(TSK)Ca + 2NH4NO3 = (TSK)NH4 + Ca(NO3)2
Ca
H NH4
(TSK)Ca + 3NH4NO3 = (TSK)NH4 + HNO3 + Ca(NO3)2
NH4
Ushbu kislotalik vaqtinchalik bo’lib, nitratli azot o’simliklar tomonidan o’zlashtirilishi bilan tuproq reaksiyasi o’z o’rniga tushadi.
Ammiakli selitra universal azotli o’g’it bo’lib hisoblanadi. Uni barcha tuproqlarda va hamma qishloq xo’jalik ekinlarida asosiy o’g’itlashda, ekishdan oldin ekish bilan birgalikda va oziqlantirishda qo’llash mumkin. Sug’oriladigan dehqonchilikda qo’llaniladigan o’g’itlardan biridir.
Ohakli-ammiakli selitra - NH4NO3 + CaCO3. Ammiakli selitra va ohak qotishmasi. Tarkibida 20-26% azot bo’ladi. Suvda faqat NH4NO3 eriydi. CaCO3 esa erimaydi. Juda ham kuchli gigroskopiklik xususiyatiga ega. Qotib qolishi kuchsiz. Sochiluvchanligi qoniqarli (o’rtacha). Ammiakli selitra mayin ezilgan ohakni qo’shish orqali olinadi. O’g’it neytral reaksiyaga ega bo’lib, G’arbiy Yevropaning mamlakatlari kislotali muhit reaksiyasiga ega bo’lgan tuproqlarida keng doirada qo’llaniladi.
Ammoniy nitrat - sulfati - (NH4)SO4 x 2NH4NO3 (sulfonitrat). Tarkibidagi azot miqdori 25,5-26,5% ni tashkil etadi. NH4NO3 va (NH4)2 SO4 tuzlarini qotishmasidan hosil bo’ladi. Ushbu qotishmada 65% (NH4)2 SO4 va 35% NH4NO3 qo’shiladi. Ushbu o’g’it suvda yaxshi eriydi, fiziologik kislotali. Uni barcha tuproqlarda va hamma ekinlarda asosiy o’g’itlashda va oziqlantirishda qo’llash mumkin.
Amidli o’g’itlar
Amidli o’g’itlar tarkibida azot amid NH2 shaklida bo’ladi. Tuproqda amidlar ammiak va nitratlarga o’zgaradi. Bunday o’g’itlarga karbamid (mochevina), MFU (mochevina formaldegid o’g’iti), mochevina asetat, krotoniliden-di mochevina, izobutilen-di mochevina, oqsamid kiradi.
Karbamid - CO(NH2)2 - (mochevina karbonat kislotasi diamidi).
Tarkibidagi azot 46,3%. Suvda yaxshi eruvchan, kuchli gigroskopik bo’lib, qotib qolish xususiyatiga ega. Germetik idishlardagina qotib qolmaydi.
Quruq holatdagi sochiluvchanligi yaxshi. Biroz nam bo’lganida sochiluvchanligi yomonlashadi. Donador va kichik oq yoki sarg’ish kristall holatlarda ishlab chiqariladi. Qotib qolishini oldini olish uchun donalarining sirti oz miqdorda (vazniga nisbatan 0,05%) hayvon yog’i bilan qoplanadi. Karbonat angidrid gazini ammiak bilan yuqori bosim va yuqori haroratda ta’sir ettirish yo’li bilan olinadi. Bunda harorat 185-200 0C bosim esa 180-200 atmosfera bo’lishi talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |