Huquqning psixologik nazariyasi. Huquqqa yondashuvda ayrim olim- lar huquqiy normalar va huquqiy munosabatlar bilan birga huquqiy ongni ham huquq tushunchasiga kiritadilar. Shu bois, huquqning psixologik nazariyasi kelib chiqdi, u fanda va amaliyotda mustaqillikka da’vogar bo‘lsa-da, aslida huquqiy realizm g‘oyalari va boshqa nazariyalar bilan bog‘liqlikda yashab kelmoqda.
Mazkur nazariya o‘tgan asrda mantiqiy to‘la shakllangan bo‘lib, Petra- jitskiy, Ross, Reysner va boshqalar bu nazariyaning Yevropadagi namoyan- dalaridir. Mazkur nazariyaning asosiy g‘oyalari:
inson psixikasi (ruhiyati) – ijtimoiy taraqqiyot – jamiyat, davlat, huquq, axloqning rivojlanishini belgilovchi omil;
huquq tushunchasi va mohiyati qonun sohibi faoliyati orqali emas, psixologik qonuniyatlar – huquqiy ehtiroslar (imperativ-atributiv xarakter), ya’ni nimagadir huquqiy vakolat (atributiv norma), nimadir qilish burchi (im- perativ norma) majmui orqali kiritiladi, deb hisoblanadi;
barcha huquqiy his-tuyg‘ular ikkiga – ijobiy (davlat tomonidan o‘rnatiladigan) va intuitiv (shaxsiy) huquqiy his-tuyg‘ularga bo‘linadi. Intuitiv huquq inson xulq-atvorining haqiqiy tartibga soluvchisi bo‘lib, «haqiqiy» huquq sifatida qaralishi kerak.
Mazkur nazariyaning ijobiy jihatlari: birinchidan, huquqni tushunishda iqtisodiy, siyosiy jarayonlar bilan birga psixologik jarayonlarga ham alohida e’tiborni qaratadi. Bu ijtimoiy psixologiyani hisobga olmay, individning psixologik tuzilishini inobatga olmay turib, qonunlar chiqarish mumkin emasligini anglata- di; ikkinchidan, jamiyat huquqiy tizimida, huquqiy tartibga solishda huquqiy ongning o‘rni va ahamiyatini oshiradi; uchinchidan, inson huquqlarining man- bayini qonunlardan emas, inson ruhiyatidan qidiradi.
Ushbu yondashuvning salbiy jihatlari: psixologik omillarga haddan ziyod katta e’tibor berib, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy omillarga e’tiborni susaytiradi; intuitiv huquqning haqiqiy deb hisoblanishi bilan huquqni davlatdan ajratadi, huquqiylik, huquqqa xiloflik, qonuniylik va g‘ayriqonuniylik o‘rtasidagi farqni, mezonni yo‘qotadi.
Ma’lumki, sobiq Sovet huquq nazariyasida huquqqa psixologik yondashuv subyektiv idealizmga olib keluvchi nazariya sifatida rad etilgan edi. Biroq,
sovet hokimiyatining dastlabki yillarida agar proletar davlatining manfaatlari talab qilsa, sudyalar huquqiy ongga murojaat qilishi dekretlarda tan olingan edi. Amalda esa, sotsialistik huquqiy ongga asoslanib, «aybdorlarni» joyida otib tashlash intuitiv huquqi keng miqyosda qo‘llanildi. Buning salbiy oqibatlari hammaga ma’lum.
Aytish joizki, huquqni tushunishga psixologik yondashuv nazariya- sining asoschisi L.I. Petrajitskiy huquqni obyektiv va subyektiv, in- tuitiv va pozitiv, rasmiy va norasmiy turlarga bo‘lib tushuntiradi. Yuri- dik amaliyotda, xususan, qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotida psixologik nazariya xulosalaridan samarali foydalanish mumkin. Huquq normalari harakatining psixologik mexanizmini bilish nihoyatda muhim, chunki u huquqni amalga oshirishda huquqni qo‘llovchi subyektning kas- biy mo‘ljallarining to‘g‘ri va aniq bo‘lishi, huquqni qo‘llash motivlarining asosli bo‘lishini nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |