasdan ko’rgan narsalarning hammasi haqida gapiraveradi.
Agar o’qituvchi hikoya metodini oldindan tanlamasa hikoya qiziqarsiz chiqadi. Maktab geografiyasida hikoyaning quyidagi ikki turi keng qo’llaniladi.

  1. O’rganilayotgan kursda faktik bilimlar tuzilishini bayon qilishdan iborat bo’lgan hikoyalar. Bularga sayohatchilar, materiklar, okeanlar haqida, O’zbekiston geografiyasida kishilarning xo’jaligi turmush madaniyati haqidagi hikoyalari kiradi.

  2. Tasviriy hikoyalar bu turdagi hikoyaning asosiy maqsadi geografik ob’yekt va hodisalar haqida o’quvchilarda aniq tasavvurlar hosil qilishdan iborat.

Birinchi turdagi hikoyalar materialni o’rganishda asosiy metod sifatida qo’llanilsa , illyustrativ hikoyalar boshqa metodlarni to’ldiruvchi qo’shimcha material sifatida ishlatiladi.
Ko’pchilik hollarda har ikki turdagi hikoyalar bitta hikoyani bayon qilishda ham qo’llanishi mumkin. Tasvirli hikoya mazmunini badiiy va bop ailmiy ommadabiyotlar, o’qituvchining sayohat va kinofilmlardan olgan shaxsiy kechinmalari tashkil qiladi. Tasviriy hikoya geografik talablarga javob berishi bilan birga ob’yekt va hodisalar dars mazmuni bilan uyg’unlashgan bo’lishi lozim. Geografiya ta’limidagi karta, rasmlar asosida hikoyalar ham keng qo’llaniladi.
Hikoyada ob’yektning umumiy belgilaridan asosiy belgilar ajratib ko’rsatilishi yaxshi natijalar beradi. Hikoyadan darsning turli bosqichlarida foydalaniladi. Hikoya qo’shimcha bilimlarni xabar qilish vositasi ham bo’lishi mumkin. Ba’zan hikoya darsda mustaqil o’rin ham egallashi mumkin, uning turli bosqichlarida tushuntirish jarayoniga ham kiritish mumkin. Hikoya darsning boshida yangi materialni o’zlashtirishga tayyorlaydi. Oxirida qo’llanilsa o’rgatilgan materialni umumlashtiradi va darsga xotima yasaydi. Hikoyaga yuqori sinflarda 20-25 minut , quyi sinflarda 5 minutdan 15 minutgacha vaqt ajratish mumkin. Hikoyaning salbiy tomonlari ham bor. Hikoya paytida o’quvchilar faqat diqqat bilan tinglovchi bo’lib, faol ishga jalb qilinmaydilar. Hikoya anchaga ketsa ham ular diqqati asosida va oqibatda uning ta’siri kamayadi. O’qituvchi hikoya vaqtida o’quvchi yoshiga mos keladigan dars mazmuniga to’g’ri keluvchi materiallar to’plashi kerak. Hikoyada ortiqcha faktlar, raqamlar, uzuq-yuluq tasvirlar bo’lmasligi kerak. O’qituvchi faqat o’zi bilgan narsalarni gapirmasdan balki mavzuga oid bo’lgan materiallarni hikoya qilmog’i zarur. Hikoya yakunida soddalashtirib yubormasligi, unda tushunchalar, atamalar albatta, aks etishi kerak. Qisqasi, hikoya geografik bilimlar shakllanishida muhim omil bo’lish maqsadiga muvofiq. Hikoya paytida ayrim mavhum narsalar, raqamlar doskaga yozib borilishi kerak.Hikoya davomida o’qituvchi nazorat savollar berib borishi materialning puxta o’zlashtirilishiga yordam beradi.
Tushuntirish nazariy o’quv materialini egallash shakli bo’lib, o’quvchilarga geografik jarayon va qonuniyatlarini kengroq ochib berishi lozim bo’lganda qo’llaniladi. Tushuntirishda mulohaza qilish shakllari tahlil va sintez kuzatish va xulosalarni tahlil qilish , induksiya (aniq ma’lumotlar asosida xulosa chiqarish) , deduksiya (ilgari o’rganilgan umumiy hodisalar asosida ma’lum qoida, ta’rifini shakllantirish) keng qo’llanildi.
Yerning shakli kattaligi geografik kenglik va uzoqlik, yerning sutkalik va yillik harakati, gradus to`ri, tog’larning paydo bo’lishi, musson, siklon, antisiklon, frontlar, geologik hodisalar , iqtisodiy qonuniyatlar ishlab chiqarishni joylashtirish shakllarini o’rganishda tushuntirish metodidan keng foydalaniladi.
Materiklar va okeanlar geografiyasida Sharqiy Osiyo mavzusini o’tishda musson tipidagi iqlimni quyidagicha tushuntirish mumkin.Ma’lumki, Sharqiy Osiyoning eng katta okean bilan tutash joyida joylashgan. Shu tufayli Sharqiy Osiyo iqlimi bevosita quruqlik va suv ustida turlicha xarorat, bosim vujudga kelishi bilan belgilanadi. Buni doskada quyidagi tayyor reja asosida tushuntirish maqsadga muvofiq.

