1-§.
Huquqning harakatlanishi va uni amalga oshirish tushunchasi hamda bosqichlari
susida bormoqda.
Huquqning asl qadr-qimmati, ijtimoiy ahamiyati uning kishilar ongi-irodasiga ta’sir etish orqali insonlar o‘rtasidagi munosabat- larni tartibga sola olish salohiyatida namo- yon bo‘ladi. Gap huquqning real hayotga joriy qilinishi, ya’ni uning harakatlanishi xu-
Huquqning harakatlanishi, amal qilishi uning funksional holati ifodasi- dir. Huquqning jamiyat hayotida o‘z amalini topib, ijtimoiy munosabatlarning mazmuniga singishi, ularni me’yoriy tartibga solishda ifodalanadigan ijtimoiy manfaatli vazifani bajarishi uning funksional jihatini tashkil etadi. Huquqning harakatlanishidan muayyan ijobiy samara kutiladi. Buning uchun huquq amal- ga oshirilishi, hayotga tatbiq etilishi lozim. Huquq normalari bevosita hayotga, turmush amaliyotiga joriy etilgan taqdirdagina jamiyat, inson va davlat uchun foydali hamda manfaatli bo‘lishi mumkin. Huquq qanchalik sobitlik bilan, izchil amalga oshirilsa, ijtimoiy munosabatlar shunchalik samarali tartibga solinishiga erishiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan ma’qullangan
«2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi»da belgilangan besh ustuvor yo‘nalishdagi muhim vazi- falarni muvaffaqiyatli bajarish uchun amaldagi qonunchilik, huquqni qo‘llash amaliyotini va ilg‘or xorijiy tajribani chuqur tahlil etish asosida ish tutish e’tiborga molik jihatdir 1. Ushbu g‘oya davlat boshlig‘i Sh. Mirziyoevning ma’ruzalarida yanada aniq ifoda etilgan: «Konstitutsiyamizda belgilangan qo- nun ustuvorligi prinsipi jamiyatimizda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, barcha islohotlarni samarali amalga oshirishning muhim kafolatidir... Asosiy masala – qonunlarning... ijrosini to‘g‘ri tashkil etish hamda qonun talablariga qat’iy amal qilishni ta’minlashdan iboratdir» 2.
1 O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining O‘zbеkistоn Rеspublikаsini yanаdа rivоjlаntirish bo‘yichа Hаrаkаtlаr strаtеgiyasi to‘g‘risidаgi fаrmоni. – T., 2017. – 4-bеt.
2 Mirziyoyеv Sh. Qоnun ustuvоrligi vа insоn mаnfааtlаrini tа’minlаsh – yurt tаrаqqiyoti vа хаlq fаrоvоnligining gаrоvi. – T.: «O‘zbekiston», 2017. – 8–9-bеtlаr.
Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning samarasi, unumdor- ligi ko‘p jihatdan huquqni to‘g‘ri amalga oshirishga bog‘liq. Agar huquq tatbiq etilmasa, insonlar xatti-harakatida o‘zining mujassam ifodasini topmasa, ijtimoiy tartibga soluvchi vosita sifatidagi qiymatini yo‘qotadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ta’kidlab o‘tganidek, «qonunlarni qabul qilish – bu ish- ning bir qismi xolos». Lekin eng muhim masala ularni hayotga tatbiq etishdir.
Huquqning talqini oxir-oqibatda uning ijtimoiy munosabatlarning regulyatori bo‘la olishiga, tartibga solish qobiliyatiga borib taqaladi. Huquqning qadriyat sifatidagi mantig‘i – uning insonlarning ongi va irodasiga ta’sir o‘tkaza olish qobiliyatidadir. Aynan shu narsa huquqning harakatlanishi masalasini dolzarb mavzuga aylantiradi.
Huquqning harakatlanishi yoki amal qilishi – huquqning muayyan ma- kon, zamonda tegishli shaxslar doirasidagi ijtimoiy munosabatlarga qadriyatlar nuqtayi nazaridan maqsadli, axborot yetkazuvchi omil va bevosita tartibga soluvchi ta’sir etishidir.
Huquqning harakatlanishi ijtimoiy modellarni va abstrakt qadriyatlarni real hayotga o‘tkazishda namoyon bo‘ladi. Huquqning harakati uning alohida shaxslar, guruhlar xulq-atvorida, jamiyat hayot tarzida adolat mezonlarini ta’minlashga oid mohiyatini ro‘yobga chiqarishdir. Huquq ijtimoiy kuch sifatida ijtimoiy munosabatlarga ta’sir etish jarayonida o‘z salohiyatini namoyon qiladi. Huquqning harakatlanishini davlatdan ajratilgan holda talqin etish mum-
kin emas. Hozirga qadar hech bir jamiyat davlatning ishtirokisiz adolat muhitini ta’minlay olgan emas. Hamma yerda davlat huquqiy normalarning harakatlani- shini, amalga oshishini ta’minlaydi. Davlat huquqiy tartibga solish vositalarini (mexanizmlarini) yaratadi, huquqning pirovard maqsadlariga erishish uchun ushbu vositalarni (mexanizmlarni) ishga soladi.
Huquq harakatlanishining asosiy ko‘rinishi sifatida huquqni amalga oshirish – davlat tomonidan yuridik mustahkamlangan va kafolatlangan im- koniyatlarni ro‘yobga chiqarish, ularni odamlar va ularning tashkilotlari faoli- yatida hayotga tatbiq etish demakdir. Yuridik adabiyotlarda «huquqiy normani
amalga oshirish», «huquqni tatbiq etish», «huquqiy normalarni tatbiq etish»,
«huquqiy normani qo‘llash» kabi tushunchalar yuzasidan yakdil fikr yo‘q. Le- kin, huquqiy normalarni tatbiq etish – huquqiy normalarni amalga oshirishni anglatishi aksariyat nazariyotchi olimlar tomonidan tan olinadi.
Etimologiya nuqtayi nazaridan «amalga oshirish» ma’nosini bildiradigan
«realizatsiya» atamasi lotinchadan olingan bo‘lib, «realis» – moddiy yoki mod- diylashtirish degan ma’noni anglatadi. Hozirgi kunda bu so‘z ko‘proq u yoki bu reja, dastur va loyihalarni, maqsadlar va hokazolarni amalga oshirish yoki ular- ni tatbiq etish ma’nosida qo‘llaniladi. Huquq mafkuraviy hodisa bo‘lib, muayyan
imkoniyat sifatida odamlar harakatida, faol xulq-atvorida, moddiy va ma’naviy boyliklar, ne’matlardan foydalanishda ro‘yobga chiqadi, moddiylashadi. Ayni vaqtda, uni amalga oshirish yana bir ma’noga ega: boshqa imkoniyatlar(rejalar, dasturlar, niyatlar va sh.k.)dan farqli o‘laroq, huquq amalga oshirish imkoniyatining ko‘proqligi bilan tavsiflanadi, kafolatlar bilan ta’minlanadi. Tahlil qilinayotgan tushunchani izohlovchi yana bir holat shundan iboratki, huquq tabiiy va ijobiy, obyektiv va subyektiv huquqni o‘z ichiga oluvchi serqirra hodisadir. Huquqni amalga oshirish institutini uning serqirra mazmunini hisobga olgan holda talqin etilishi lozim.
«Huquqni amalga oshirish» kategoriyasi yuqoridagi mazmunga mos ke- ladi. Darhaqiqat, huquq nomoddiy ko‘rinishga ega bo‘lsa ham, u kishilarning faoliyatida, faol xulqi va yurish-turishlarida, ularning moddiy va ma’naviy qadri- yatlardan foydalanganlarida moddiylashadi. Demak, huquqni amalga oshirish – uning talablarini huquqiy munosabatlar ishtirokchilari faoliyatida namoyon bo‘lishi, uning ko‘rsatmalarini huquqiy xatti-harakatga aylantirishni anglatadi. Yuridik talqini va mohiyatiga ko‘ra, huquqni amalga oshirish davlat – hokimiyat xarakteriga ega bo‘lgan faoliyat bo‘lib, u qonunda mustahkamlan- gan irodaga muvofiq ro‘y beradi. Uning yakuniy natijasi – qonunning talabini bajarish yoki undagi taqiqqa yarasha o‘z xatti-harakatlaridan tiyilish, ularni
cheklashdan iborat bo‘ladi.
Huquqni amalga oshirish o‘zaro ichki bog‘langan, tarkibiy qismlari bir- birini taqozo etadigan murakkab mexanizm sifatida maydonga chiqadi. Maz- kur mexanizm biror-bir elementining oqsashi yoki yetarli darajada ishlamasligi huquqni ro‘yobga chiqarish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Huquqni amalga oshirish natijasida inson huquq va erkinliklari muhofaza etiladi, xalqning davlat hokimiyatini amalga oshirishda ishtiroki ta’minlanadi, mulk (xususiy mulk) qo‘riqlanadi, tadbirkorlik rivojlantiriladi va qo‘llab-quvvatlanadi, ijtimoiy va huquq-tartibot mustahkamlanadi. Huquq amalga oshirilgan taqdirdagina shaxs va jamiyat uchun ma’no va ahamiyat kasb etadi. Agar huquq hayotga tatbiq etilmasa, u muqarrar tarzda o‘lik hodisadir. Huquq normalarining bosh vazi- fasi shundan iboratki, ular shaxs huquqlarining mazmunini aniqlashga yordam beradi va shu tariqa uni amalga oshirishga imkoniyat yaratadi.
O‘z tabiati, mantig‘i jihatidan huquqni amalga oshirish – zamon va ma- konda yuz beruvchi murakkab jarayon. Unda nafaqat taraflar, subyektiv huquq va majburiyatlarning egalari, balki davlat o‘zining huquq ijodkorligi, huquqni ijro etuvchi, huquqni qo‘llovchi organlari orqali ishtirok etadi. Huquqni amalga oshirish, huquqni hayotga tatbiq etish jarayoni sifatida, birinchidan, huquqni amalga oshirishning yuridik mexanizmlarini, ikkinchidan, huquqni bevosita amalga oshirishning shakllarini o‘z ichiga oladi. Huquqni amalga oshirishning
yuridik mexanizmlari xilma-xil bo‘lib, ularning mazmuni u yoki bu mamlakat huquqiy tizimining xususiyatlari bilan belgilanadi. Mamlakatimiz huquqiy tizimida huquqni amalga oshirish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |