Kasb etikasi (odob-axloqi) — odamlarning kasbiy faoliyatidan kelib chiqadigan o'zaro munosabatlarning axloqiy yig'indisidir.Kasbiy odobning barcha uchun birdek taalluqli hisoblanmagan, balki muayyan kasb-ког egalarigagina mansub bo'lgan ijtimoiy xulq-atvor qoidalari, me'yorlari mavjuddir.
«Kasb odobi» atamasi «kishilar o'rtasidagi kasb faoliyati bilan bog'liq munosabatlarga ma'rifiy tus beradigan xulq-atvor kodeksidir».
Kasb axloqi kasb odobiga nisbatan keng tushuncha. Chunki kasb odobi kasb axloqi tarkibiga kirib unga shaxs xulq-atvori asos bo'lsa, kasb axloqi xulq-atvor bilan birgalikda, umuminsoniy axloqiy kasbiy me'yorlarga asoslanadi.
Kasbiy axloq insonning kasbiy burchlari o'z kasbiga bo'lgan munosabatini belgilaydigan axloqiy me'yorlar majmuyi bo'lib, u kishilarni u yoki bu kasbga mansubligiga qarab birlashtiradi.