Topshiriq: quyidagi parchani tahlil qiling va munosabat bildiring!
Chinnifurush nondan bir bueda olib yeb, qo‘lidagi piyolani bo‘shatguncha, Qori-Ishkamba sindirilgan nonlarni olib yeb tugatayozgan va yelpig‘ich ustidagi sindirilgan non kamaygan sari, Qori-Ishkambaning ishtahasi orta borardi. Oxiri shu darajaga yetdiki, chaynalmagan non bilan to‘lgan lunjini qimirlata olmaydigan, tomog‘idan non o‘tmaydigan va og‘zi gapirishga imkon topolmaydigan bo‘ldi. Qo‘li bilan chinnifurushga choynakni ko‘rsatib, ishorat bilan bir payola choy quyib berishini so‘radi. Chinnifurush iljaygani holda piyolaga choy quyib, unga uzatdi. Qori-Ishkamba bir qo‘lini yelpig‘ich ustida qolgan eng oxirgi bir burda non ustiga qo‘ygani holda ikkinchi qo‘li bilan piyolani olib, bir ho‘plam choy ichdi. Shu bilan og‘zidagi nonlar yumshab, lunji bir oz bo‘shagan bo‘lsa kerakki, eng ohirgi non burdasini ham og‘ziga tiqdi va piyoladago choyni xo‘rillatib ichgandan keyin, og‘zidagi nonni chaynay-chaynay o‘rnidan turib ketdi. Men ham uning orqasiga tushdim…
(Sadriddin Ayniy “Sudxo‘rning o‘limi” qissasidan)
Do'stlaringiz bilan baham: |