O’g’it sepish mashinalari Reja


O’g’it berish mashinalariga qo’yiladigan agrotexnika talablari



Download 50,5 Kb.
bet2/3
Sana28.03.2022
Hajmi50,5 Kb.
#514203
1   2   3
Bog'liq
o`g`it sepish mashinalari

2. O’g’it berish mashinalariga qo’yiladigan agrotexnika talablari.
1. Mineral o’g’it sochish bir tekis amalga oshirilishi kerak. Bunda tarelkali aparatlarda ish kengligi bo’yicha o’g’itlarning bir tekis taqsimlanish 85% dan kam bo’lmasligi kerak. Markazdan qochma apparatli o’g’it sepish mashinalarida esa o’g’itlarning bir tekis taqsimlanish 75% dan kam bo’lmasligi kerak.
2.O’g’it berish normasi belgilangan normadan 5 dan ko’p bo’lmasligi kerak. Organik o’g’itlar sepish normasi 25% dan ko’p bo’lmasligi kerak
3.Qotib qolgan mineral o'g'itlarni maydalab elakdan o’tkazish kerak. o’g'it donachalarining o’lchami 5 mm dan oshmasligi, 1 mm dan kichik bo’lganlari esa 6% dan oshmasligi kerak.
4.O’g'it sepilgandan keyin 12 soatgacha muddatda tuproqga ko’milishi kerak.
5.O’simliklarni oziqlantirishda o’g’it berish chuqurligi 1sm gacha farq qilishiga ruxsat etiladi.
6.O’g’it sepish apparatlarining notekisligi 8% dan ko’p bo’lmasligi kerak.
7.O’g’itlar o’simlikning o’suv fazasiga mos ravishda agrotexnik muddatlarda berilishi kerak.
3. Mineral o'g'itlar uzoq muddatga saqlanganda zichlashib yuza qatlami qotib qolishi mumkin. Bunday o’g'itni ishlatish iichun uni maydalash talab qilinadi. AIR-20 agregati qotib qolgan mineral o’g'itlarni maydalash, qoplaridan ajratish va elakdan o’tkazish uchun xizmat qiladi. Traktorning quvvat olish validan kardanli uzatmalar orqali yoki 30 kVt quvvatli elektrodivigateldan harakat olib ishlaydi. Bir soatli ish unumi 20-30 tonna. o’git donachalarining o’lchami 5 mm gacha. Bunkerning hajmi 1 m3 ni tashkil qiladi. Bu mashina o’g’it tarqatish baza va shaxobchalarida ishlatiladi.
ISO-4 mashinasi qotib qolgan mineral o’g'itlarni maydalash, elakdan o’tkazish uchun xizmat qiladi. Bu mashina traktorlarni quvvat olish vali yoki 7 kVt quvvatli elektrodvigatel bilan harakatga keltiriladi. Bir soatda 4-6 t o’g'itni maydalashi mumkin. Bu mashina o’g’it tarqatish shaxobchalarida va fermer xo’jaliklarida ishlatiladi.
Mineral o'g'itni mashinalarga yuklash uchun PE-O, 8B, PF-0,75, PGX-0,5 rusumli yuklagichlar ishlatiladi. o’gitlardan bir necha turini aralashtirish va uni o’g'it sepish mashinalariga yuklash uchun UTS-30 yoki SZU-20 aralashtirgich-yuklagichlar ishlatilishi mumkin.
Tayyorlangan mineral o’g'itni NRU-0,5, MVU-0,5, l-RMG-4, RUM-8, RUM-16 rusumli mashinalar yordamida dalaga sochiladi va tuproqga ishlov berish qurollari yordamida tuproqga aralashtirib ko’miladi. Sochish mashinalarining asosiy ishchi organlari tarelkali va markazdan qochma bo’ladi.
Mineral o’g’itlarni sochish mashinalari ( 1-RMG-4 misolida)
1-RMG-4 mineral o’g’it sochish mashinasi bir o’qli yarim tirkama bo’lib, mineral o’g’itlarni sochishga mo’ljallangan. Mashina quyidagicha ishlaydi.
Kuzovdagi o’g’it konveyer vositasida tozalovchi qurilma orqali yo’naltirgichga keladi, u yerdan disklarga tushadi, disklar esa o’g’itni uyurmali oqim tarzida maydonlarga sochadi. Shamol bo’lib, ob-xavo aynib turganda kuzov ustiga soyabon, sochuvchi disklar ustiga esa shamoldan ximoyalovchi qurilma o’rnatiladi, bunda mashinaning qamrash kengligi 6 m ga yetadi. Unga ish unumi 12 ga/soat, xarakat tezligi 12 km/soat bo’lganida 4000 kg yuk yuklanadi.
Disklar metalldan ishlangan bo’lib, yassi parraklar bilan jixozlangan. O’ng disk tishli mufta orqali gidromotor bilan xarakatga keltiriladi. Yetaklanuvchi chap diskka aylanma xarakat uzatish uchun diskning pastki qismiga shkiv maxkamlangan.Diskning aylanish tezligi 850 ayl/min.
Chizel-kultivator ChKU-4, kombinasiyalangan mashina MKP-4 va ekinga ishlov beruvchi kultivatorlar yordamida o’g'itni belgilangan chuqurlikda tuproqga kumish murnkin.
Tuproqqa o’g’it solishda o’g’it berish soshniklaridan foydalaniladi.
4. Organik o'g'itlarni dalaga sochish quyidagi usullardan birida ainalga oshiriiishi mumkin. Fermadan to'g'ri dalaga, fermadan burtlarga keyin dalaga va ikki fazali. Birinchisida fermadan go’ng sochish mashinalari yordamida dalaga -olib boriladi va shu ma-shinaning o’zida dalaga sochiladi. Ikkinchisida esa go’ngni dalaga yaqin joyga burtlarga trasport vositalari yordamida tashib yig'iladi va o’tit sepish mashinalari yordamida dalaga sochiladi. Uchinchi usulda go’ngni belgilangan normada dalaga trasport vositalari yordamida tashib, uyumiar qatorini hosil qiladi, so’ngra uyumlagich-sochgichlar yordamida dalaga sochib tashlanadi. ROU-b, PTR-10, PRT-16, MMT-23 rusumli mashinalar organik o’g'itlarni dalaga sochish uchun mo’ljallangan. Bu mashinalarda kuzovdagi o’g'itni uzatuvchi trasporter va sochuvchi barabanlar traktorning quvvat uzatuvchi validan reduktorlar va kardan vallar orqali harakat olib ishlaydi. o’g'it sepish normasiga. uzatuvchi trasporterning va agregatning harakat tezligini o’zgartirish hisobiga sozlanadi.
ROU-6 sepkichida ishlash tartibi quyidagicha: shinalardagi bosim, maxkamlangan joylar tekshirilib ko’riladi,old va yon bortlar ish xolatiga o’rnatiladi, kuch uzatmasi (kardanli val), tormoz sistemasi xamda jixozlari ulanadi. So’ngra QOV ishga tushiriladi va konveyerning ishlashi tekshirilib ko’riladi(kamida uch marta aylantiriladi). Krivoship belgilangan meyorga o’rnatiladi va kuzovga o’g’it yuklanadi. Ishlov berishni boshlashdan oldin uch marta tormozlash bilan tormoz sistemasi sinab ko’riladi. Qismlarning o’zaro to’g’ri ishlashi, deformasiyalar yo’qligi va moy xamda tormoz suyuqligi sizmayotganligi tekshiriladi. So’ngra dalaga chiqiladi va zarur tezlikda yurgizilib o’g’it sepiladi.
Suyuq 0'g'itlarni dalaga chiqarish uchun ZJV-3,2, RJU-3,6, RJT-4, RJT-8, MJT-6, MJT-16 va MJT-23 rusumli mashinalardan foydalanilady. Bu mashinalardan gerbisidlarning is-hchi eritmalari va zaharli ximikatlar, torf-gunva boshqa kompostlar tayyorlashda, suyuq materiallarni tashishda, mashinalarni yuvishda va qishloq joylarda yong'inni o’chirishda foydalanish mumkin. Suyuq organik o’g'itlarni, organik va mineral o’g'itlarning namligi 92% dan yuqori bo’lgan aralashmasini tuproqga kumish uchun AVV-F-2,8 agregatni qo’llash mumkin. Bu agregat MJT-10 mashinasi asosida yaratilgan bo’lib, orqa qismida o’g'itni tuproqga ko’mib ketuvchi moslamasi borligi bilan farq qiladi, Agregatning qamrash kengligi 2,8 m, harakat tezligi 6 km/soatgacha,
5.O’g'it sepish mashinalarini takomillashtirish borasidagi respublikamiz ilmiy-tadqiqot ilimgohlarida qator ishlar qilin-moqda. Bularga o’zbekiston qishloq xo’jaligini mexanizasiyalash va elektlashtirish ilmiy-tadqiqot institutida amalga oshirilayotgan mineral o’kitni ikki qatlamga solish; mineral va organik o’g'it aralashmalarini vegetasiya davrida oziqlantirish sifatida ekin qator oralariga solish texnologiyasi va qurilmalarini misol kel-tirsa bo’ladi. Bu usullarning afzalligi shundan iboratki, o’g'it rivojlanayotgan niholga bir tekisda etib borishi bilan birga tuproqni agregat holatini ham yaxshilaydi. Malumki, poliz va sabzavot hosili tarkibida nitratlarning ko’p yig'ilishiga mineral o’g'itlardan noto’gri foydalanish sabab bo’ladi. Shu sababli poiiz ekinlarini etishtirishda faqat organik o’g'itlardan foydalanish maqsadga muvofiq deb topilgan va tegishli qaror chiqarilgan. Bunga javoban poiiz urug'ini ekiladigan egat tubiga maxsus yaratilgan ishchi organ yordamida organik o'g'it solinib, keyio urug' ekiladi. Bu texnologiyani ishlab chiqarishga tadbiq etilsa, dala mehnatkashlarning ishini ssonlashtirish btlan birga istemolchilarning salomatligi muhofaza qilingan bo’ladi.

Download 50,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish