Olma sirkasidan og’zini chayish uchun vosita tayyorlash
1. Kichikroq bir stakanga olma sirkasini soling.
2. Suyuqlikdan yutib yubormasdan bir qultum oling.
3. Og’izni yaxshilab chaying.
4. Shundan so’ng tupurib tashlang.
5. Og’izni iliq suv bilan chaying.
Ushbu usuldan haftada bir marta foydalanish tavsiya etiladi. Sirka ta’mi ozgina yoqimsiz,
lekin natijalar bu kamchilikni oqlaydi.
Olma sirkasi va iste’mol sodasi
1. Kichikroq idishda olma sirkasi va sodani tish pastasi konsistentsiyasi hosil bo’lgunicha
aralashtiring.
2. Olingan massani tishlarga qo’llang.
3. 5-10 daqiqaga qoldiring.
4. Og’izni iliq suv bilan chayib tashlang.
5. So’ngra tishingizni odatdagidek tozalang.
Do'stlaringiz bilan baham: |