  1. Yozda quruqlik va okean ustida havo harorati qanday taqsimlanadi? Qishda-chi?

  2. Yozda quruqlik va okean ustida havo bosimi qanday taqsimlanadi? Qishda-chi?

  3. Agar bizga havo bosimi taqsimlanishi ma’lum bo’lsa, shamol yo’nalishini aniqlasak bo’ladimi?

Yuqoridagi savollar asosida mussonning mavsumiy xarakterga ega ekanligi o’quvchilarga tushuntiriladi.Tajribali o’qituvchilar tushuntirish momentlarini oldindan belgilaydilar.Bu momentlarning har biri puxta tayyorgarlikni talab qiladi. Nazariy va amaliy materialni puxta, izchil bayon qilish , puxta o’ylangan tushuntirishlar va qo’shimchalar, tushuntirishni ilmiy bilimlarni egallashning ta’sirchan metodiga aylantiradi. Mamlakatlar , iqitisodiy zonalar ixtisoslashuvi, iqtisodiy hududlar iqtisodiyoti tushuntirilayotganda o’qituvchi avvalo, dalillarga asoslangan ma’lumotlar yig’adi. Masalan, biror mamlakat sanoati tushuntirilganda unga doir bo’lgan savollar aniqlanadi.O’zbekiston geografiyasida O’zbekiston sanoatini quyidagi reja asosida yoritish mumkin:
O’zbekiston sanoatining Yaponiya, Isroil sanoatiga nisbatan birmuncha zaiflik sabablari
O’zbekiston sanoatining hozirgi zamonda rivojlantirish vazifalari.
Asosiy sanoat tarmoqlarining rivojlanishi.
Sanoatning joylashishi va asosiy sanoat rayonlari.
O’qituvchi har bir savolga faktlarga tayangan holda javob berishi kerak.Yuqori sinflarga o’tish bilan tushuntirishda hikoya elementlari deyarli uchramaydi.
Tushuntirish jarayonida o’quvchilar tomonidan javob reaksiyasining bo’lishini ko’zda tutish kerak. O’qituvchi qisqa muammoli savollar berishini , qiyin o’rinlarini qanday tushunganliklarini so’rash , aqliy va amaliy ishlarni bajarishga undashi mumkin. Ikki tomonlama aloqa tushuntirishni takomillashtirishga yordam beradi.
Suhbat - ta’lim metodi sifatida o’quv materialini egallashning savol-javob shaklidir. Bunda asosiy o’rinni o’qituvchi savoli va o’quvchi javobi egallaydi. Ba’zi hollarda o’quvchi savoli va o’qituvchi javobi ham uchraydi. Suhbat jarayonida o’quvchilar tushunmaganlarini o’qituvchidan so’rashlari mumkin. Ba’zilar suhbat metodini savol-javob metodi bilan chalkashtiradi. Ayni paytda ularning har ikkisi mazmunan bir xil metoddir.
Bu metodning bosh talabi mukammal o’ylagan savollar va o’quvchilar qaytarishi kerak bo’lgan javoblarning puxta tizimidir.Savol aniq bo’lishi ya’ni o’quvchilar suhbat nima ustida borayotganini hamisha tushunishlari kerak. O’qituvchi suhbat paytida o’quvchilar fikrini o’rganiladigan geografik ob’yekt va hodisalarning asosiy belgilariga yo’naltiradi va ularning bilish faoliyatlarini boshqarib boradi. Mavzu e’lon qilinganidan keyin savollar o’rtaga tashlanadi.Suhbat mantiqiy qismlarga bo’linadi. O’qituvchi o’quvchilar javobini tinglaydi, hatolarini tuzatadi va uni to’ldiradi.Shundan so’ng o’quvchilarni yakun yasashga undaydi.Savollarni to’g’ri tuzish va berishning o’ziga xos san’at ekanligini uqdirish lozim. O’quvchilar qaytarayotgan javoblar turlicha bo’lishini nazarda tutish kerak. Buni bilgan o’qituvchi oldindan bir qator yordamchi tuzatuvchi savollarni tayyorlab turadi.
Suhbat o’quvchilarni turli bilim va manbalar , karta , globus , gerbariylar , kolma`ruzalar bilan ishlashga o’rgatadi . Suhbat metodini murakkab mavzularni o’rganishda qo’llash mumkin . Chunki bu borada o’quvchilarda bu borada tayanch bilim kam . Eng muhimi suhbatning yaxshi chiqishi uchun o’quvchilarda tayanch bilimlarga tayanish maqsadga muofiq . Savol – javob “ suhbat “ savollari mazmunan quyidagi turlarga bo’linadi .
Aniq va to’g’ri ma’lumotlarni o’zlashtirishga oid savollar .Masalan : O’zbekistonda eng baland cho’qqi necha metr , u qaysi tog’da joylashgan ? Globusni kim kashf qilgan ? Jamolungma cho’qqisini kashf etgan sayyohni ayting
Kartani bilish va o’qib olishga doir savollar .
Kartalardagi ob’yektlarni ta’riflay olish tarzidagi savollar : Masalan : Samarqand va Toshkent shaharlari orasidagi geografik o’rinni qiyoslang .
Sabab va aloqadorlik qonuniyatlarini o’zlashtirishga qaratilgan tarzdagi savol- javoblar .
Masalan: Nima sababdan yosh tog’larda zil zilalar ko’p bo’ladi. Chiqindi foydali qazilmalar nima sababdan tekisliklarda ko’p uchraydi va hokazo. Har bir yangi mavzuni o’tishdan oldin o’quvchilarga havola etishi mo’ljallangan savollar tayyorlab qo’yilishi kerak. Ayniqsa ish faoliyati endi boshlanayotgan yosh o’quvchilar bu qoidaga nihoyatda amal qilishlari zarur.
CHunki dars va suhbat jarayonida bunday mavzudagi savollarni bevosita tuzish va o’quvchilar diqqatiga havola qilish ancha murakkab masaladir. Quyidagi savollar mantiqga ko’ra suhbat metodi 2 turga bo’linadi.

Download 79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish