Odilqoriyev X. T


bob. DАVLАT VА HUQUQ NАZАRIYASINING DOLZАRB MUАMMOLАRI VА MILLIY HUQUQSHUNOSLIKNING USTUVOR VАZIFАLАRI



Download 1,16 Mb.
bet360/370
Sana01.01.2022
Hajmi1,16 Mb.
#297353
1   ...   356   357   358   359   360   361   362   363   ...   370
Bog'liq
777 (1)

bob. DАVLАT VА HUQUQ NАZАRIYASINING DOLZАRB MUАMMOLАRI VА MILLIY HUQUQSHUNOSLIKNING USTUVOR VАZIFАLАRI





1-§.
Davlat va huquq nazariyasining zamonaviy holati tahlili

Mustaqil davlat sifatidagi taraqqiyotimiz mobaynida milliy huquqshunoslik fani shakl- landi va tadrijiy rivoj topmoqda. Huquq- shunoslik fani ijtimoiy ong shakllaridan biri sifatida jamiyat hayotining huquqiy qiyofasi,

ichki mantig‘i, rivojlanish qonuniyatlarining in’ikosi. Boshqacha aytganda, dav- lat-huquqiy voqelikning, yuridik hayotning ilmiy ifodalanishi, nazariy talqinidir. U yangi huquqiy doktrina asosida qaror topdi.

Zamonaviy huquqiy doktrina – yangicha demokratik huquqiy tafakkur mahsuli, ilg‘or huquqiy qarashlar, nazariy umumlashma hamda qoidalar tizimi. Huquqiy doktrina – muayyan tizimga keltirilgan ta’limot, tarkibiy qismlari bir-biri bilan chambarchas bog‘langan konsepsiya, tamoyillar yig‘indisi1. Hozir- gi O‘zbekiston huquqiy tizimining o‘zagini tashkil etayotgan huquqiy doktrina tabiiy huquq ta’limoti, umuminsoniy, umumbashariy huquqiy qadriyatlar bilan xalqimizning bir necha ming yillardan beri sayqallanib kelayotgan tarixiy, mil- liy, huquqiy va ma’naviy qadriyatlarining hamohangligi asosida yaratildi.

Milliy huquqshunoslik huquqiy ong va huquqiy tafakkurning qaror topishi hamda rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. U o‘z nufuzi va maqomi- ga ko‘ra ijtimoiy-siyosiy va huquqiy hayotni chetdan kuzatuvchi, shunchaki o‘rganuvchi, hisobini yurituvchi «betaraf nozir» emas, balki islohotlar jarayo- nini ilmiy baholovchi, izohlovchi va o‘z tavsiyalarini ishlab chiquvchi huquqiy tizimning uzviy bo‘g‘ini tarzida maydonga chiqmoqda.

Huquqshunoslik fani – davlat va huquqning barcha jihatlarini o‘rganish asosida hosil qilinadigan ilmiy bilimlar tizimidir. Yanada mufassalroq tavsiflansa, huquqshunoslik o‘ta murakkab ijtimoiy hodisalar bo‘lmish davlat va huquqning vujudga kelishi, rivojlanishi istiqboli, mohiyati, vazifasi va funksiyalarining namoyon bo‘lish qonuniyatlarini, huquq ijodkorligi, huquqni qo‘llash va huquq- ni muhofaza etish jarayonlarini, yuridik qonunlarni yaratish, nizolarni huquqiy hal etish tizimi hamda tartib-taomillarini o‘rganuvchi, huquqiy tafakkur va dunyoqarashni shakllantiruvchi fandir. Zamonaviy huquqshunoslikning tahlil






1 Qаrаng: Fаlsаfа. Qоmusiy lug‘аt. – T., 2004. – 144-bet.

33–18-8

doirasiga, shuningdek, davlat hokimiyatini oqilona tashkil etish, demokratiyani rivojlantirish, inson huquqlarini ta’minlash, huquqiy tizimni liberallashtirish, qonunchilik va yuridik amaliyotni takomillashtirish, huquqiy madaniyat va tar- biyani yuksaltirish kabi muammolarini tadqiq etish kiradi.

Huquqshunoslik predmeti hajmdor, anchagina murakkab va serqirra. Uning mazmunini yuridik bilimlar (huquqiy xususiyatga ega masalalar majmui talqini) yuridik voqeliklar mushohadasi nuqtayi nazaridan quyidagi uch elementdan iborat tarzda tavsiflash mumkin:



  • davlat va huquqning qonuniyatlari;

  • davlat hokimiyati hamda huquq tizimini tashkil etuvchi tarmoqlarning normativ-yuridik mazmuni;

  • yurisprudensiyaning texnologiyalari, ya’ni: yuridik texnika, huquq yaratish, uni qo‘llash, sharhlash, muhofaza qilish amaliyotidagi vosita va usul- lar.

Huquqshunoslik nafaqat nazariy bilimlar tizimi, balki davlat-huquqiy amaliyotni tahlil etuvchi fan sifatida salmoqli amaliy salohiyatga hamda ha- yotiy ahamiyatga ega. Yuridik amaliyotda faoliyat yurituvchi xodimlar (sudya, prokuror, tergovchi, yuristkonsultant) yuksak huquqiy tafakkur qobiliyatiga va tegishli bilimga (qonunchilikni mukammal bilish), yuqori huquqiy madani- yatga, yuridik texnikani qo‘llash ko‘nikmalariga hamda amaliy tajribaga ega bo‘lishi lozim. Аmaliyotchi yuristlar har qanday masalani hal etishda yuri- dik qadriyatlardan, adolat tamoyillari va huquq prinsiplaridan kelib chiqishi; huquqiy tartibga solishning sinalgan mexanizmlaridan foydalana olishi; real fakt (muammoli vaziyat)larni yuridik tushuncha va nazariy konstruksiyalar orqali talqin eta olishi lozim.

So‘nggi yillarda huquqshunoslikning holatiga oid o‘tkazilgan tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, fanning ildam rivojlanishiga halal berayotgan omillar va muayyan kamchiliklar mavjud. Bular qatorida quyidagilarni e’tirof etish mumkin:



  1. Huquqshunoslik sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning gnoseologik va metodologik asoslari bo‘sh, dissertatsiyalarning ilmiy apparati hamda tahlil saviyasi ancha sayoz.

  2. Tadqiqotlarda ilmiy bahs va munozara deyarli yo‘q, borlari ham nis- batan yuzaki. Ko‘pincha muallifning mustaqil pozitsiyasi, nuqtayi nazari aniq ko‘rinmaydi.

  3. Ilmiy izlanish va ishlanmalarimiz mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlardan, modernizatsiyalash jarayonlaridan ortda qolmoqda. Ba’zi kvaziilmiy taklif va tavsiyalarimiz amaliyot uchun ahamiyatsiz yoki kam ahamiyatli bo‘lib qolmoqda.




  1. Dissertatsiya tadqiqotlari bilan yuridik (ijtimoiy) amaliyot o‘rtasida muayyan uzilish mavjud, ya’ni ilmiy ishlarning empirik bazasi bo‘sh, ularning aksariyati sotsiologik tadqiqotlarga asoslanmaydi. Ilmiy tavsiyalarning amali- yotga joriy etilish mexanizmlari takomillashmagan.

  2. Yuridik ta’lim jarayonini huquqshunoslik ilmining so‘nggi yutuqlariga asoslanib, davlat ta’lim standartlariga muvofiq tayyorlangan maxsus adabiyot- lar bilan ta’minlash borasida ham jiddiy oqsash mavjud.

Davlatchiligimiz va huquqiy tizimimizda jo‘shqin islohotlar amalga oshayotgan, jamiyatimiz demokratik tarzda yangilanayotgan hozirgi pallada ro‘y berayotgan barcha voqea va jarayonlarni huquqiy mushohada etish, ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish ehtiyojini aniqlash va ularni yuridik tilda ifodalash o‘zbek huquqshunoslik fanining muhim vazifasidir.

Huquqshunoslik fanining bugungi kundagi asosiy vazifasi, avvalo, O‘zbekistonda qaror topayotgan yangi demokratik davlatchilikning mohiyatini, uning kelgusida huquqiy davlatga aylanishi qonuniyatlarini, mazkur maqsad yo‘lidagi islohotlar mazmuni va asosiy yo‘nalishlarini chuqur ilmiy tahlil hamda talqin etishdan iborat. Shu bilan birga, milliy huquqiy ta’limotni shakllantirish, ijtimoiy munosabatlarning qonuniyatlarini va huquqiy voqeliklarni o‘rganish, ularga ilmiy baho berishda yangi jamiyatning xususiyatlarini hisobga olgan holda yondashish va amaliyot uchun mukammal asoslangan nazariy xulosalar, takliflar berish hisoblanadi. Bu esa, yuridik fan sohasida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish va tashkil qilishda jiddiy o‘zgarishlar yasashni, yangi shakl va usullarini o‘zlashtirishni talab etadi.

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganidek, «fanning vazifasi – kelajagimizning shakl-shamoyilini yaratib berish, ertangi kunimizning yo‘nalishlarini, tabiiy qonuniyatlarini, uning qan- day bo‘lishini ko‘rsatib berishdan iborat».

Mazkur o‘rinda davlat va huquq nazariyasining dolzarb muammolari tahli- liga, shuningdek konstitutsiyaviy huquq va davlat qurilishining ba’zi e’tiborli masalalariga to‘xtalamiz.

E’tirof etish joizki, davlat va huquq nazariyasi huquqshunoslikning (yurisprudensiyaning) ilmiy-nazariy poydevorini, fundamental yo‘nalishi si- fatida uning metodologik asosini tashkil etadi. Mazkur fan ijtimoiy-huquqiy hayot ilgari surayotgan qator yangi hodisalar, yuridik kategoriyalarning ilmiy ta’riflarini yaratadi, xossa-xususiyatlarini ochadi, funksional tedensiyalari va harakatlanish mexanizmlarini izohlaydi.

Bugungi kunda davlat va huquq nazariyasi zamonaviy demokratik qadriyatlar, inson huquqlari va qonun ustuvorligi tamoyillari, huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati hodisalari, hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipi kabi umum-
bashariy g‘oya va ta’limotlarni yangicha huquqiy tafakkur asosida qayta musho- hada etmoqda.

Fanimiz huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati hodisalarining mohiyati, mazmuni, muhim belgilari hamda xususiyatlarini keng tadqiq etish bilan shug‘ullanmoqda. Biroq, «huquqiy davlat» bilan «fuqarolik jamiyati»ni diallek- tik juft kategoriyalar sifatida, ya’ni «mazmun» bilan «shakl»ning nisbati tarzida talqin qilish hanuzgacha dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Huquqiy davlat hokimiyatni oqilona demokratik tashkil etish mahsuli sifatida fuqarolik jamiyatining siyosiy shaklini, siyosiy mohiyatini ifoda etadi. Huquqiy dav- lat faqat fuqarolik jamiyatidek ijtimoiy makondagina qaror topishi va faoliyat yuritishi mumkin. Аyni vaqtda, fuqarolik jamiyati to‘la ma’noda qaror topishining shak-shubhasiz sharti huquqiy davlat mavjud bo‘lishidir. Bu hodisalarning birini ikkinchisidan ajratib tasavvur etish mumkin emas.

Fuqarolik jamiyati bilan huquqiy davlatning o‘zaro nisbatini, bir tomon- dan, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar yig‘indisi, ikkinchi tomondan, siyosiy mu- nosabatlar majmuining nisbati tarzida izohlab, tadqiq etish ham dolzarbdir. Zero, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayonlari tegishli boshqaruv tizimi, demokratik siyosiy tuzilmalar, huquqiy norma va institutlar mavjud bo‘lishini taqozo etayotganligini anglash lozim.

Huquqshunoslikka oid izlanishlar faol olib borilayotganligiga qaramasdan, tadqiqotchilarning aksariyati hali «hokimiyat» fenomenini teran anglab yeta ol- ganlari yo‘q. Masalan, hokimiyatning bo‘linmas, yagona voqelik ekanligi bilan uning «bo‘linishi» o‘rtasidagi farqni, hokimiyat hodisasi bilan hokimiyat vako- latlari o‘rtasidagi nisbatni aniqlash muammolari hanuz ilmiy yechimini topgani yo‘q. Hokimiyatning yagonaligi va taqsimlanishi davlat hokimiyati tarmoqla- rining dialektik holatidir. Yagonalikka dialektik muvozanat orqali, hokimiyat idoralarini oqilona uyg‘unlashtirish va muvofiqlashtirish yordamida erishiladi.

Hokimiyat shunday ijtimoiy-irodaviy munosabatki, bunda hukmron iro- daning ustunligi hamda belgilovchi, yo‘naltiruvchi roli namoyon bo‘ladi. Dav- lat irodasi tufayli davlat hokimiyati namoyon bo‘ladi, va natijada, jamiyatni boshqarish amalga oshadi. Davlat boshqaruvi vertikal hokimiyat munosabat- lari bo‘lsa, fuqarolik jamiyatining mohiyatini ochish uchun undagi gorizontal munosabatlar tizimi va mantig‘ini anglab yetish lozim bo‘ladi.

Jamiyatni modernizatsiyalash sharoitida davlat hokimiyati va boshqa- ruvi organlari bilan fuqarolik jamiyati tuzilmalarining hamkorligi hamda ij- timoiy sherikligini ta’minlash ham o‘ta dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shu bilan birga, fuqarolik jamiyati institutlari, subyektlari va shaxslar o‘rtasidagi munosabatlarni huquqiy tartibga solish mazmuni tubdan o‘zgarib borayot- ganligini ham e’tiborga olish lozim. Huquqiy tartibga solish mexanizmini
tadqiq etish va uni zamonaviy talablar asosida takomillashtirish xususida gap borganida, bu jarayonni erkinlashtirish, modernizatsiyalash xususiyat- larini chuqur mushohada etish muhimdir. Nafaqat huquqiy tartibga solish sohasida, balki mamlakatimizning butun huquqiy tizimida ro‘y berayotgan liberallashtirishning asosiy mazmuni – barcha huquqiy mezonlarni, taqiq va cheklovlarni adolat tamoyillari nuqtayi nazaridan qayta ko‘rib chiqish, ularni oqilona mo‘tadillashtirish, inson manfaatlarini ta’minlaydigan huquqiy standartlarni joriy etishdan iborat.

Huquqiy tizimimizda ustuvorlik mavqeyini egallab borayotgan liberal- lashtirish tendensiyasini yanada chuqurlashtira borib, qonunchiligimizda so- biq sovet tuzumidan meros qolgan «man etuvchi», «taqiqlovchi», «majbur- lovchi» mazmundagi normalar bosqichma-bosqich bartaraf etilishiga erishish lozim. Bunday huquqiy normalar o‘rniga tavsiya beruvchi, imtiyoz beruv- chi, rag‘batlantiruvchi normalarni qonunchiligimizga qat’iyat bilan kiritish maqbuldir. Ushbu yo‘nalishni imperativ (buyruq asosida) tartibga solishdan dispozitiv (erkin ixtiyoriy asosda) huquqiy tartibga solishga o‘tish tendensi- yasi deb atash mumkin.



Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan jihatlardan tashqari, huquqiy tizim va qonun- chilik tizimi rivojlanishida namoyon bo‘layotgan bevosita yuridik mazmundagi tendensiya va xususiyatlarni ham e’tirof etish mumkin:


  1. Download 1,16 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   356   357   358   359   360   361   362   363   ...   370




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish