I.4. Hazaji musaddasi axrabi makfufi mahzuf.
Ul yurt a/ro ul ikki/ yagona,
– – V / V – – V / V – –
Maf’uvlu, mafoiylu, fauvlun
Bir pista-yu mag‘z anga dugona. [2.257 b]
I.5. Hazaji musammani solim.
Bu vazn ham oʻzbek she’riyatida faol qoʻllaniladi. Xorazm shashmaqomlaridan “Rost” maqomining “Faryodi nasri ushshoq” [6.174], “Savti suvora” [6.205], “Buzruk” maqomi “Nasrullo” kuylari [6.409] ritmi shu vazn bilan bir xil.
Kelib Navro‘/zi sultoniy/ tu z etti ad/l mezonin,
V – – – / V – – – / V – – – /V – – –
Mafoiylun, mafoiylun, mafoiylun, mafoiylun
Tunu kun vaznida andin barobarliq huvaydodur. [2.355 a]
Do'stlaringiz bilan baham: |