O'ff 403-guruh talabasi Safartosheva Shalola 3-topshiriq


Topshiriq: quyidagi parchani tahlil qiling va munosabat bildiring!



Download 29,91 Kb.
bet3/4
Sana03.02.2022
Hajmi29,91 Kb.
#427074
1   2   3   4
Bog'liq
3-topshiriq b85cbcfe3adde89afdfacb8008c51143

Topshiriq: quyidagi parchani tahlil qiling va munosabat bildiring!
Atrofimizda turlicha tabiat egalari bor. Kimdir ochiq-ko‘ngil – kinder g‘azobnok, kimdir ‎shafqatli – kimdir mehrsiz, kimdir samimiy – kimdir xushomadni yaxshi ko‘radi. Ammo ‎shunday tabiatli insonlar toifasi borki, ular nafaat og’zaki gurunglarning, balki butun boshli ‎asarlarning qahramonlariga aylanganlar. Shunday qahramonlardan biri, shubhasiz, Sadriddin ‎Ayniyning xasislikda, sudxo’rlikda dong’i ketgan Qori Ishkambasidir.‎
Boylik, mol-dunyo nafaqat ko’zini, balki butun ong-u shuurini egallab olgan Ishkamba obrazi, ‎uning qarashlari, atrofdagi odamlar va yashayotgan muhitiga munosabati kitobxonning kulgidan ‎ko’ra, g’azabini, ko’pchilik xollarda esa chin dildan rahm-shafqat tuyg’usini uyg’otadi.‎
‎Jadidlik harakatining taniqli vakillaridan bo’lmish Sadridddin Ayniy qalamiga mansub “Sudxo’rning o’limi”(1939) qissasi XX asr boshlarida Buxoro amirligi hayoti to’g’risida hikoya qiladi.
Asar qahramonlar misolida podsho Rossiyasi davridagi Buxoro hayotini, aholining turmush-tarzini ochib bergan. Voqealar markazida esa oddiy mehnatkashlarning baxtsizligidan foydalanib, pul topadigan Qori Ishkamba ismli sudxo’rning “faoliyat”i turadi.
Mutolaa jarayonida o’quvchilarning xalqning soddaligi, huquqlarini bilmasligi, bilgan taqdirda ham hech narsaga erisha olmasliklarini ko’rib, jahllari chiqqaniga shubha qilmayman. Ayniqsa, foizlarni hisoblashdagi qallobliklar, boylar uchun arzimas bo’lgan pul ustidagi pastkashlik hech kimni bee’tibor qoldirmagandir. Iqtisodchi bo’lganim uchunmi, Ayniyning hisob-kitob jarayonlarini yoritib berishi, ayniqsa ma’qul bo’ldi. Yakunda esa, barcha yaxshi asarlarda bo’lgani kabi, salbiy qahramon nimani eng aziz deb bilgan bo’lsa, o’shandan ayrildi(ochig’i, tez o’lib qilgani adolatdan bo’lmadi, yana ozroq qiynalishi kerak edi).
Asar qahromoni sizda xoh salbiy bo’lsin, xoh ijobiy, kuchli taassurot qoldirdimi, demak, yozuvchi o’z ishini uddalagan deb hisoblash mumkin. Lekin, asarning qiymatini pasaytiradigan bitta fakt bor. U 1939-yilda yozilgan. Ya’ni, asar yozilgan paytda unda ko’tarilgan muammolar aktual emasdi. Aytganlaridek, asarning qiymatini ikki narsa belgilaydi: kitobxon va vaqt. Menimcha, “Sudxo’rning o’limi” qissasini vaqt sinovidan o’ta olgan deyish mushkul. Obyektiv nuqtai-nazardan olib qaralganda, qissa – sovet propagandasi na’munalaridan biri. Ammo, yozuvchini ayblamoqchi emasman, podshohga qasida yoqsa, shoirda ne ayb.
Bir odamning ko’nglidagi shubxa, ishonmovchilikning bu darajasi albatta jinnilikka o’xshagan bir kasallikdir…”
©Sadriddin Ayniy

O’zbek va tojik tillarida barakali ijod qilgan Sadriddin Ayniy kitobxonga o’zining “Odina” , “Qullar”, “Duxunda”, “Xotiralar” kabi asarlari bilan tanish. Yaqinda mutolaa qilganim “Sudxo’rning o’limi” qissasi hajman kichik bo’lsa-da ancha dolzarb muammolarni o’zida aks ettirgan.


Asar buxorolik sudxo’r Qori Ishkamba (Ismatilla) ning fojiali tarzda o’limiga qadar uning hayotida sodir bo’lgan voqealarga asoslangan. Ishkamba o’ta ziqna odam bo’lib, yashashning birdan-bir ma’nosi mol-dunyo to’plashda deb o’ylaydi. Ziqnaligi shu darajaga borib yetadiki, u o’zi to’plagan pullarni nafaqat boshqalarga, balki o’ziga ham ravo ko’rmaydi, doim pullaridan ayrilib qolish qo’rquvi ostida kun kechiradi. Yordamga muhtoj mehnatkash dehqonlarning ahvolidan foydalanib ustiga foydasini (foydasining foydasini ham ya’ni Ishkambaning tili bilan aytganda nevarasi) qo’shib to’lash sharti bilan pul qarz beradi. Ko’pchilik holatlarda oddiy zahmatkash sodda dehqon qarzini to’lay olmay yeridan ayriladi. Ba’zida esa Ishkamba odamlardan aldov yo’li bilan pul undiradi. Ammo bularning hech biri javobsiz qolmaydi. Qilgan zulmlari evaziga uni ham mirza Abdullaga o’xshagan odamlar aldashadi, eng yomoni u ishongan bankni tunab ketishadi va bu xabarga dosh berolmagan Ishkamba o’lim topadi.
Qori Ishkamba “Qori” nomini olgan bo’lsa-da qalbida Allohga bo’lgan ishqidan ko’ra pulga bo’lgan ishqi ustunlik qilardi. Hatto bir necha oylab qo’liga olmagan Qur’on kitobini pulidan ayrilib qolmaslik uchun duo qilish maqsadida tilovat qiladi. Uning yana bir fojiasi shu ediki, u hech kimga ishonmasdi, hammadan shubxalanaverardi. Shubxa tufayli har bir kuni qo’rquv ostida o’tardi. Dunyoda bundanda ortiqroq baxtsizlik bo’lmasa kerak nazarimda.
Asarda satira ham o’zgacha o’rin tutadi. Muallif o’xshatishlar, qochirimlardan shu darajada mahorat bilan foydalanganki, ularni o’qigan kitobxonning yuziga beixtiyor tabassum yuguradi. Ana shu satira ham o’sha davrdagi xalqning, ya’ni zolim hokim-u din peshvolari yetmagandek bosqinchi ruslar zulmidan ezilayotgan oddiy mehnatkashlarning ahvolini ochib berishga xizmat qilgan. Qissada Ishkambadan tashqari boshqa obrazlar ham mavjud bo’lib, ularning taqdiri kitobxonni befarq qoldirmaydi. O’ta ayyor va vijdonsiz sodxo’rlardan biri Arbob Ro’zining o’limidan ibrat olgan o’quvchi o’z haq-huquqlarini talab qilgan, zulmga qarshi bosh ko’targanida ayovsiz kaltaklangan, qamab qo’yilgan To’xtamurod,Muhsin, Shodmon kabi insonlarga achinadi.
Asar mutolaasidan so’ng har bir kishi o’ziga to’g’ri xulosa chiqarib, yashashning asl maqsadi mol-dunyo emasligi hamda har bir yomonlik yaratganning adolat tarozisida o’lchanib, zolimlarga jazo muqarrarligini anglab yetadi.
Birodarlar, ot bilmaydigan nima yo‘q!
Ot qor-yomg‘irni, dovulni oldindan biladi.
Ayniqsa, to‘y-marakani darrov biladi. Boisi, to‘yda ko‘pkari bo‘ladi-da!
Bizni Tarlon kechasi bilan pishqirdi.
Alag‘da bo‘ldim, choponimni yelkamga tashladim, tashqariladim.
Oy yorug‘, osmon ochiq bo‘ldi.
Tarlon qoziqni aylanib chopdi.
Tarlonni ushladim, yollarini siladim.
Bir yerda to‘y bor-ov, dedim.
Aytganim bo‘di.
Ertasi kuni shundaygina yonimizdagi Obshir qishlog‘idan to‘yxat keldi.
Omborxonada otning abzallarini – terlik, bellik, chirgi, boz, jahannik, jul, pushton, quyushqon, yugan, ko‘pchik, uzangili egarni qo‘ltiqlab keldim.
Tarlonni qashilab-qashilab egarladim. Og‘ziga suvliqni solib, yuganladim. Peshonasiga do‘lana shoxidan bo‘lgan ko‘ztumor ildim.
Egar qoshidan oldim. Uzangiga oyoq soldim.
(Tog‘ay Murod “Ot kishnagan oqshom” qissasidan)

Download 29,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish