Yuridik muassasalar – huquqiy tizimning muhim tarkibiy qismlari-
dan biridir. Yuridik muassasalar deb – huquq ijodkorligi, huquqni tadbiq etish, uni muhofaza qilish hamda huquq buzilishlariga qarshi kurash bilan shug‘ullanadigan davlat va boshqa ijtimoiy tashkilotlar tizimiga aytiladi.
O‘zbekiston Respublikasida yuridik muassasalar tizimiga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti apparati, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi sud hokimiyati organlari, O‘zbekiston Respublikasi prokuratura, bojhona va soliq organlari, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi, shuningdek vakillik hamda davlat boshqaruv organlari, advokatura va hokazolar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |