Ogaxi tarjimon va tarixchi



Download 29,79 Kb.
bet1/2
Sana30.05.2022
Hajmi29,79 Kb.
#620476
  1   2
Bog'liq
OGAXI


OGAXI - TARJIMON VA TARIXCHI
Reja:

  1. Muhammadrizo Ogahiy hayoti

  2. Ogaxiy devoni devon tuzishning traditsion talablari


  3. MUHAMMADRIZO OGAHIY (1809-1874)

    Katta olimlar pleyadasini etishtirib bergan, yuksak madaniyat o’chogi bo’lgan xorazmda X1X asrda buyuk tarixchi, shoir, olim, tarjimon va davlat arbobi Erniyozbekning o’g Muxammad Rizo, adabiy taxallusi Ogoxiy, etishib chiqdi. Ogaxiy adabiyotimiz tarixida Alisher Navoiydan keyingi eng sermaxsul ijodkordir.

    Shoirning serqirra ijodiyotining bir qator masalalariga bagishlangan ko’pgina ilmiy ishlar yuzaga keldi. Shoirning adabiy merosi “O’zbek adabiyoti tarixi xrestomatiya” (1945 yil), “O’zbek adabiyoti” tom, 1959; dan o’rin oldi. Tanlangan asarlari-T., 1958, 1960 yillarda (so’z boshi avt. Nashr.tay. Dolimov) bosilib chiqdi. O’zSSR FA nashriyotida shoirning (nashrga tayyorlagan) “Ta’vizul oshiqin” devoni (O.Sharafiddinov va Xurshidlar nashrga tayyorlangan) bosilib chiqdi. Nixoyat, 1971-1980 yillar mobaynida Ogaxiy asarlarining 6 jildlik nashri yuzaga keldi. (Nashrga tayyorlaganlar S.Dolimov, ¢.Karimov).

    Olimlardan V.Zoxidov “O’zbek adabiyoti tarixidan” 1961 yil; Q.Munirov “Ogaxiy”-ilmiy-adabiy faoliyati”. T., Fan-1959; Yana o’sha “Munis, Ogaxiy, Bayoniyning tarixiy asarlari”. T., Fan. 1960; R.Majidiy-“Ogaxiy lirikasi”, T., “Fan” 1963 yil v.b. ilmiy ishlari vujudga keldi. M.Yunusov “Barxayot meros saxifalari” T., “O’qituvchi”, 1986 yil, 79-bet.

    Muxammadrizo Erniyozbek o’gli-Ogaxiy 1809 yilda Xiva shaxri yaqinidagi Qiyot qishlogida mirob oilasida dunyoga keladi. Uning ota-bobolari ko’p zamondan buyon Xorazm xonligida miroblik vazifasini bajarib kelganlar. Ogaxiy dunyoga kelganda amakisi-mushxur shoir va muarrix Shermuxammad Munis mirob edi. Ogaxiyning otasi Erniyozbek, (ya’ni Munis Xorazmiyning ukasi) Ogaxiy 3 yasharlik paytida vafot etadi. Ogaxiyning tarbiyasi va buoila xususidagi gamxo’rlik Munisning zimmasiga tushadi.

    Munis dargoxida o’sha zamonning tolibi ilmlari, shoirlari va adabiyot muxlislarining suxbatlarida qatnashib yurgan Ogaxiy yoshligidayoq o’qib-o’rganish, ilm va she’riyat xazinasidan baxramand yuo’lish orzu-Xavasi bilan jo’shadi. Bu xaqda uning o’zi keyinchalik bunday degan edi: “Shabob ayyomining avoyimidakim, umrim bogining navbaxori va Xayotim navbaxorining navshukufta lolazori erdi, fazlu kamol iqtisobiga mayl va ragbat ko’rguzub, madrasonishinlik rasmin ixtiyor qildim va xar erdakim, fuzula va shuaro xayrining majmui va majlisi bo’lsa, ularning xizmatiGa bormoqni Uzimga vojib va lozim bildim:

    Qadam aylabon ilm yo’lida bosh,

    Hunar kasbida aylar erdim talosh,

    Ne tunlar mango xobu roxat edi,

    Ne kunlar zamone farogat edi.

    Lekin Ogaxiy xayotida turli to’siq va qiynchiliklar yuz berib, ro’zgor mashaqqati tufayli madrasani qo’yib, istar-istamas ota-bobosining kasbi bo’lgan miroblik bilan shugullanishga majbur bo’ladi.

    Shoir miroblik davridagi bo’giq va sertashvish xayoti xaqida quyidagilarni yozgan edi:

    “Goxo motamdorlig taxassuridin afsurda va gox so’kvorlig tafakkuridin pojmurda va goxo avqotgu zorlig asbobi saranjomining fikri bila boshimda qaro qaygu va goxo sipoxlorlig olotining taxyasi bilan ko’nglimda ming gam va gox vazir mulozamatining tajassusi bila jonimda yuz alam. Masnaviy: Ogaxiy, Asarlar 1 jild. ¢.¢ulom nashriyoti 1971 yil. Z7-bet.

    Kuyidagi misralardan ko’rinishicha, Ogaxiy miroblik mansabida xizmat qilsa-da, yirik mulkdor bo’lmagan:

    Er yuzida, Ogaxiy, chun yo’q sango bir kulcha er,

    Barche umringda na xosil aylasang miroblik.

    Ogaxiyning asosiy maqsadi amaldorlik bilan emas, balki yuksak saviyali madaniy kishi bo’lib jamiyat uchun xizmat qilish, olimlik va shoirlik bilan shuxrat qozanish bo’lgan. Ogaxiyning miroblik vazifasidagi bir necha yillik xizmati uning mavjud jamiyat xaqidagi tushunchalarining shakllanib etishida katta rol’ o’ynadi. Binobarin, u keyinchalik devoni debochasida o’zining xayot yo’lini eslab shunday yozadi: Ogaxiy 1 jild-38 bet.

    Ogaxiy ish paytida otdan yiqilib, oyogi qattiq shikastlanadi. Shunga qaramay, u yana bir necha yil o’z vazifasini ado etadi va nixoyat 1857 yilda iste’fo beradi. Hayotining qolgan yillarini butunlay ijodiy ishga bagishlab, 1874 yilda vafot etadi.

    Ogaxiy she’riyati xajman salmoqli bo’lgandek, janr jixatdan xam boy. o’ klassik lirikaning 10 dan ortiq janrida samarali qalam tebratib, mazmunan boy va badiiy jixatdan etuk gazallar bilan birqatorda, mustazod, muxammas, musaddas, murabba’ va musamman, tarjiband, qit’a, ruboiy, tuyuq va qasidaning xam o’nlab orginal namunalarini yaratgan.

    Ogaxiy devoni devon tuzishning traditsion talablari asosida tartib berilgan. Shu sababli devonga kiritilgan she’rlarning xronologiyasi ma’lum emas. Bu xol shoir ijodiy yo’lining tadrijiy o’sishini kuzatishga imkon bermaydi. Ogaxiy ijodida ijtimoiy qarashlarini bayon qilgan fikrlar nixoyatda ko’p bo’lib, ular shoirning deyarli ko’pchilik asarlarida uchraydi. Shoir devonida ayniqsa ishq-muxabbatmavzui etakchi o’rin tutadi. Binobarin uning o’z gazallari xaqidagi quyidagi ta’rifi o’rinli va orginaldir:

    Ishq xurram margzorining gazali sho’xidir.

    Har gazalkim, Ogaxiy, sabt o’ldi devonimaro.

    Ogaxiyning o’z devonini “Ta’vizul-oshiqin”(Oshiqlar tumori) deb atashi xam bejiz emas, albatta. Uning “dilso’z nazmi” xaqiqiy oshiqlar qalbi”, armon va intilishlarining samimiy poetik ifodasidan iborat. Chindan xam:

    Ogaxiy, dil so’z nazminingni eshitsa axli ik,

    Bo’yniga ta’vizdek aylarlar ash’oringni band.

    Ma’lumki, muxabbat temasi juda qadim zamonlardan beri adabiyotimizda qalamga olib kelinayotgan etakchi temalardandir. Chunki muxabbatsiz xayot bema’ni xayotdir. Haqiqiy muxabbat vafodorlik, samimiyat va jo’shqin xis-tuygular bilan sugorilgan bo’ladi. Subutsizlik, jafokorlik va razillik xaqiqiy ishq-muxabbatga yotdir. Lirik shoir Ogaxiy xam chinakam oshiqlik, pok, samimiy muxabbat kuychisidir:

    Ogaxiy xolini gar ishq ichra bilmoq istasang,

    Chashmi ibrat birla dardangiz devoniga boq.

    Ogaxiy devonidagi ishq-muxabbat temasida yozilgan she’rlarning deyarli xammasida erkin ishq, erkin oilaviy xayot qurish yo’lidagi intilishlar oldida katta govlar borligidan shikoyat qiladi, sof muxabbat axllarining fikr-tuygulariga xamdard bo’ladi. Unonchi:

    Yorsiz naylay, bu maxzun jonni olgil, ey ajal,

    Kim o’lim ushbu bu tiriklikdin base xushdur manga.

    Misralaridan ko’rinib turibdiki, yor bilan xamisha baxtiyor turmush qurush orzusi Ogaxiy gazallarining magzini tashkil qiladi. Shoirning fikriga, feodalizmning sergurbat va sertashvish, notinch va noma’lum sharoitida ayriliqda xor-zor yashashdan ko’ra, oshiq uchun o’lmoq va mashaqqatlardan xolos bo’lmoq “xushroq, afzalroq”dir. Ayriliq esa “gulzordin” judo bo’lgan bulbul nola-figonlari bilan tengdir:

    Figonu nola qilsam ayb emas tayyordin ayruv,

    Ki bo’lmas tushsa bulbul nolasiz gulzordin ayruv.

    “Suymaganga suykanma” kabi xalq maqolalarida ifodalangan mazmun Ogaxiy ishqiy she’rlarining asosiy mazmunidir. Sevish va sevilish, sinash va sinalish, oshiq va ma’shuqaning xar jixatdan bir-biriga munosib bo’lishi lozim, degan fikr shoirning ishqiy she’rlariga singdirib yuboriladi.

    Ey ko’ngul, kimdakim seni sevmas,

    Qoch. Aning tegrasiga aylanma.

    Gar nasixat qilurda o’tganlar,

    Dedilar: “suymaganga suykanma...”

    Shoirning fikricha, samimiy oshiq bilan ma’shuqa orasiga raqiblar, agyorlar, xusumatchilar suqulib kirib, turli fitnalar qilganida xam oshiq va ma’shuqa bir-biridan voz kechmasligi, ranjimasligi, o’zini dadil tutishi, ruxsizlanmasligi, mustaqil fikrlashi va xarakat qilishi, xar qanday mashaqqat bilan bo’lsa-da yoriga gamxo’rlik qilishi lozim: chunonchi u “Oshiq” sarlavxali she’rida shunday yozadi:

    Agar ming javr qilsang, dardi ishqing tarkin

    etmon kim,

    Bo’lur shavqi fuzunroq nechakim cheksa jafo

    Oshiq.


    Qilurman etsa sandin xar jafou javr yuz ming

    shukr,


    Ki qilmoqdur shikoyat er javridin xato oshiq.

    Aga javr et va gar exson, na qilsang nomim

    uldurkim,

    Rizoi yorsiz xech ishni qilmas muddao oshiq.

    Shoirning fikricha, ishq-muxabbatda xalqning “teng-tengi bilan” degan dono maslaxatiga amal qilish lozim. Aks xolda, “bir quxanga” (qariga) toza juvon tutqazish “muzdan sovuq”roq voqea bo’lur edi:

    Lek axli aql olida muzdien sovuqdurur,

    Bur kuxanga toza juvon birla ixtilot.

    Sevish-sevilish normalari taxqirlangan, yosh-yosh qizlar mol-dunyo evaziga zo’rlik bilan qari-qartang kishilarga berilgan feodalizm tuzumi sharoitida shoir Ogaxiyning muxabbat masalasidagi “teng-tengi bilan” degan fikrni yoqlab chiqishi katta axamiyatga ega.

    Ogaxiyning o’zbek tilidagi “Ta’vizul-oshiqin” devonini ko’zdan kechirar ekanmiz, shoirning yashagan muxitidan, feodal zodagonlardan qattiq shikoyat qilib, yozgan she’rlarini ko’plab uchratamiz. Chunonchi: Ogoxiy-269 bet. 1 jild.

    Ogaxiy avvalgi asrlarda o’tgan klassik shoirlarning ayniqsa, Navoiyning ijodiy daxosidan ta’lim va ilxom oldi. Buni shoirning o’zi:

    Ogaxiy, kim topgay erdi sozi nazmingdin navo,

    Baxra gar yo’ktur avoiyning navosidin senga.

    deb tasdiqlagan edi.

    Rostravlik, Ogaxiy, ruxdek seni solmish yiroq,

    Qurbi shox topgshay eding, kajrav esang farzin kabi.

    Ogaxiy bu erda shox va uning atrofini o’ragan kishilarga baxo berishda shatranj o’yinidagi figuralarning o’rni va yurishlarini misolga olib, obrazli ravishda to’gri baxo beradi. Shoir:

    Rux kabi shoxdin yoshroq desang bu arsada,

    Har tarafga moyil o’l andoki farzin, ey ko’ngil.

    Deb shoxga yaqin bo’lish uchun farzin kabi egri bo’lish, xaqiqatdan voz kechish shartligini aytadi. Sof vijdonli odam esa buni qabul qila olmaydi. Bu inson uchun katta xaqorat. Shuning uchun shoir:

    Shox uchun olamda xar nokasta ta’zim aylama,

    Istamas bo’lsang agar juxxul aro bo’lmoq xaqir.

    Deydi. Davr ilgo’lgan bu fikrlar kishini martaba, mansab uchun xaqiqatdan voz kechmaslikka chaqiradi. Shoir Navoiyga baoglangan bir muxammasida:

    “Komron o’lmoq tilab shox xizmatin qilma xavas,

    deydi. Bu satrlar Ogaxiyning podshoxlarga boglagan umidlarining puchga chiqqanini ko’rsatadi.

    Ogaxiy o’zining bunday fikrlari xon va uning saroyidagilarga yoqmaganligini yaxshi bilsa-da, bunday kelishmovchilikka ongli ravishda boradi. Shu sababdan:

    Necha umrlar qilding axli shoxga xizmat,

    Tark etib oni emdi, faqir eliga xizmat qil

    Deb, saroyda xizmat etishdan uzil-kesil voz kechganligini bildiradi. O’z ijodi va taqdirini faqirlar xalq bilan boglagan shoir bu xaqdagi o’z tuygusini ulug faxr bilan:

    Shukurkim, erur qadrim faqr eli aro oliy,

    Axli shox oldida garchi e’tiborim yo’q.

    deb bayon etadi.

    Shoirning fikricha, jisman shox va gado o’rtasida xech qanday tafovut yo’q: ular faqat tashqi ko’rinishi, kiyim-kechagi bilangina farq qiladi:

    Agar uryon esa shoxu gado jismi barobardur,

    Tafovut bu ikovga aylagan izxor xil’obdur...

    Shunday ekan, tashqi ko’rinishga zeb berib, befaxm va befarosot yurish bilan el-yurtga masxara bo’lishdan ko’ra, ma’naviy olamni, qalbni, aql va ongni tarbiyalash va bilimdonlik asosida ish tutish afzaldur:

    Ko’p o’lma zoxir aro, Ogaxiy, kel, botiningni tuz,

    Ki botin tuzgan elning olida bekor xil’atdur.

    Shoir shoxona liboslar kiyib, taltayib yuruvchilarni masxaralab kuladi.

    Sinfiy gurux-qatlom sifatida ruxoniylar garchi din nomidan biror ta’limotni tashviq qilsalar-da o’zlari unga rioya qilmaydilar. Shu sababdan xalqda juda qadimdan “mulloning aytganini qilu, ammo qilganini qilma” tarzidagi maqol ularning ikkiyuzlamachiligini fosh etadi. Ogaxiy zoxidlarni ta’riflar ekan, ularga ana shu xalq maqolida berilgan baxo mazmunida yondoshib:

    So’rma zoxid xolinikim, gar o’quv kunduz namoz,

    Lek oning firdi erur bo’lmoq qadaxoshom shom.

    Deydi. Bu erda zoxidlar so’zda mayni man qilsalar-da, lekin o’zlari yashirin mayxo’rlik qilganliklari fosh etiladi.

    Islom dini tariqatining asosiy talablaridan bo’lgan namoz xaqida shoir shunday yozadi:

    Masjidda namoz o’qub mudom, ey zoxid,

    Gar topmas esang murodi nom, ey zoxid,

    Ixlos bila kirib xarobat ichra,

    Soqiy qo’lidin ich to’la may, ey zoxid.

    Islom dining xamma uchun majburiy xisoblangan talablaridan bir ro’za xaqida xam Ogaxiyning 3-4 ta maxsus gazali bor: 340-bet, 303-bet, 309-bet.

    Ogaxiyning ro’za xaqida yozgan gazallarining xammasida dastlab ro’zaning kishi a’zo-badaniga zararli ta’siri ta’kidlanadi. Shoir ro’za natijasida xamma sustlashib, garang, lanj xolda yashaydi, xayotda xursandchilik qolmaydi, demoqchi.

    “Ta’vizul-oshiqin”ning badiiy xususiyatlari, poetik maxorat Ogaxiy klassik adabiyotimizda bo’lgan she’riy janrlarning qariyib xammasini o’z ijodiy laboratoriyasida ishga solganini payqaymiz. Biz bu o’rinda shoir maxoratini baxolash uchun boshqa shoirlarda uchramaydigan, yoki kam uchraydigan she’riy formalardan misol keltiramiz.

    Odatda, o’tmishdagi shoirlar 4-6 yoki undan xam ko’proq misralik badiiy

    parchada biror so’z yoki fikrli yashirin shaklda ifodalab, uni topish uchun o’quvchini o’ylashga, fikrlashga va tegishli xulosalar chiqarishga undaganlar. She’riyatning bu formasi chiston deb atalgan. Shoir poeziyasida chiston oddiy so’z o’yini bo’lib qolmay, balki muxim bir sotsial axamiyatga ega ma’noni anglatadi.

    Masalan, quyidagi 4 misralik chistonda shoir oyogi bitta, boshi oltita va qanoti saksonta bo’lgan qush to’grisida fikr yuritilib, uning “zamon axli aro” ota bor, ammo o’zi “yo’qliq oshiyoni”da maskan tuganini uqtiradi:

    Ul na yanglig turfa qushkim, oltidur onin boshi,

    Turfaroq bu kim oyoq birdur, qanot sakson ango.

    Garchi oning bu zamon axli aro bordur oti,


    Lek yo’qlig oshyoni ichradur maskan ango.

    Bu chistonda “Vafo- “ degan so’z yashiringan bo’lib, bu bir necha son (6,80 va 1) orqali ifodalangan. Binobarin, Ogaxiy bu chistonda o’z zamonasida “vafo” so’zi ishlatilsa-da, aslida “vafo” yo’qligini aytmoqchi bo’lgan. Vafo-

    so’zidagi xarflar ( -6, -80, -1) abjad xisobi bilan yigindisi-chistonda savol tarzida qo’yilgan so’z kelib chiqadi.

    Shuningdek, shoir devonida “davlat”, “tanga”, “otashtir” so’zlari yashiringan chistonlar xam bor. Shoir (davlat- ) so’zi yashiringan chistonni:

    Topmagonga soyasin bazmu tarab zindon o’lub,

    Ham qad ila nola aylar xar tun andoqqim qubuz.

    Misralari bilan; tanga-( ) so’zi yashiringan 16 misrali chistonni esa:

    Topmasa gar iltifotin xar kishi,

    Xordur, garchi jaxon donosidur.

    Misralari bilan tugatadi.

    Bu simvolik tasvirlarda Ogaxiy poeziyasidagi ramzlar yordamida bayon qilish uslubini ko’rish mumkin. Shoir “davlatsiz kishi” “qo’buz” singari nola qiladi, “tanga”siz kishi, “jaxon donosi” bo’lsa xam xor-zordir, degan fikrlarni bildirib, o’z davridagi xaqiqiy axvolni anglatmoqchi bo’ladi.

    O’tmish adabiyotida she’riyatning “musoveul-tarafayn” (xamma tarafdan o’qilganda so’zlarning barobar kelishi) kabi formasi ko’p qo’llanilar edi.

    Ogaxiy devonidagi she’r formalaridan ko’rinishicha, u she’riyatning ana shu shakllarini yaxshi bilagn. Chunonchi, shoir o’z devonida “musoveul-tarafayn” shaklida yozilgan 4 misralik parchani keltiradi.

    Ul sho’xki ! ochildi ! xatti ! ruxsori

    Ochildi ! rayoxinda ! yuzi ! gulnori

    Xatti yuzi besabru manman

    qarori


    Ruxsori gulnori manman zori

    Bu parchaning to’rtala misrasini xam odatdagicha o’qiganda qanday ma’no anglashilsa, so’zlarni yuqoridan pastga qarab o’qiganda xam shu shakl va ma’no aynan takrorlanib keladi. Ammo shakl e’tibor, mazmun ad.taraq. xech axamiyatsiz...

    Shoir o’z devonidagi she’rlarda aruz vaznining turli baxrlarini qo’lladi:

    Qo’ying, yiglayki, ushbu kun sevar yorimdan ayrildim,

    Muruvvatlig, muxabbatlig vafodorimdin ayrildim.

    (xazaji musammani solim-mafoilo’n, mafoilo’n, mafoilo’n)

    Ey joni gamgin mujdakim bu kecha jononim kelur,

    ¢uncha daxonu gulbadan sarvi xiromonim kelur.

    (rajazi musammani solim-mustaf’ilo’n mustaf’ilo’n, mustaf’ilo’n) va xakozolar.

    Ogaxiyning “Ta’vizul-oshiqin” devonida qasidalaridan oldin “Ash’ori forsi” sarlavxasi ostida uning tojikcha she’rlari berilgan bo’lib, ular gazal, muxammas, musamman, munojot, ta’rix va masnaviylardan iboratdir. Devondagi tojikcha she’rlarning xammasi 1090 misrani tashkil etadi.

    Shoirning tojikcha she’rlari xam o’z tematikasi, mazmuni va badiiy xususiyatlari bilan o’zbekcha she’rlaridan qolishmaydigan yuksak asarlar bo’lib, ularda o’ta zamon turmush taassuroti paks ettirilgan. Masalan, shoir uzoq vaqtgacha xorlik bilan tama’ choxiga duchor bo’lganini, tama’ bandidan, qutulib, izzatga loyiq bo’lish orzusida ekanligini quyidagicha bayon etadi:

    Xalosi doda az bandi tama’ kun loiqi izzat,

    Ki muddatxo baxori mubtaloi qa’ri in choxam.

    Shoir suv bilan o’tning bir joyda qaror topishi mumkin bo’lmaganidek, “befayz va noaxil” kishilar bilan donolarning xam suxbati qaror topmaydi, deb ularga kinoya qiladi.

    Maro az suxbati befayzi noaxlon xud magar ogox subx,

    Merovad az xeshtan xar dam kashida ax subx.

    (o’z umrining bebaxoligidan tong xabardor bo’ldi, shekilli, xar doim ox chekib, o’zidan ketadi).

    Maxo’r xargiz firyob az fursati xasti daringulshon,

    Ki umri nimro’zi saxt noyob ast shabnomro.

    (Bu gulshandagi fursatdan firib ema, chunki shabnamning yarim kunlik umri xam noyobdir).

    Ogaxiy tojikcha she’rlarida xam tinch va osoyishta xayot xaqidagi orzulari qarshisidagi to’siqlardan gazablanadi. o’ning vafodor, samimiy oshiq va ma’shuq to’grisidagi baytlari shoirning orzularini ochiq ko’rsatadi.

    Chunonchi, shoir “dildor la’lidin” no’sh qilishga muyassar bo’lganda, Xizrning “obi Xayvon”idan voz kechadi:

    Maro, ey Xizri rax nanmo ba so’zi obixayvonat,

    Ki no’shi la’li dildoram bas ast obibaqo imshab.

    Shoir (oshiq) dilbarning “firdavs oso” majlisidan joy olishga muvaffaq bo’lar ekan, “jannat gulshani”ning qasrlari to’grisida sira o’ylamasligi, ulardan voz kechishi turgan gap:

    Namogirom vatan dar qasr xam gulshani jannat,

    Agar joyam dixi dar majlisi firdavs osoyat.

    Biroq bu misralarda ifoda qilingan fikrlar shoirning ideal orzulari edi, xolos. Chunonchi shoirni o’rab olgan feodal muxit voqea-xodisalari uni tugamas qaygu-gamga soladi.

    Ogoxiyning butun umri davomida bir xon o’rniga ikkinchisining kelishi, Xivada bino qilingan turli qurilishlar, madrasalar xaqidagi ta’rix she’rlari devonning “Ash’ori forsi” qismida keltirilgan. Shuni uqtirish kerakki, devondagi 29 ta’rixdan 27 tasi fors-tojik tilida yozilgan bo’lib, ular, “Ta’rixi vafoti Olloqulixon va julusi Raximqulixon” (258), “Tarixi julusi Muxammad Aminxon” (1262), “Ta’rixi julusi Sayid Muxammad” (1268), “Tarixi madrasai Muxammad Amin” (1268), “Ta’rixi munori madrasa” (1271), “Ta’rixi binoi madrasai Raxmonberdibiy”, “Ta’rixi binoi madrasai Muxammad Raximxon” (1271) v.b. kabilardan iborat.

    Chunonchi, Muxammad Amin madrasasi xaqidagi 10 misralik ta’rix she’rida doir madrasa bino qilingan yilni shunday qayd etadi:

    Ogaxi ta’rix ba ta’miri o’,

    Karu raqam madrasam xush bino.

    (Ogaxiy madrasa ta’miri ta’rixida “xushbino” (xijriy 1268 yil deman raqam kildi).

    Muxammad Raxim P (Firuz)ning Xivada bino qilingan madrasaning tarixi xaqida esa quyidagi misralarni bitdi:

    Ta’rix bar binoi xushash guft ogaxi,

    Omada yodgori Muxammad Raximxon.

    (Ogaxiy bu yaxshi binoga tarix aytib, uni Muxammad Raximxon yodgorligi)1283 yil deman) deb atadi).

    She’riyatning ta’rix tarzida yozilgan baytlardan ko’rinishicha, Ogaxiyni ko’proq madrasa qurilishlari qiziqtirgan. Bu xam Ogaxiyning ilm, madaniyat va maorifga ishtiyoqmandligini ko’rsatadi.




    Download 29,79 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish