Huquqiy muomala layoqati – jismoniy va yuridik shaxsning o‘ziga
tegishli huquqini o‘zi bevosita amalga oshirish qobiliyatini anglatadi. Muomala layoqati qonunda belgilangan shaxslar tomonidan o‘z harakatlari bilan sub- yektiv huquq va yuridik majburiyatlarga ega bo‘lish qobiliyatidir. Muomala layoqatining mazmuni, ko‘lami va amalga oshirish shartlari huquq normalari bilan belgilanadi.
Demokratik jamiyatda huquq layoqati va muomala layoqati uni chindan ham amalga oshirish imkoniyatlari bilan ta’minlanadi. Umumiy qoidaga ko‘ra, barcha fuqarolar huquq layoqatiga ega hisoblanadilar. Bi- roq, har bir fuqaro ham muomala layoqatiga ega bo‘lavermaydi. Xususan, O‘zbekistonda muomala layoqati balog‘at chog‘i, voyaga yetish kunidan boshlab yuzaga chiqadi. Ayrim huquq tarmoqlarida huquq layoqati va muomala layoqati bir vaqtda paydo bo‘ladi. Masalan, konstitutsiyaviy huquq sohasida asosiy huquq va majburiyatlarga ega bo‘lish o‘n sakkiz yoshdan boshlanadi.
Mehnat-huquqiy munosabatlarida huquq layoqati va muomala layoqati
16 yoshdan, oila-nikoh munosabatlarida 18 yoshdan (O‘zbekiston Respub- likasining Oila kodeksiga ko‘ra ayollar 17 yoshdan) qatnasha oladilar. Jinoiy- huquqiy munosabatlarda jinoiy javobgarlikka tortilish 16 yoshdan, og‘ir jinoyat- larda huquq layoqati va muomala layoqati 14 yoshdan, ba’zan hatto 13 yoshdan paydo bo‘ladi (masalan, javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatda qasddan odam o‘ldirish jinoyatida).
Fuqarolik qonunchiligi bilan tartibga solinadigan munosabatlarda huquq layoqati va muomala layoqati har doim ham birga (bir vaqtda) vujudga kel- maydi. Fuqaroning o‘z harakati bilan fuqarolik huquqlariga ega bo‘lishi va ularni amalga oshirishi, o‘zi uchun fuqarolik majburiyatlarini vujudga keltirish va ularni bajarish layoqati (muomala layoqati) u voyaga yetgach, ya’ni o‘n sakkiz yoshga to‘lgach to‘la hajmda vujudga keladi. Aytish joizki, voyaga yet- gunga qadar qonuniy asosda nikohdan o‘tgan fuqaro nikohdan o‘tgan vaqtdan e’tiboran to‘la muomala layoqatiga ega bo‘ladi (Fuqarolik kodeksining 22-mod- dasi). Shuningdek, ushbu qonunda o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha va o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan voyaga yetmaganlarning muomala layoqati ko‘lami belgilangan (27 va 29-moddalar).
Huquqiy munosabat subyekti o‘z xatti-harakati, nojo‘ya xulq-atvori va huquqbuzarlik oqibati, yetkazilgan zarar uchun javobgarlikni o‘tay olish qobili- yatiga ham ega bo‘lishi lozim. Gap delikt layoqati haqida bormoqda. «Delikt» lot. – huquqbuzarlik, noqonuniy xatti-harakat, ya’ni shaxsning sodir etilgan huquqbuzarligi, jinoyati uchun javob bera olish layoqatini anglatadi. Mazkur layoqat sohibi hisoblanayotgan shaxs aqli raso, ruhiy jihatdan sog‘lom bo‘lishi va o‘z xatti-harakatlari oqibati uchun to‘la javobgarlikni zimmasiga olishga layoqatli bo‘lishi lozim.
Huquqdorlik tushunchasi tarkibida huquqiy layoqat muhim belgilovchi o‘rinni egallaydi. Muomala layoqati bilan delikt layoqati esa, undan kelib chiqa- di. Chunki, shaxs huquq layoqatiga ega bo‘lmasa, huquqni amalga oshirishi yoki tegishli javobgarlikni o‘tashi haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas.
3-§.
Huquqiy munosabatlarning obyekti
Huquqiy munosabatlar tarkibiy tuzili- shining zaruriy qismlaridan yana biri – ular- ning obyektidir. «Obyekt» – lot. objektum – so‘zidan olingan bo‘lib, «narsa», «mavzu» de-
gan ma’noni anglatadi. Har qanday huquqiy munosabat uning zamirida yotgan hayotiy hodisalarni, narsa va jarayonlarni tartibga solish vazifasini o‘taydi. Shu bois, obyektsiz, ya’ni hech narsaga qaratilmagan, hech narsaga ta’sir ko‘rsatmaydigan huquqiy munosabatlar bo‘lmaydi.
Huquqiy munosabatda ishtirok etayotgan subyektlarning diqqat-e’tibori, manfaati, xatti-harakati qaratilgan real ne’mat, aniq narsa, jarayon, harakat- lar huquqiy munosabatning obyekti deb ataladi. Masalan, uy-joy oldi-sotdi shartnomaviy munosabatining obyektini uy-joy tashkil etadi; odam o‘ldirish jinoyatining obyekti – insonning hayoti; birovni haqorat qilish fuqaroviy, ma’muriy va jinoiy javobgarlikni keltirib chiqarishi mumkin. Bu huquqiy muno- sabatlar obyektini shaxsning sha’ni, qadr-qimmati, obro‘-e’tibori tashkil etadi.
Huquqiy munosabatlarning obyekti hayot hodisalari kabi turli-tumandir.
Ularni quyidagicha guruhlashtirish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |