To‘rtinchidan, huquq normalari umummajburiy xususiyatga ega. Huquq normasining bu xususiyati unga og‘ishmay rioya qilish va ijro etish hamda in- son xulq-atvoriga davlat, jamiyat va ijtimoiy guruhlar tomonidan ma’lum mu- nosabat bildirilishini ko‘zda tutadi. Agar xulq-atvor yuridik norma talabalarga muvofiq kelsa, munosabat ijobiy bo‘lishi mumkin yoki norma talablari buziladi- gan bo‘lsa, salbiy aks ta’sir yuz berishi mumkin. Huquqiy normaga, umuman huquqqa rioya qilish va uni ijro etish ichki va tashqi omillar bilan ta’minlanadi. Shunday qilib, huquq normasi – davlat tomonidan o‘rnatilgan yoki ma’qullangan, bajarilishi hamma huquq subyektlari uchun umummajburiy bo‘lgan, davlatning majburlov kuchi bilan muhofazalanadigan, ijtimoiy muno- sabat qatnashchilarining huquq va majburiyatlarini o‘zida mujassam etgan va
aniq shaklda ifodalangan xatti-harakat mezoni, yurish-turish qoidasidir.
2-§.
Huquq normasining tuzilishi
Huquq normasining struktura-tuzilishini ochishda uning statik (turg‘un) holatidan tashqa- ri, dinamik (jo‘shqin) vaziyati hamda funksional (harakatdagi) jihatlari muhim rol o‘ynaydi.
Huquq normalarining shunday funksional aloqalari mavjudki, ular huquqning ichki birligini ta’minlash va izohlash uchun xizmat qiladi. Huquq muayyan murakkab funksional tizimdir. Undagi alohida normalarning har biri huquqiy tartibga solish jarayonida o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Ularning har biri predmet hamda vazifasi bo‘yicha ixtisoslashib, bu jarayon esa ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni nazarda tutadi. Bular: subordinatsiya aloqalari (bir nor- maning undan yuqori turuvchi boshqasiga «bo‘ysunushi»); huquq normalari o‘rtasidagi aloqalar; huquq funksiyalari asosida vujudga keladigan muhofaza- lovchi aloqalar ushbu bog‘liqlik mahsuli hisoblanadi.
Bulardan birinchisi huquq normalarining ongli-irodaviy mazmuni bo‘lib, ularda muayyan tafakkur, ong (qonun chiqaruvchi avvaldan dasturlashtir- gan ijtimoiy munosabatlar modellari) hamda irodaviy (qonun chiqaruvchi- ning muayyan munosabatlarning real mavjudligini faol asoslashi) holatlar- ning mavjudligi bilan izohlanadi. Huquq normalarining yuridik mazmuni esa, har ikki holatni ham rasmiylashtiradi, ularga yuridik o‘ziga xoslik, huquqiy tabiat bag‘ishlaydi. Huquq normalarining yuridik mazmuni ularning o‘zida ifo-
dalangan xulq-atvor qoidasi sifatida tushunilishi mumkin, qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar matni orqali anglab yetiladi.
Qonunchilik hujjatida mantiqan yakunlangan rasman muayyan mustah- kamlanishiga ega bo‘lgan davlat hokimiyatining irodasi normativ qoida sifa- tida maydonga chiqadi. Qonun va boshqa huquqiy hujjatni yaratuvchi organ huquqiy norma mazmunida uning barcha tarkibiy qismlarini, ya’ni normaning qo‘llanish shart-sharoitlarini, subyektlarning huquq va majburiyatlarini, yuridik talabga rioya etilmagan holda – javobgarlik choralarini aks ettirishi lozim.
Shu bois huquqiy normaning tarkibiy tuzilishini tahlil etish ham nazariy, ham amaliy ahamiyat kasb etadi. Huquq tizimining boshlang‘ich elementi, ya’ni kichik tizim sifatida huquq normasi o‘z ichki tuzilishiga ega, ya’ni huquq normasi mazmunan o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq bir necha tarkibiy qismlardan iborat. Ta’kidlash joizki, adabiyotlarda huquqiy normaning tuzilishi masalasida turlicha yondashuvlar mavjud. Xulq-atvor normalarining tarkibi haqidagi ma- sala anchadan beri huquqshunoslarning e’tiborini jalb qilib kelmoqda.
Huquqiy normaning uch element(gipoteza, dispozitsiya, sanksiya)dan iboratligi haqidagi fikrlar huquqshunoslikda keng tarqalgan. Huquqiy normada, avvalambor, norma qo‘llaniladigan sharoitga oid qism bor, so‘ngra xulq-atvor qoidasining o‘zi bayon qilinadi, oxirida esa ushbu qoidani bajarmaganlik uchun kelib chiqadigan yuridik oqibat nazarda tutiladi.
Ijtimoiy munosabatlarning ayrim turlarini tartibga soluvchi huquq nor- malarining «ixtisoslashganligini» hisobga olgan holda, ko‘pchilik mualliflar yuridik norma tarkibidan ikki elementni ajratib ko‘rsatadilar: regulyativ nor- malarda – gipoteza va dispozitsiya; qo‘riqlovchi normalarda – gipoteza (dispo- zitsiya) va sanksiya. So‘zma-so‘z ifodalaganda bu odatda shunday bo‘ladi. Ush- bu masala haqidagi bahslarning mohiyatini chuqurlashtirib o‘tirmay, ta’kidlash joizki, yuridik normaning uch elementli strukturasi – uning mantiqiy-yuridik ifodasidir. U nazariy fikrlash vositasida shakllantiriladi va o‘zining timsolida ushbu formulani ifodalaydi: «Agar... bo‘lsa, unda..., aks holda esa... bo‘ladi». Mantiqiy yuridik tizimni qayta tiklash uchun, mantiq talab va qoidalaridan tashqari yana qonunchilikni hamda yuridik texnikani, huquqiy aloqalar tizimini yaxshi bilish zarur. U yoki bu vaziyatda xatti-harakatning ma’lum bir qolipini belgilovchi huquq normalari, ya’ni xulq-atvor qoidalari, o‘zining mantiqiy yuri- dik tarkibiga ko‘ra, gipoteza, dispozitsiya va sanksiyaga ega.
Shunday qilib, huquqiy norma quyidagi uch element (qism)dan iborat:
gipoteza; 2) dispozitsiya; 3) sanksiya.
Do'stlaringiz bilan baham: |