MUSTAQIL YECHISH UCHUN MASALALAR
Tarkibi loyihalashtirilayotganda sement betonning hajm bo'yicha nominal tarkibi 1:2,5:3,1 va S'/S =0,45 bo‘ldi. Agar 1 m3 beton uchun 300 kg portlandsement sarf bo‘lsa, 135 m3 beton tarkibini tashkil etuvchilarning miqdori qancha bo'ladi? Beton qorishmasini tayyorlash uchun foydala- niladigan qumning namligi 5 %, shag'alniki 3 %. Sementning to‘kma zichligi 1,3 t/m3.
555 m3 beton tayyorlash uchun 162,5 t qum va 525 m3 shag'al sarf bo'ldi. Qumning to'kma zichligi 1,6 t/m3, sha- g'alniki esa 1,5 t/m3. Beton qorishmasining S'/S =0,4. Betonni zichligi va chiqish koeffitsiyenti aniqlansin.
Kimyoviy bog‘langan suv miqdori sementga nisbatan 15 %. 2 % namlikdagi betonning o‘rtacha zichligi 2450 kg/m3 bo‘l- ganda, 575 nisbati 0,65 ga teng bo'lgan, massasi bo'yi- cha tarkibi 1:1,9:4,4 nisbatdagi betonning zichligi aniqlansin.
Yuqori sifatli to'ldiruvchilardan tayyorlangan beton 7 sutka davomida qotgandan so‘ng 20,0 MPa siqilishga bo‘lgan mustahkamlikni ko‘rsatdi. Suv -sement nisbati 0,4 bo‘lganda sementning aktivligi aniqlansin.
Hajmiy tarkibi loyihalashtirilayotganda betonning nominal tarkibi 1:2,5:3,1 va S'/S =0,45 bo'ldi. Agar 1 m3 betonga 390 kg sement sarflansa, qum va toshning namligi 5,0 va 3,0% bo'lganda 135 m3 betonning tarkibi aniqlansin. Sementning to‘kma zichligi 1300 kg/m3, zichligi 3,1 g/sm3.
Beton tarkibi loyihalashtirilayotganda o‘rtacha zichligi 2235 kg/m3, nominal tarkibi massa bo‘yicha 1:1,9:4,1; S'/S =0,45 ni tashkil etdi. Beton qorishmasi tayyorlangan vaqtda qumning namligi 7 % va shag‘alniki 4 % bo'lganda, 1 m3 beton uchun to'ldirgichlar sarfi aniqlansin.
Massasi bo'yicha betonning nominal tarkibi 1 : 2,2 : 5,7 va 575 = 0,65 bo'lganda, 1 m3 zich beton uchun uning hajm bo'yicha nominal tarkibi va materiallar sarfi aniqlansin. Materiallar quritilgan va ularning to'kma zichligi quyidagicha: qum — 1600 kg/m3, chaqiqtosh — 1450 va sement — 1300 kg/m3. Chiqish koeffitsiyenti aniqlansin.
Markadagi mustahkamligi 15 MPa bo'lgan zieh betonning hajm yoki massa bo'yicha nominal tarkibi aniqlansin.
Berildi: sementning markasi 500 va suv talabchanligi 19,5%, chaqiqtoshning bo'shliqligi 46%, to‘kma zichligi: sementniki 1,3 t/m3, qumniki 1,6 t/m3, chaqiqtoshniki 2,7 g/sm3.
Massa bo'yicha 1:2:4 tarkibli 2 t beton qorishmasini tay- yorlash uchun beton qorish uskunasining talab etiladigan eng kichik hajmi va beton qorishmasining zichligi aniqlansin. S'/Snisbati 0,6. Beton qorishmasining chiqish koeffitsiyenti 0,7. Foydalanilgan materiallarning to'kma zichligi quyi- dagicha: qumniki 1,6 t/m3, chaqiqtoshniki 1,5 va sementniki 1,3 t/m3.
10x10x10 sm o'lchamli portlandsementli beton namunalar 80° C haroratda 10 soat davomida issiq nam havo ta’sirida ishlov berilganda siqilishga bo‘lgan mustahkamligi 160 MPa ga teng bo'ldi. Beton namunalari bug'langanda beton markasining necha prosentini tashkil etishi hisoblansin.
1 m3 beton qorishmasi uchun to‘kma zichligi 1300 kg/m3 bo‘lgan 300 kg portlandsement, 600 kg quruq qum (to‘kma zichligi 1500 kg/m3), 1350 kg quruq chaqiqtosh (to'kma zichligi 1400 kg/m3) va 170 litr suv sarflandi. 500 / hajmli beton qorgichda 1 m3 beton qorishmasini tayyorlash uchun sarflanadigan materiallar miqdori aniqlansin. Massa bo'yicha qumning namligi 4%, chaqiqtoshniki esa 1,5%.
S'/S= 0,5 bo‘lganda og‘ir betonning massa bo'yicha nominal tarkibi 1:1,9:4,1 ga teng. Tajriba sharoitida yangi tayyorlanib qoliplangan beton kubining o‘rtacha zichligi 2,25 kg/dm3 ga teng. Qumning namligi 4%, chaqiqtoshniki 1,5% bo'lganda 1 m3 beton uchun sarflangan materiallar miqdori aniqlansin.
Do'stlaringiz bilan baham: |