Odob-axloq tarbiyasi


Odob-mehr-muhabbatning zeb-ziynatidir, odobsizlik-do‘stlikka putur yetkazadi. Odob do‘stlik oynasiga jilo beradi va ikki oraga yorug‘lik bag‘ishlaydi



Download 76,5 Kb.
bet6/8
Sana22.04.2022
Hajmi76,5 Kb.
#574118
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1403951030 49111

Odob-mehr-muhabbatning zeb-ziynatidir, odobsizlik-do‘stlikka putur yetkazadi. Odob do‘stlik oynasiga jilo beradi va ikki oraga yorug‘lik bag‘ishlaydi.

Odob urug‘ini ekkan odamning hosili javohir bo‘ladi. Odobli va go‘zal xulqli odamlar ko‘payaversa, xalqning do‘stligi, ularning bir-biriga bo‘lgan mehr-muhabbati borgan sari rivoj topadi. Agar kishi odob kabi xulqqa ega bo‘lsa, o‘zi ham xalqningn izzat-hurmatiga sazovor bo‘ladi. Do‘stlar orasida shu kabi suhbat va shu yo‘sinda hamjihatlik bo‘lsa, qanday yaxshi. Bunday aql, ittifoq, muhabbatli, odobli bo‘lish do‘stlar uchun baxtiyorlikdir”.

SHunday qilib, O‘rta Osiyo allomalarining ijodida axloqiy madaniyat mazmunan boy va shaklan g‘oyat rang-barangdir. Xalqimiz tarixida axloqiy madaniyat ta‘limoti doimo rivojlanib, takomillashib borgan. XVI-XX asrlar davomida unga salmoqli hissa qo‘shgan Turdi va Mashrab, Gulxaniy va Munis Xorazmiy, Muqimiy va Furqat, Avaz O‘tar o‘g‘li va boshqa qator ilg‘or shoir va allomalar haqida ham ko‘p mulohazalar bayon qilish mumkin.

O‘rta Osiyo mutafakkirlarining axloq-odob haqidagi fikrlarini o‘rganishning amaliy ahamiyati shundan iboratki, unda axloqiy odob madaniyatidan tashqarihalqimizning qadimiy urf-odatlari va udumlari, an‘analari ham yaxshi yoritilgan.

XX- asr boshlaridagi pedagogik fikrlar taraqqiyotining asoschisi Abdulla Avloniy axloqni shunday ta‘riflaydi: “Insonlarni yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlikdan qaytarguvchi bir ilmdir. Yaxshi xulqlarning yaxshiligini, yomon xulqlarning yomonligini dalil va misollar bilan bayon qiladurgan kitobni axloq deyilur.

Axloq ilmini o‘kub, bilib amal qilgan kishilar o‘zining kim ekanini, janobi haq na uchun xalq qilganin, yer yo‘zida nima ish qilmoq uchun yurganin bilur. Bir kishi o‘zidan xabardor bo‘lmasa, ilmni, ulamoni, yaxshi kishilarni, yaxshi narsalarni, yaxshi ishlarning qadrini, qimmatini bilmas. O‘z aybini bilub, iqror qilub, to‘zatmoqga sa‘y va qo‘shish qilgan kishi chin bahodir va pahlavon kishidur”.

Yosh niholning baquvvat daraxtga aylanishi parvarishga bog‘liq bo‘lganidek, odam Bolasi komil inson bo‘lib yetishishi uchun ham uni murg‘aklikdan axloq-odob ilmidan bahramand etib borish lozim.

3.Axloq-odob tarbiyasi milliy, ma‘naviy, umuminsoniy qadriyatlar asosida amalga oshirilgandagina uning mazmuni yanada boyib boradi. Chunki milliy, umuminsoniy va ma‘naviy qadriyatlar axloqiy tarbiyaning hamma tomonlarni qamrab oladi. Insonning jamiyatiga bo‘lgan munosabatini shakllantirish, salbiy illatlarga qarshi nafrat uyg‘otish, ongli intizomli tarbiyalash komil insonni voyaga yetkazish kabilar axloqiy tarbiyaning vazifalaridir.Ahloqiy tarbiya vazifalaridan yana biri insonning jamiyatga bo‘lgan munosabatini yuqori pog‘onaga ko‘tarishdir. Iymon va insof, so‘z va ish birligi, insonparvarlik-yangi qurilayotgan asosiy xususiyatlari bo‘lib qoladi. Shunday ekan, jamiyat va xalq manfaati, uning baxt-saodati uchun kurashish mas‘uliyatini har bir fuqaro teran his etilishi va unga amal qilishi lozim. Yoshlarni tarbiyalashda sho‘rocha axloq usullaridan vos kechib, sharqona va milliy axloq-odob normalari asosida ish yuritish bilan birga jamiyatga hurmat, mustaqillikni mustahkamlash insonlarga insoniy munosabatda bo‘lish kabi fazilatlarni singdirish taqozo etiladi. Bu fazilatlarni amalga oshirish o‘quvchilarning jamiyatga bo‘lgan munosabatini shakllantirishda muhim ahamiyaga egadir. O‘quvchilarni jamiyat manfaati uchun qilinadigan mehnatga ilhomlantirish o‘qituvchining eng muhim vazifasi hisoblanadi. O‘quvchining jamiyatga bo‘lgan munosabatida milliy birlik, birdamlik va hamkorlik tuyg‘ulari, turli xalqlarga bo‘lgan hurmat kabilar yaqqol namoyon bo‘lishi zarur. Axloq, odob insonning jamiyatga bo‘lgan munosabatining negizini tashkil etadi. Shuning uchun ham o‘quvchida jamiyatga bo‘lgan hurmatni yuksaltirish mustaqilligimizni mustahkamlashga, axloqiy madaniyat egasi bo‘lishga, axloqiy ongni, o‘zini-o‘zi anglab yetishga, Yaxshi insonlarga bo‘lgan e‘tiqodni rivojlantirishga olib keladi. Maktab o‘quvchilari dars va darsdan tashqari jarayonlarda do‘stlik, hamjihatlik, hamkorlik, bir-birini qo‘llab-quvvatlash,

birovning dardiga darmon bo‘lish kabi fazilatlar xalqimiz va millatimizning kuch-qudratini asosi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy taraqqiyotning negizi ekanligini o‘z o‘quvchilariga tushuntirishlari darkor.

O‘zbekiston mustaqilligi, yurtimiz ravnaqi yoshlarni o‘qish, izlanish va mehnatdan qochmaydigan, har qanday qiyinchiliklardan hayiqmaydigan, salbiy illatlarga nafrat bilan qarash ruhida tarbiyalashni talab qiladi. Shunga ko‘ra bugungi O‘zbekiston zaminida yashayotgan har bir yosh kelgusida shu o‘lkani haqiqiy egasi bo‘lib yetishishi,uning gullab-yashnashi haqida qayg‘urishi, erishgan yutuqlarni mustahkamlash lozim.

Salbiy illatlarning dastlabki belgilari oilada, maktabda ko‘rinadi. Buning oldini olish va bartaraf etish tinimsiz kurash olib borish zarur. Bunda maktab o‘qituvchilari, ota-onalar o‘z o‘quvchilarida, o‘z farzandlarida samimiylik, tashabbuskorlik, faollik mehnatsevarlik kabi axloqiy sifatlarni matonat, qat‘iyat, mustaqillik, tashabbuskorlik, ishonch kabi xislatlarni shakllantirishlari shart.

O‘quvchilardagi salbiy illatlariga qarshi kurash olib borishda o‘qituvchilar muhim rol‘ o‘ynaydilar. O‘qituvchilar ta‘lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarni mamlakatimizda ro‘y berayotgan voqea va hodisalarning haqqoniyligiga, to‘g‘rililigiga ishonch ruhida tarbiyalashlari zarur.

Ayniqsa ular har bir darsni o‘tishida respublikada bo‘layotgan yangiliklar, mustaqil O‘zbekistonning fidoiy kishilari haqida so‘zlab berishlari, shu bilan birga mustaqillikning qadriga yetmayotgan ba‘zi bir yoshlarning yaramas kirdikorlarini tushuntirishlari kerak.


Download 76,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish