birinchidan, davlat fuqarolarning hududiy bo‘linishiga qarab ajralishidan iborat bo‘lib, urug‘doshlik tuzumida qon-qardoshlik aloqalari tufayli hududga bog‘liq bo‘lmagan urug‘doshlik ittifoqlari bo‘lgan. Bu urug‘doshlik ittifoqlari buzilgan, grajdanlar o‘zlarining ijtimoiy huquq va burchlarini qaysi urug‘ va qabilaga mansub ekanliklaridan qat’i nazar, yashagan joylariga qarab amalga oshira boshlaydilar;
ikkinchidan, davlat urug‘chilik tashkilotidan endi aholi bilan sig‘isha ol- maydigan ijtimoiy-siyosiy hokimiyatni1 ta’sis etish bilan farq qiladi, u aholidan ajralgan bo‘lib, iqtisodiy va siyosiy jihatdan faqat hukmron sinfga xizmat qiladi. Ijtimoiy hokimiyat qurollangan kishilarning maxsus otryadi, armiya, politsi- yadan, turma va har xil majbur etish muassasalari singari zo‘rlash apparatidan iborat. Bularning hammasi urug‘doshlik tuzumiga begona va noma’lum edi.
Ijtimoiy hokimiyat davlat ichida ziddiyat keskinlashgan sari va qo‘shni davlat kattalashib, aholi soni jihatidan ko‘payib borgan sari kuchayaveradi. Ijtimoiy hokimiyatga ichki omillargina emas, shu bilan birga tashqi siyosiy omillar (bosib olinish xavfi va hokazolar) ham ta’sir etadi;
uchinchidan, ijtimoiy-siyosiy hokimiyatni saqlash uchun fuqarolarning vznoslari – soliqlar va qarzlar zarur.
Davlat amaldorlari ijtimoiy hokimiyatga va soliqlar undirish huquqiga ega bo‘lib, jamiyat organlari sifatida jamiyat ustidan turadilar. Ularning ho- kimiyati endi obro‘-e’tiborga, jamiyat a’zolarining izzat-hurmatiga emas, balki kuchga tayanadi. Maxsus qonunlar ularning manfaatlarini qo‘riqlab, muqaddas va daxlsiz darajaga ko‘taradi.
Ibtidoiy jamoa tuzumining barbod bo‘lishi va davlatning paydo bo‘lishi turli xalqlarda ular hayotining ichki va tashqi muayyan sharoitlariga qarab turlicha sodir bo‘lgan.
Davlatning kelib chiqish umumiy prinsiplari aniq tarixiy sharoitlarda har xil bo‘lgan. Davlat qisman urug‘doshlik tuzumini o‘zgartirib, qisman u tu- zumga yangi organlar kirib, eskisini surib chiqarish, davlat hokimiyatining chinakam organlari bilan to‘la almashtirish yo‘li bilan vujudga kelgan.
Demak, davlat aslo jamiyatga tashqaridan zo‘rlab kiritilgan kuch emas. Davlat – taraqqiyotning ma’lum bosqichiga chiqqan jamiyatning mahsulidir, davlat bu jamiyatning o‘ziga o‘zi zid kelib, hal qilib bo‘lmaydigan ziddiyat-
1 Ijtimoiy-siyosiy hokimiyat urug‘chilik tuzumidagi ijtimoiy hokimiyatdan farq qiladi. F. Engelsning
«Оila, хususiy mulk va davlatning kelib chiqishi» asarining ruscha nashrida ibtidoiy-jamoa tuzumi davridagi ijtimoiy hokimiyat «общественная власть» deb, siyosiy mazmundagi davlat hokimiyati esa «публичная власть» deb yozilgan. Qo‘llanmada «ijtimoiy-siyosiy hokimiyat» iborasi davlat hokimiyati, siyosiy hokimiyat ma’nosida ishlatilmoqda.
4–18-8
larga chuvalib qolganligini, murosasiz qarama-qarshiliklarga bo‘linganligini, bu qarama-qarshiliklardan qutulishga qodir emasligini e’tirof qilishdir. Ammo bu qarama-qarshiliklarning, ya’ni birining iqtisodiy manfaatlari ikkinchisining iqtisodiy manfaatlariga zid bo‘lgan sinflarning samarasiz kurashda birini biri va jamiyatni yeb qo‘ymasligi uchun, aftidan, jamiyat tepasida turadigan, uni
«tartib» chegarasidan chiqarmaydigan kuch zarur bo‘lib qolgan jamiyatdan kelib chiqqan, lekin o‘zini jamiyatdan yuqori qo‘yadigan, borgan sari jamiyat- dan chetlashib boradigan bu kuch – davlatdir!!!»1.
Davlatning paydo bo‘lishi bilan bir vaqtda huquq ham vujudga keladi. U davlat singari ekspluatatorlarning manfaatlarini himoya qilish uchun, sotsial tengsizlikni mustahkamlash uchun, ekspluatatsiya qilinuvchilarni «tar- tib» doirasida ushlab turish uchun paydo bo‘ldi. Kuchli ziddiyatlar sharoitidagi munosabatlarni tartibga solish uchun ibtidoiy odat normalari yaroqsiz bo‘lib qoldi. Yangi tarixiy sharoitda faqat hukmron guruh irodasini ifodalovchi nor- malar zarur edi. Huquq xuddi ana shunday normalar yig‘indisi edi. Ko‘pgina odat qoidalari hukmron sinf irodasiga moslashtirildi. Masalan, qadimgi Rimdagi XII jadval qonuni, qadimgi Bobildagi «Xammurapi qonunlari» buning misoli bo‘la oladi. Davlat organlari va boshliqlarining aktlari, adliya va sud or- ganlarining qarorlari huquq sistemasini yaratishning manbayi edi. Bu huquqiy hujjatlarda xususiy mulk mustahkamlanadi, qullar mehnatidan foydalanish va qullarning huquqsizlik holatini mustahkamlovchi, ularni rasman «gapiruvchi mehnat qurollari» deb hisoblovchi qonun-qoidalar yaratiladi.
Huquq ibtidoiy jamiyatdagi sotsial normalardan farq qiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |