Metodologik funksiya. Davlat va huquq nazariyasi yuridik fan sohala- riga nisbatan metodologik funksiyani bajaradi. Chunki, har qanday metod –
amaliy izlanishga yo‘naltirilgan nazariyadir. Nazariya fani voqelikni qanchalik to‘g‘ri aks ettirsa, u bilishning metodi sifatida shunchalik samarali bo‘ladi. Davlat va huquq nazariyasi davlat, huquq, qonunchilik, huquqiy munosabat, huquqiy javobgarlik kabi tushunchalarni ishlab chiqadi. Mazkur nazariy tushunchalar tizimi davlat va huquqqa oid masalalar haqida yangi ilmiy bilimlarni yaratish uchun poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Shuning uchun ham davlat va huquq nazariyasi ishlab chiqqan ilmiy tushunchalar, kategoriyalar, ta’riflar, prinsiplar va qoidalar huquq sohalarini o‘rganuvchi boshqa fanlar uchun metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |