O‘FF 303-guruh
Abduhamidov Behzod
3-topshiriq
1. "Turk adabiyoti» kursi bo‘yicha adabiyotlar ro‘yxatini tuzish.
Alimbekov.A. Turk adabiyoti tarixi xrestomatiyasi. Toshkent. 1990.
Alimbekov.A. Ishq asiri bo'lgan jon. Toshkent. Ma'naviyat-1996.
Alimbekov. A. Turk adabiyoti tarixi. Maruzalar matni. Toshkent. UZMU- 2000.
Alkayeva .L. Babayev.A.Tureskaya literatura. Moskva.
Barolina.I. Xrestomatiya po tureskomu folkloru. MGU- 1987
Shabanov.J . Turk adabiyotidan namunalar. Toshkent.
Garbuzova.V. Turk adabiyoti klassiklari. Toshkent.
Garbuzova. V. Poemi sredni vekoy Tursii. Leningrad.
Turkiya disindoki turk edebiyati antolojisi, Ankara, 1998.
Ismoil Porlatir, Yangi turk adabiyoti, «Jahon adabiyoti» jumali, 1998, 3-son.
Pamyatniki drevno-tyurkskogo pismennosti, Moskva-Leningrad, 1951.
Radiy Fish. Jaloliddin Rumiy. Tarixiy-biografik roman. Т., 1986.
Alkayeva Babayev A. Tureskaya literatura. Kratkiy ocherk. -Moskva, 1967g.
Turk dili. Dil va edebiyot dergisi 1. Sayi (Nisan 1996).
Hozirgi zamonturk she’riyati. Toshkent 1980.
Turk xalqining buyuk farzandi Otaturk. Tarixiy- biografik ocherk Toshket, 1998.
2.Turk adabiyotining o‘zbek tiliga tarjima qilingan nasriy asarlari ro‘yxatini tuzish.
Jaloliddin Rumiy. Ma’naviy-masnaviy. Toshkent, 2002.
Nozim Hikmat. Qon gapirmas. Roman. Toshkent. 1987.
R.N.Guntekin. Choliqushi. Roman. Toshkent 2001.
R.N.Guntekin. Tamg'a. Toshkent 1977.
R.N.Guntekin. Yashil kecha. Toshkent 1977.
Said Foiq. Mahalla qahvahonasi. Toshkent 1980.
Turk hikoyalari .Toshkent.1979
Muhammad O'rduboqiy. Qilich va qalam. Toshkent 1979.
Turk ertak va afsonalari. Toshkent. 1976.
Umar Sayfiddin. Hikoyalar. Toshkent 1972.
Aziz Nesin. G’aroyib bolalar. Roman va hikoyalar. Toshkent, 1988 yil.
Aziz Nesin. Keyin xursand bo'lasiz. Toshkent 1976.
Aziz Nesin. Futbol qiroli .Toshkent 1978.
Aziz Nesin. Nasriddinning ikki hayoti. Jahon adabiyoti. 1998.
Aziz Nesin. Hikoyalar. Jahon adabiyoti. 2007.
Aziz Nesin.Xushtak afandim. Toshkent. 2015.
Radiy Fish. Jaloliddin Rumiy. Tarixiy-biografik roman. Toshkent, 1986.
Mahmed Emin Yurdaqul. Ey, turk o’yg’on. «Jahon adabiyoti».
Jaloliddin Rumiy. Ma’naviy-masnaviy. Toshkent, 2002.
Bahodur o'g'lu Yavuz. Alvido Xorazm. Roman. Jahon adabiyoti 2005.
Bahodur o'g'lu Yavuz. Malazgridda juma tongi . Roman. Jahon adabiyoti 2001.
Bahodur o'g'lu Yavuz. Xorazm o't ichida . Roman. Jahon adabiyoti 2003.
Boyqurt. F. Hikoyalar. Jahon adabiyoti. 2008.
O'rxon Kamol. Ustasi farang. Toshkent 1979.
O'rxon Kamol. El qizi. Toshkent 1979.
Faqir Boyqurt. Ilonlar o'chi. Toshkent 1975.
Faqir Boyqurt. Irozjanning qismati. Toshkent. 1981.
Pamuk O'rxon. Deraza orti manzaralari. Hikoya. Jahon adabiyoti. 2008.
Ismoil Bo'zqurt. Sabr. Hikoya. Jahon adabiyoti. 2014.
3.Turk shoirlarining o‘zbek tiliga o‘girilgan she’rlarini asliyatiga qiyoslab, referat ishi yozish.
Turk shoiri Yunus Emro she'rlari butun dunyoda mashhur va juda ko'plab tillarga tarjima qilingan.
Tarjimada eng asosiy diqqat ma'no va shaklning saqlanishiga qaratiladi. Nazmda qilinadigan tarjima nisbatan murakkab hisoblanib, tarjimondan shoirlik mahoratini ham talab etadi. Turk she'rlarining o'zbek tiliga qilingan tarjimalari aksar hollarda muvaffaqiyatli chiqadi. Chunki turk tili so'zlari va gap qurilishi o'zbek tili bilan o'xshashdir. Yuqoridagi "Kel, ko'r, mani ishq nayladi" she'rini muallifdan bexabar holda o'qigan kishi uning tarjima she'r ekanligini sezmaydi ham. Agar she'rning turkcha va o'zbekcha matnlarini solishtiradigan bo'lsak, tarjima qilinishi kerak bo'lgan asosiy jihat qo'shimchalar tizimi ekanligini ko'ramiz. So'zlarning katta qismi fonetik jihatdangina farqlanadi xolos. Bu Yunus Emro yashagan XIII asr turk adabiy tilining bugungi o'zbek adabiy tiliga qanchalik yaqin ekanligidan dalolatdir. Tarjimon she'rdagi ba'zi so'zlarnigina bugun iste'molda bo'lgan ma'nodoshlari bilan almashtiradi. Bu ham qofiya va vazn talabi bilan. Masalan, çağlarim -- oqarman, dağlarim -- yoqarman, seyh -- do'st. Ba'zi so'zlarni o'zbek o'quvchisiga tushunarli so'zlar bilan berish uchun umumiy ma'nodagi so'z bilan almashtiradi: ciger -- yurak. Bu so'zlarni umumiy ma'noda qo'llash tilimizda mavjud hodisa: jigar-bag'rim qon bo'ldi -- yurak-bag'rim qon bo'ldi. Dost elinde avareyim -- Do'st ko'yida ovoraman. Bu o'rinda qo'lida so'zining ko'yida tarzida tarjima qilinishi ma'no talabidan kelib chiqqan. Agar bu so'zni o'ziday tarjima qilinganda o'zbek tilida teskari ma'noni bergan bo'lar edi. Do'st qo'lida ovora bo'lish -- bu do'stdan norozilikni anglatadi. Do'sti uchun, do'st ko'yida ovoralik esa she'rning umumiy mazmuniga uyg'unlashib ketadi.
(She'r matni ziyouz.com saytidan olindi)
Bugün ve Bugün
Öyle çabuk geçiyor ki günler
Hele sen de bir bak hayatına.
Daha dün doğmuşuz sanki
Yeni okula başlamışız
Yeni sevmişiz
Öyle çabuk geçiyor ki günler
Hele sen de bir bak hayatına
Yarın bitecek sanki her şey
Yarın ölecek gibiyiz.
Daha doymamışız yaşamasına
Günlerimiz dün bir, bugün iki
Sakın bir şey bırakma yarına
Yarın yok ki.
Özdemir Asaf
Zamonaviy turk she'riyatiga mansub ushbu she'r yosh o'zbek shoiri tomonidan tarjima qilingan bo'lib, bu holat bugun ham tarjima sohasining va o'zbek o'quvchilari orasida turk she'riyatiga qiziqishning rivojlanishda ekanligidan dalolat beradi. Bu she'r so'zlari faqat fonetik va morfologik jihatdangina farqlanmay, endi tafovut va tarjima ehtiyoji yuqori: o'yle -- shunday, çabuk -- tez, ...
(She'r matni "She'riy lahzalar" telegram sahifasidan olindi)
4.Nozim Hikmat she’rlarining o‘zbek shoirlari ijodiga shakl va uslub borasidagi ta’siri haqida referat ishi yozish.
Nozim Hikmat turk she’riyatining uzoq asrlardan buyon davom etib kelayotgan an’anasini buzib, o’ziga xos yangi yo’ldan bordi. Shoir turk poeziyasida birinchi bo’lib erkin vaznda ijod qila boshladi. Nozim Hikmat shu sohadagi faoliyati bilan turk she’riyatida yangi yo’nalishga asos soldi. Masalan, " 65 she'r" kitobidan o'rin olgan "Ovozimiz" she'ridagi "Devorga qarab tolib qolma!", "Iyagingni kafting ichiga olma!" va "Qalq!" kabi chorlovlar insonga o'zgacha bir kuch bag'ishlaydi:
Iyagingni kafting ichiga olib
Devorga qarab tolib qolma!
Iyagingni kafting ichiga olma!
Qalq!
Derazaga kel!
Boq!
Ushbu she'rdan ko'rish mumkinki, shoir o'zining ushbu she'rida beixtiyor "Yashash kerak" falsafasini ilgari surgan holda kitobxonga ta'sir etadi.
Ushbu to'plamdagi menga eng yoqqan va ta'sir qilgan kichik bir to'rtlik:
Gulim ikki ko’zim qorasi ,
Men o’lmakdan ,hayiqmayman bil .
Ammo, o’lim shanimga sig’mas ,
Hozir o’lsam ,vijdonim xijil...
Bu she'rda shoirning vijdoni nimadandir xijilligi tasvirlanib, beixtiyor ma'shuqaga murojaat qilinadi. Bu yerda u ma'shuqasini "ko'zim ikki qorasi" deb ta'riflaydi. U o'limdan hayiqmasligini ammo bu uning sha'niga to'g'ri kelmasligini ham ajoyib tarzda tushuntirib beradi.
Nozim Hikmat novator shoir sifatida adabiyot tarixida qoldi. Uning an’analari faqat turk adabiyotiga emas, balki butun turkiy tildagi xalqlar adabiyotiga ham samarali ta’sir qildi. O’zbekistonda Nozim Hikmat ijodiga qiziqish 1928 yildayoq boshlangan. G’afur G’ulom, Shayxzoda, Mirtemir va boshqalar Nozim Hikmatning ko’plab asarlarini o’zbek tiliga tarjima qilgan.
Shu jumladan, ko’plab o’zbek shoirlari ham N. Hikmatni o’z ustozi deb biladilar. Tilak Jo’ra "Nozim Hikmat so'zi", Habibullo Said G’ani "Nozim Hikmat Bursa qamoqxonasida", Xurshid Davron "Nozim Hikmat", "Nozimning moviy ko'zlari" kabi she'r va bag'ishlovlar yozishgan. Shoirning «Inson manzaralari» nomli she’riy to’plami talantli shoir Rauf Parfi tomonidan o’zbek tiliga tarjima qilingan.
Nozim Hikmatni o'ziga ustoz deb bilgan Rauf Parpi ijodida ustoz shoir chizgilari sezilib turadi. Rauf Parfi she'rlari zamonaviy o'zbek poeziyasida tamomila o'ziga xos hodisadir. Uning ijodida biror voqeani tasvirlashga bag'ishlangan voqeaband she'rlar yo'q hisobi. U inson ruhining kuychisi. Qadim o'tmish ham, bugungi muhim hodisalar ham shoir tuyg'ulariga qattiq ta'sir etadi va muayyan kayfiyat uyg'otadi. Bu jihatidan u aynan Nozim Hikmat she'riyatiga naqadar yaqin ekanligini bilamiz. Rauf Parfi o'z she'rlarida his-tuyg'u va kechinmalar manzarasini rassom kabi aniq chizadi. Uning she'rlari o'quvchini o'yga toldiradi. Tasavvur dunyosi keng bo'lmagan, o'zining kechinmalarini kuzatib o'rganmagan odam bu asarlarni birdaniga tushuna olmaydi. Rauf Parfi - obrazli fikrlashga moyil shoir. U jo'nlikdan, hammaga ma'lum gaplarni aytishdan qochadi. Har qanday voqea-hodisaning hech kim payqamagan jihatini ko'ra biladi va shu tufayli paydo bo'lgan holatning haqqoniy manzarasini yorqin chizadi. Shuning uchun ham «tong otdi» degan oddiy xabardan juda go'zal poetik obraz yarata oladi:
Tong otmoqda. Tong o'qlar otar,
Tong otmoqda, quyosh - zambarak.
Yaralangan Yer shari yotar,
Boshlarida yashil chambarak.
Tonggi quyoshdan taralayotgan olov nurlari tong otayotgan o'qqa o'sha nurlarni taratayotgan quyoshning o'zi esa zambarakka o'xshatilayotir. Nurga cho'milgan Yer kurrasi o'sha o'qlardan yaralangan. Hayotbaxsh bu o'qlar tufayli Yerning boshida yashil chambarak, ya'ni hayot. Tabiatning qanchalik shoirona tasviri! Ayni vaqtda o'xshatishlar naqadar aniq! Rauf Parfining she'rlari bir qarashda juda g'amginday tuyuladi. Aslida haqiqiy she'riyatda hamisha insonning dardi kuylanadi. Dard esa g’amginlikni talab qiladi. G'am insonni poklaydi. Uning yuragini illatlardan, qabohatlardan tozalaydi. Alisher Navoiyning barcha asarlarida shuning uchun ham g'am yetakchilik qiladi. Rauf Parfi nimani qalamga olmasin inson ruhiyatini tasvirlashni asosiy maqsad qilib qo'yadi. «Ona Turkiston» she'rida ozod Vatan yo'lida boshini tikkan milliy qahramonimiz, tengsiz iste'dod egasi bo'lgan yozuvchi Abdulla Qodiriy obrazi ham, «Cho'lpon» she'rida esa ona tilining, ona xalqining erki uchun o'limga tik qaray olgan mislsiz iste'dod va jasorat egasi Cho'lpon ham his-tuyg'ulari og'ushida ko'rsatiladi. Shoir ularning ishlarini sanab o'tirmaydi. Balki bu ulug' odamlarning sof tuyg'ularini, kechinmalarini tasvirlaydi:
Shu qadar yuragi tormidir - dunyo,
Nahot farzandiga - o'ziga g'anim.
O'zi yuragimga jo bo'ldi, ammo
Nechun sig'dirmadi, nechun, Vatanim?!
Rauf Parfi tilning nozikliklarini chuqur his qiladi. Shuning uchun ham faqat so'zlarning emas, balki tovushlarning ham uyg'unligini ta'minlashga intiladi. Shu bois uning she'rlari o'quvchining esida qoladigan obrazlar bilan to'lib-toshgan bo'ladi: «Yomg'ir yog'ar, shig'alab yog'ar. Tomchilar tomchilar boshimga» yoki «Poyezd chopar, poyezd chopar, Poyezd chopar Sibirdan. Abdullajon jonsiz yotar, Qarorgohi temirdan». Rauf Parfi she'rlari o'zbek adabiyotidagi eng ilg'or usullarining badiiy ifodasidir.
Vazn va qofiyaga bo'ysunmaydigan tuyg'ularni madh etgan Nozim Hikmat she'rlarining Rauf Parfi ijodiga shakl va uslub borasidagi ta'sirini quyidagi ikki she'r misolida yanada yaqqolroq ko'rish mumkin:
Nozim Hikmat she'ri. Rauf Parfi tarjimasi
Sen mening sarxushligimsan,
Na uyg’ondim,
na uyg’ona olurman,
na uyg’onishni xohlayman.
Boshim og’ir,
tizlarim pachaqlangan,
egni-boshim loy ichida.
Yonib o’chayotgan shu’langga qarab,
yiqilib-turib borurman.
5.Aziz Nesin hajviy hikoyalarini o‘zbek yozuvchilari hajviy hikoyalariga qiyoslab, referat ishi yozish.
Aziz Nesin XX asr taraqqiyparvar turk adabiyotining peshqadam vakillaridan biridir. U 1915 yil 20 dekabrda Istambul yaqinida yer-suvsiz dehqon oidasida tug‘ildi. Uning asl ismi - Mahmud Nusrat bo‘lib, oddiy mehnatkash odamlar orasida o‘sdi. San’atga qiziqdi, 10 yoshligidanoq yozuvchi bo‘lishni orzu qilgan. Moddiy muhtojlik tufayli u ofitser (zobit) bo‘lib yetishadi.Aziz Nesin O’zbekistonda ham bo‘lgan (1965 y). «Bolalik chog‘larimdan beri Toshkent va Samarqand men uchun ajoyib ertaklar, tengsiz, ro‘yolar o‘lkasi edi, - deb yozgandi u 1968 yilda. Adib badiiy ijodni she’rlar yozishdan boshlagan (1939-1943 y), 1943 yilda «Millat» jurnalida uning hikoyalari e’lon qilinadi. Ularga muallif avvalgi Vedia Nesiya taxallusi o‘rniga Aziz Nesin degan imzo qo‘yadi, 1944 yilda Aziz Nesin armiya safidan bo‘shab, jurnalistika sohasida ishlaydi. U tabiatan bolajon odam, bolalar hayotidan ularga atab ko‘plab asarlar yozgan. Aziz Nesinga ijodda eng katta shuhrat keltirgan soha - hajviy hikoyachilik bo‘ldi. «Mening hajvdan maqsadim - o‘zim yashayotgan jamiyat va davrni aniq ko‘rsatib berishdan, inson bolasining beo‘xshov va hissiz rasmiy xujjatlarga kirolmaydigan yurak tepishini bayon etishdam iborat» - deb yozgan edi adib. Taniqli turk adibi Yashar Kamol Aziz Nesinning 60 yoshga to‘lishiga bag‘ishlangan tantanada so‘zlagan nutqida uni «zamonimizning buyuk hajvchisi» deb atagan edi. Taniqli rus hajvchisi L. Lench esa: «Siz boshdan to tirnog‘ingizning uchiga qadar turksiz, xuddi shu milliy xalqchil o‘ziga xoslik sizning yorqin iste’dodimizning eng kuchli jihatidir», - degan edi Aziz Nesinga.Asarlari: «Futbol qiroli» «Tomdagi jinni», «Farzand», «Musht ketdi» «Pulimga yarasha yer bering», «Altfbening birinchi harfi», «Xaloskor it», «Ot tarbiyasi», «Ayiqning tashakkuri», «Xotin kishi bo‘lganimda-yu...», «Orkestr odam», «G’aroyib bolalar» romani, «Demokratiya shunqori» (Unda bir savdogar yigitning ota meros kasbini qo‘yib adabiyot, jurnalistika sohasiga kirgani-yu, qanday qilibbu sohada dong qozonishi va mag‘lubiyatga uchrashi hikoya qilinadi. Asarda gazeta tahririyatining «noyob xabarlar» yuborib turishni maslahat berib «...Yetmish yashar chol to‘satdat xotin kishiga aylanib, besh bola tug‘ibdi, deganga o‘xshash noyob, tesha tegmagan hodisalarga juda muhtojmiz...» degan «tavsiyalari»dan keyin yolg‘on-yashiq xabarlar yozib shuhrat qozongan, bir bor haq gapni yozganida esa ta’qibga uchrab, qamalgan havaskor qalamkash hangomalari tasvirlangan), «Dahshatli tush» (Unda yakka shaxsning munofiqligi, jur’atsizligi ustida so‘z boradi, uning «dahshatli tush ko‘rishidan» maqsad hikoya yozish istagi edi), «Ming marta shukur» (Unda olomonga xos ojizlik, munofiqlik kulgu ostiga olinadi. Hikoya qahramoni Charm kamzullining kasbi shofyor edi. «Hozir hammasi meni so‘kishyapti. «Ming marta shukur» deb turganlaridayoq buni sezgan edim. Bularni qayoqqa sudrasang, o‘sha yoqqa ketaverishadi. Faqat sudrashni bilsang bo‘ldi», - deydi Charm kamzulli) va boshq. Taninqli turk yozuvchisi O'rxon Pamuk o'z esdaliklarida shunday eslaydi: Aziz Nesinning bu foniy dunyoni tark etganini baqqollikdagi sarg‘aygan gazetalarni ko‘zdan kechirayotgan vaqtim o‘qib qoldim. Axir ikki soat oldin kunlik nashrlarni o‘qigandim, ammo ularning ichida bu mash’um xabar yo‘q edi… Do‘kondan oladigan narsamni olib, yelim xaltalarimni ko‘targancha uyga ketdim va kelgach xonamga yo‘naldim. Yelim xaltalarimni divanga emas, shkafga qo‘yishim, cho‘ntaklarimni bo‘shatishim,qo‘l soatimni yechishim va faksga ko‘z tashlashim kerak edi, ammo… turgan joyimda qotib qoldim.ko‘zlarimdan duvillab yosh to‘kila boshladi. Ko‘p yig‘laydigan odam emasman aslida. Ho‘ngrayotganimdan taajjublanarak bu asab buzilishidan yo charchoqdan deya o‘ylayotgandim, ammo ongim ichra tamoman boshqacha jarayonlar sodir bo‘layotgan edi. Faks mashinasidan chiqqan qog‘ozdagi yozuvlar tezda nimadir yozishim kerakligini eslatib qo‘ygan, biroq men… yozolmasdim. O‘rindiqqa cho‘kdim.Uydagilar uning kitobini ko‘p o‘qir va endi ularning safiga men ham qo‘shilgandim. Turkiyaning aslida qanday mamlakat ekanligini, uning odamlari va jamiyatdagi shaxs darajasi qay holatda ekanini bolaligimda aynan uning asarlari orqali bilib olganman. O‘sha paytlar barchamizning hayotimizda katta va chuqur jarohatga o‘xshash qandaydir mavhum yetishmovchilik bor edi.Buni kimlardir ruhiyat tomonga burar, biz bolalar esa aynan mana shu yetishmovchilikni-da o‘yin kabi o‘ynashni, aynan u bilan o‘zimizni ovuntirishni o‘rganib olgandik. Jamiyat tomonidan itqitilganligimizni, yo‘qsilligimizni va tobora bir-birimzga alamzada boquvchi g‘addor maxluqlarga aylanayotganimizni, botinimizni zab etayotgan vahshoniyatning naqadar dahshatli ekanini ich-ichimizdan sezib turardik. Hayotimizning har bir detali, kunimizning har bir soatida o‘zini bizga eslatib turuvchi mazkur faqirlik va g‘azab avval “Bizni oldin ham odam deb hisoblashmagan” dedirar keyin esa mahallamizga mehmon bo‘lib kelgan Amerikalik sayyohlarning derazasi ostida biz yoshlarga “Istiqlol marshi” ni baralla aytishga majbur qilar edi.Aziz Nesinning bitiklarida mana shu badbinlik va jaholatning naqadar tubanligini, undan qutulish umidi va o‘sha umidning aslida qanday ekanini, uning bizda qoldirgan asoratlarini o‘zgacha zavq bilan ifoda etardi.Bolalikda uning hikoyalarini o‘qigan paytimda Istanbul, umuman butun Turkiyaning kundalik hayot koloriti, avtobus eshigining qanday ochilishi-yu jamoat hojatxonasining naqadar tirband bo‘lishigacha, ko‘cha gaplaridan tikuv mashinasining tovushigacha, qozondan dazmolga qadar bo‘lgan uyning mayda-chuyda buyumlarigacha, biz tezda qo‘limizdan boy bergan ona tilimizdan nuktadonlarning nutqigacha,qaynonalar, masxarabozlar, bolalar, mushuklar, shaharni shahar qilib turuvchi mana shu oilalardan do‘konlar va davlat idoralarigacha eng arzimas nuqtalarini-da qoldirmay haqiqat tuyg‘usi ila jonlantirardi.So‘ngi yillarda qayta-qayta o‘qiyotganim bu hikoyalar, u yer- bu yerdan varoqlab, ancha vaqt o‘tsa-da eslab kulib qo‘yganim, qo‘limga olgach nelarnidir qo‘msashga majbur qilayotgan mazkur kitoblarning Aziz Nesinniki ekani mening ushbu adibga hurmatim o‘ta baland ekanligini o‘zim uchun isbotlayotir. Aslida ham uning yutug‘i maydkashligida edimi, deyman. Negaki jahon adabiyotida ham o‘zi yashagan shaharni bu qadar mufassal, bor bo‘yi-basti bila mukammal tasvirlay olgan yozuvchilar kam topiladi. Xususan “Demokratik partiya”ning hokimiyat tepasiga kelgan yillardan boshlab 70 – yillarning oxiriga qadar o‘ttiz yillik davrda Istanbul va Onado‘lida yashab o‘tgan barcha qahramonlar — butun idora ma’murlari, boylar, ishsizlar, baqiroq siyosatchilar, taksi haydovchilari, kibor honimlar, askarlar va askar bo‘lish orzusidagi xayolparastlar, ko‘cha xotinlari, qishloq oqsoqollari, mahkumlar, jinoyatchilar, fohishalar, futbolchilar, ziyolilar, og‘alar, shayxlar, jarchilar, dehqonlar, qotillar va yana ko‘plab aqlga sig‘dirish mumkin bo‘lganlarning hayot tarzini aynn uning asarlaridan topish mumkin edi.Hech qaysi turk adibi mana shu o‘tgan o‘ttiz yil orasida Istanbul timsolidagi Turkiyaning eng mayda detallariga qadar yozuvchiga hos ustalik bilan tasvirlamagan. Uning ijodida qisqa hikoya janri yetakchilik qilardi. O‘ylab qolaman, yuqorida ta’kidlab o‘tganimiz qahramonlar hayotini bir-biriga uzviy bog‘lagan holda ikir-chikirlariga qadar kichik bir hikoyada mukammal ifodalay olish… axir juda murakkab-ku! Ha, shunday, biroq Aziz Nesin har bir narsaga so‘zga qaragandek qarar va aynan SO‘Zni ko‘rardi.Nesin ko‘rsatgan adabiy jasoratga hech qachon chin ma’noda durustroq e’tibor qaratilmagan. Uning butun boshli romanlar turkumidan-da kuchli ta’sir etuvchi uch-to‘rt betli hikoyalari turk xalqining qayerdan kelgani, hozir qayerdaligi va ertaga qayerga ketishini bashorat qilgarak sahnaga chiqdi.Uning kitoblarini tez-tez varoqlab turaman va negadir uning asarlari orqali aynan muallifning shaxsiyatiga, kundalik hayot tarzi va ichki kechinmalariga singishib ketayotganimni sezaman va… hayratlanaman. Va yana bilamanki, bir ijodkor sifatida ham o‘zining, ham xalqining ham dunyoning qayg‘usini ortmoqlab yurgan inson botinida do‘zax azobining achchiq izlari bo‘y ko‘rsatib turadi. Adib mana shu azobning tugab qolmasligi va yozish shavqi uni tark etmasligi uchun Yaratganga iltijo qiladi. Aziz Nesin yozish uchun hech qachon vaqt va joy tanlamagan; u ulkan kitob nashriyotlaridan ko‘ra ko‘proq kundalik nashrlarga suyangan va ularning qudratini chindan his qilgan edi. Yana bir narsa: Nesin garchi davr odamlarining ichki kechinmalarini tasvirlagan bo‘lsa-da u davriy yozuvi bo‘lib qolmadi. U kuylagan muqaddas va aksar jirkanch qayg‘ular insoniyat yaratilganidan to tanazzulga yuz tutguniga qadar qalblarni tark etmaydi.Qay bir yili u bilan Farangistonga sayohat qilgandik. Bir mehmonxona tanlab kirdik va o‘z xonalarimizga o‘rnashdik. Bir-necha daqiqadan so‘ng qandaydir bahona bilan eshigini taqillatdim. U ochdi va ko‘rdimki, Nesinning qo‘lida qalam bor edi. Nega u eshikni ochaman, deb turgani payt qo‘lidagi qalamni stolga qo‘ymagani haqida uzoq o‘ylaganim yodimda… Xonaga kirib uning yozuvlariga ko‘z tashladim. U ko‘cha yozuvchilaridan biri bo‘lgan va bugunga kelib unutilib ketgan Mahmud Sodiq haqida o‘z xotiralarini qoralayotgandi. Muallifning yozishicha, qalam Mahmud Sodiqning oltinchi barmog‘i bo‘lgan ekan. Aziz joyiga o‘rnashib olgach yana yozishda davom etdi: “Mahmudni ko‘z oldimga keltirgim kelgani zamon qo‘limdagi qalamga boqaman, yuragim olovlanadi.”Ammo yozish bora-bora uning uchun zahmatdan ko‘ra hayotning g‘addorligi ustidan qozonilgan g‘alabaga aylandi. Eng og‘ir vaqtlarda ham uning asarlari xalq ko‘nglidan joy olarak ularga muqaddas umid tushunchasini singdirishdan to‘xtamadi. Nesin yagona quroli — qalami bilan inson qalbi uchun yovuzlikka tomon urush ochdi. Ba’zilar yaqinlarini, ba’zilar buyumalirin sevadilar. Aziz Nesin es yozishni sevar va qarog‘lariga ham o‘z qahramonlari dilida tug‘ilgan orzu shu’lasi porlab turardi.Siyosiy raxbarlarning xalqqa nisbatan ayyorona yurishlardan to ko‘cha bezorilarining qo‘pol va manfur qilmishlariga qadar u o‘z keskin munosabatini bildiraverdi va Insonga nisbatan qilingan barcha adolatsizlikka ba’zan ko‘z yosh va aksar paytlarda kulgi quroli orqali kurashib keldi. Aziz Nesinga mana shunday — juda kam yozuvchilarga beriluvchi baxt nasib qilgandi.O‘zi chanqagan vaqti boshqalarning ham chanqaganini his qilar va ularning chanqoq tufayli qilayotgan faryodlarini eshitmagani uchun o‘zini ayblardi. Eng asosiysi, uning eng murosaasiz raqibi o‘zi edi. U o‘zini ayaganini hech qachon ko‘rmaganman.Ijtimoiy muammolarning davlat tomonidan hal qilinishini kutgani kabi, intellektual va siyosiy hayotga aloqador butun muammolarni o‘z hamqalamlari bilan birga yechishni istar edi u. U yozgan qisqa hikoyalarda xalq farishta qilib tasvirlanmas edi. Chindan ham Nesinning bitiklarida shundoq ham jasur yozuvchidan yanada yuksakroq jasorat kutayotgan, biroq o‘zi na ot na baliq bo‘la olgan noshud va xomxayol olomonning omiligi ustidan achchiq kulish orqali o‘sha olomonni chinakam xalq qilish istagi yotardi.Men ham ba’zan uning ulug‘ siymosi, ko‘rsatgan adabiy jasoratlari va achchiqtilligiga mahliyo bo‘lib qolsam-da biroq u bilan meni bog‘lagan muayyan muammoli vaziyatlar va eng asosiysi mening unga ixlos qo‘yishimning asosiy sabablarii bo‘lmish Yozuvchilik Intizomi va har bi narsani idrok etmoq istagi meni o‘ziga tortaveradi. Hamma narsani yozish! Ortingdan buyuk bir asar qoldirish orzusi! Hamma bilgan, biroq bilishini bilmagan haqiqatlarni tiniq shaklda, Xudo bergan ishtiyoq-la qog‘ozga ko‘chirmoq zavqi…
Hamisha xayolimda Aziz Nesin va uning qanday ishlaganini o‘rganishdan zavq olgan kunlarim — yo‘qotishdan, yig‘ishdan, sochishdan, har qanday kamchiligimga optimistlarcha qarashdan topgan baxt tuyg‘usi yuqoridagi istak va ehtiroslarni uyg‘otgan edi. Nima bo‘lganda ham Aziz Nesin turk adabiyotini, turk nasrini bir-necha darajaga ko‘tarib qo‘ydi va uni istehkom kabi mustahkam, kapalak kabi nozik asarlar bilan boyitdi. Kulib turgan va g‘azablangan asarlar bilan!
Aziz Nesinning hikoyalarini o'zbek hajviy hikoyachilaridan Said Ahmad hikoyalariga qiyoslash mumkin. Chunki Said Ahmadning hikoyalari ham xuddi Aziz Nesinning hikoyalari kabi ham kulguli, ham og'riqli. To'g'risini aytsam bu ikki yozuvchining asarlarini o'qir ekanman avvaliga kulgim keladi, keyin esa yig'lagim... Bu ikki adibning hajviy hikoyalari aslida kulgi ostiga yashirilgan fojealardir.
Aziz Nesinning "Xotin kishi bo'lganimda-yu" hikoyasi qahramoni Salomat , sekretar ayol pul uchun o'rni kelsa or-nomuslarini ham sotishga majbur qahramonlar bo'lsa, Said Ahmad "Qoplon" hikoyasi qahramoni Qurbonboy o'z manfaati uchun hech qanday ishdan toymaydigan, ikkiyuzlamachi, mug'ombir bir kimsa. Aziz Nesinning qahramonlarini bu darajaga kelishlariga ko'proq boshliqlar, qandaydir qo'llar orqali amal kursisiga o'tirib qolgan yuqori tabaqa vakillari sabab bo'lsalar. Said Ahmadning qahramoni esa o'z nafsiga qul bo'lib bir "it" ga aylanib qoladi.
Aziz Nesinning " Masqaraboz" hikoyasida go'yo o'zini tasvirlagandek tuyildi: "Ko‘z oldimdan och-yalang‘och insonlar ketmaydigan bo‘ldi. Tonggacha uxlolmay ular bilan birga sovqotib chiqaman. Jinoyat haqidagi xabarlarni o‘qiganda o‘sha jinoyatda mening ham aybim yo‘qmikan, deb o‘yga tolaman. Qotil tutgan pichoqning sopi qo‘limni kuydurayotgandek bo‘laveradi. Otilgan har bir o‘q mening qalbimga sanchilgandek azoblanaman. Jamiyatdagi barcha ayb, jinoyat va gunohlarni ortmoqlab ketayotgandek his qilaman. Kulishni tamoman unutib yubordim" Aziz
Nesin ham shu bemor kabi, unga ham jamiyatdagi notengliklar, odamlarning og'ir sharoiti tinchlik bermaydi. Shunday bo'lishaga qaramay ichi dard- u alamga to'lib ketgan shu bemor xalq uchun, xalqqa quvonch ulashish uchun o'zida kuch topa olgani kabi Aziz Nesin ham unga qancha tuhmat toshlarini yog'dirsalar ham xalq uchun ijod qilishdan to'xtamaydi.
Xulosa qilib aytganda, Aziz Nesin ham, Said Ahmad ham xalq dardini, jamiyatdagi illatlarni o'zining hikoyalarida hajv orqali ko'rsatib berishdek iste'dodga ega yozuvchilardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |