Despotiya (yunoncha «despoteia» – cheklanmagan hokimiyat) rejimi hokimiyatning faqat bir kishi tomonidan boshqariladigan mutlaq monarxiyaga xosligini anglatadi. Despotiyalar qadim zamonlarda paydo bo‘lib, boshqaruvda o‘ta o‘zboshimchalik, raiyatning to‘la huquqsizligi, boshqaruvda huquqiy va axloqiy qadriyatlarning yo‘qligi bilan ajralib turadi. Despotiya sharoitida mus- taqillik, norozilik mumkin bo‘lmay, bunday hodisalar xuddi tiraniyadagi singari ayovsiz bostiriladi.
Bunday holatlarda ishlatiladigan chora-tadbirlar o‘ta ayovsiz va shafqat- siz bo‘lib, jazolash dahshatli tus oladi. Buning sababi xalqni qo‘rquvda saqlash hamda o‘rnatilgan hokimiyatning barqarorligini ushlab turishda namoyon bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |