Ogahiy hayoti va ijodi – yoshlar tarbiyasi uchun namuna



Download 34,98 Kb.
bet4/4
Sana23.01.2022
Hajmi34,98 Kb.
#402734
1   2   3   4
Bog'liq
Огахий

Hassos muarrix.

Qo‘ng‘irotlar sulolasi nasabnomasining solnomalar suhandoni Muhammad Rizo Ogahiy 8 ta xonga bag‘ishlab 6 ta tarixiy asar bitgan. Yu.Bregel haqli ravishda ta’kidlaganidek, Ogahiyda biz voqealar yoki odamlar tavsiflari aralash uslubini kuzatamiz; u nima yoki kim haqida gapirishiga qarab, ta’riflanuvchi ob’ekt tasviri ko‘tarinki yoki oddiy bo‘ladi. Qizig‘i shundaki, 1840 yildan 1846 yilgacha bo‘lgan davrda Ogahiy Qo‘ng‘irotlar sulolasi dastlabki hukmdorlariga oid quyidagi uch tarixiy asarni yozib tugallaydi. Birinchisi, Shermuhammad Munis (1778-1829) tomonidan boshlangan va Ogahiy tarafidan poyoniga yetkazilgan “Firdavs al-iqbol” (Baxtlar bog‘i) asaridir. Bu asar nafaqat yangi sulola Qo‘ng‘irotlar tarixnavisligining tamaltoshiedi. Ushbu asar an’anaviy musulmon tarixnavisligiga binoan, Odam ato tarixidan boshlanib to Qo‘ng‘irotlar sulolasining ikkinchi rasmiy xoni Muhammadrahimxon I (1806-1825)ning hukmronlik yillarini qamrab olgan. Saroy tarixnavislari Munis va Ogahiylar bu asarni yozishda jimjimador, murakkab saj tili bilan birga voqealar rivojiga kelganida  sodda til vositalaridan ham foydalanishgan . Bu asarning ilmiy tanqidiy matni va  ingliz tili tarjimoni Yu. Bregel, asar bilan bevosita ishlash natijasida, uning manbalari xususida to‘xtalib o‘tgan. Yu. Bregelning aniqlashicha, asarda ayrim kichik yurishlar juda batafsil ta’riflanib, undan yirikroq va ahamiyati jihatidan muhimroq janglar qisqa tarzda qayd etilgan. Bunga sabab sifatida Yu. Bregel, mualliflar bunday yurishlarning aniq tasvirini berishda (ayniqsa, asarning Ogahiy tomonidan bitilgan qismida) amaldorlarning yozishmalaridan va arxiv materiallardan foydalangan bo‘lishlari kerak, degan fikrni ilgari surgan. Xiva xonligi tarixnavisligi bo‘yicha mutaxassis N.Toshev ham bu fikrni qo‘llab-quvvatlab, Ogahiy tarixiy asarlarini yozishda xat yozishmalardan ham foydalanganligini qayd qiladi . Aslida, Ogahiyning ilk uchta tarixiy asari, ya’ni “Firdavs al-iqbol” (hammualliflikda), “Riyoz al-davla”, “Zubdat al-tavorix” manbalariga xos bo‘lgan xususiyatlardan biri, bu asarlarning hammasi ikki yil yoki undan kamroq davr ichida yozib tugatilganligi Yu. Bregelning fikrini yana bir karra isbotlaydi: “Firdavs al-iqbol” – 1840-1842, “Riyoz al-davla” – 1842-1844,  “Zubdat al-tavorix” – 1844-1846 yillar oralig‘ida yozib tugatilgan. Keyingi uchta asar: “Jome’ al-voqeati sultoniy” – 1846-1855 yillar, “Gulshani davlat” – 1855-1864 yillar, “Shohid al-iqbol” 1864-1872 yillar voqealarini o‘z ichiga olgan. Ogahiy tomondan bitilgan solnomalarning soatma-soat, kunma-kun mufassal berilishi uning qo‘lida manbalar mavjud bo‘lganidan darak beradi. o‘tmish tarixiy asarlaridagi hikoya qilish uslubini boshqa va davridan uzoq qabul qilinish va talqinlar bilan o‘lchamagan ma’qul. Oddiygina mantiqdan kelib chiqishi kerak bo‘lgan mazkur holat manbashunoslarga yaxshi tanish. Shu bilan birga tadqiqotchilar ko‘pincha manbaga baho berishda uning qanchalik axborot berishidan kelib chiqishadi. Yoki bo‘lmasa manbadan tarixiy jihatdan maksimal ma’lumot berishni istashadi. Bu esa oson emas, aniqrog‘i, murakkab bir jarayon. Vaholanki, asardagi matnning ifoda uslubi yoki janr xususiyatlarining o‘zi ham manba tarixiy bo‘la oladi. Chunki u orqali saroy etikasi va etiketi, yurish-turish, adabiy didlar, qadriyatlar, madaniy o‘lchovlar to‘g‘risida tasavvur olish mumkin bo‘ladi. Ayni o‘lchovlar haqidagi tarixiy axborotni qo‘lga kiritish, o‘tmishdagi muhitni xayolan onga qaytadan tiklash hamda tasavvur qilish esa oson ish emas.

Ogahiyning ona qishlog‘i Qiyotda uning qarindoshi  Tohir Xudoynazarov yashaydi. Uning ta’kidlashicha, Munis uning ona tomonidan amakisi bo‘lgan[25]. “Tazkira-yi shuaro” asari muallif Hasanmurod Laffasiy (1880–1949) Ogahiyni Munisning jiyani (amakizodasi) deb ataydi[26].Nasabnomadadan ko‘rinib turganidek, Munis va Ogahiy ajdodlari o‘zbeklarning yuz urug‘idan bo‘lib, ular nasldan-naslga saroyda mirob lavozmida faoliyat yuritishgan[27]. So‘nggi vaqtlargacha ilmiy doiralarda Xorazmda mirob martabasini egallagan shaxs xonlikdagi irrigatsiya ishlari uchun javobgar bo‘lgan, degan qarash mavjud edi. Biroq N.Toshevning aniqlashicha, Xivaning tarixiy xronologiyalarida mirob atamasi, ko‘pincha, harbiy ish va kampaniyalar munosabati bilan tilga olingan[28].

Ammo biz uchun muhimi – Munis va Ogahiy nomlarining harbiy yurishlarda emas, balki xonlik madaniy hayotidaga oid o‘rinlarda tez-tez  tilga olinishi. Qo‘ng‘irot xonlari ularni qudratli qalam sohibi va mohir tarjimon sifatida  tarixnavislik ishiga jalb etishgan. Ogahiyning yozishicha, unga ijodiy ish bilan mashg‘ul bo‘lish, olimu shoirlar davrasida yurish harbiy ishlarga jalb qilishdan afzalroq va qiziqroq bo‘lgan.

1829 yili Ogahiy 20 yoshga kirganida ustozi, amakisi Munis vabo (xolera) kasali tufayli dunyodan o‘tadi. “Tazkira-yi shuaro” asari muallifi  Hasanmurod Laffasiyning yozishicha, bu Xurosonga navbatdagi yurish vaqtida ro‘y bergan va Olloqulixon (1240–1258/1825–1842) buyrug‘i bilan marhum jasadi Xiva keltirilgan. Laffassiy ta’kidlashicha, Olloqulixon Munisning to‘satdan ro‘y bergan o‘limidan qattiq iztirobga tushgan . aftidan, u Munisni juda qadrlagan[29]. Ananaga ko‘ra saroydagi mansab avloddan avlodga erkaklar liniyasi bo‘yicha o‘tgan. Balki shu tufayli aniy yili Ogahiy miroblik lavozimiga tayinlangan[30]. Ogahiyning dastlabki iste’fosi 1268 yil 19 muharram / 1856 yil 14 noyabrga to‘g‘ri keladi. Yuqorida qayd etib o‘tilganidek, Ogahiy miroblik lavozimidagi vazifasini unchalik istamay bajaradi. Buning ustiga uni bod kassaligi qiynar edi. Kasalligi tufayli u miroblik vazifasi bilan bog‘liq majburiyatlarini bajara olmas hamda xon harbiy yurishlarida u bilan birga bo‘la olmas edi[31]. Shu sabab Muhammad Aminxon Ogahiyni o‘z iltimosiga ko‘ra xizmatdan bo‘shatadi; uning o‘rniga Ogahiyning yaqin qarindoshi (amakizodasi) Muhammad Karimbek tayinlanadi[32]. Oradan to‘rt yil o‘tgach, Muhammad Karimbek  Abdullohxon (1271/1855) bilan birga isyonchi yomutlarga qarshi jangda vafot etadi. Uning o‘rniga kelgan taxt vorisi Qutluk Murodxon (1271–1272/1855–1856)  Ogahiyni kasal bo‘lishiga qaramay, yana mirob etib tayinlaydi[33].



Ogahiy hayoti va ijodi bilan shug‘ullangan barcha olimlar uning miroblik  lavozimidan ketganidan keyin bu joyga yana qaytib o‘tirmagan, deb hisoblab kelganlar. Biroq  N.Toshev Ogahiy umri oxirigacha miroblik vazifasida qolgan deb, asos sifatida beshta dalil keltirgan[34].  Ularga yuqorida tilga olganimiz A.Vamberi so‘zlarini ham qo‘shsa bo‘ladi. U 1863 yili  Xiva xonligiga tashrif buyuradi va Ogahiyni mirob deb atab tilga oladi[35]. A.L. Kun arxividan ham muhim fakt topish mumkin. Kunning yozishicha, u Xivaga kelgan vaktida xon tarixchilaridan biri miroblik vazifasini egallab turgan ekan[36]. Tabiiyki, bu mirob Ogahiy bo‘lishi mumkin edi. Shu bilan birga Ogahiy devoni debochasida saroydagi o‘z darajasini sadrnishin, deb ataydi[37]. Bu atamani “saroy shoirlari peshvosi” deb talqin qilish mumkin[38]. Ogahiyning saroydagi lavozimlariga bir xil munosabatda bo‘lmagan. Harbiy sohadaga ko‘ngli yo‘qligi natijasida ijodiy ishlari sohasidagi xizmatlarini barcha narsalardan ustun qo‘ygan. Saroydagi lavozimi maosh olish uchun vosita bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Kamida Muhammad Aminxon davridan to umri so‘ngigacha u tarjimachilik va badiiy ijod bilan shug‘ullangan va ayni paytda miroblik lavozimini egallab, maoshin ham olib turgan[39]. Ogahiy she’rlari u hayotligi vaqtidayoq mashhur bo‘lgan. Muhammad Rahimxon II uni she’riyatdagi ustozi, deb bilgan. Shoirlardan Muhammad Ya’qubxo‘ja ibn Hoji Ibrohim Xolis (1287/1870 y. vafot etgan) va Pahlavon Niyoz mirzaboshi ibn Domulla Abdulloh axund Komil Xorazmiy (1316/1898 y. vafot etgan) kabilar Ogahiy shogirdlari hisoblanishadi.
Download 34,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish