Odilqoriyev X. T



Download 1,25 Mb.
bet281/298
Sana16.06.2022
Hajmi1,25 Mb.
#677267
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   298
Bog'liq
Odilqoriyev X. T

Uchinchi jihati. Fuqarolik jamiyati chuqur ma’naviy, yuksak madaniy
insoniy munosabatlar zamiriga tayanadi. Bu jamiyatning ma’naviy hayotida bir narsa ustuvorlik qiladi, ya’ni inson benihoya ulug‘lanadi, umuminsoniy qadriyatlar e’zozlanadi, ular mo‘tabar va muqaddas sanaladi. Bunda insonning qadr-qimmati, mehr-oqibat, axloqiy poklik, adolatparvarlik va insonparvarlik kabi oliy qadriyatlar odamlar o‘rtasidagi munosabatlarning belgilovchi mezoni sifatida maydonga chiqadi.
Demokratik islohotlar davrida ma’naviyatni yuksaltirishga asosiy e’tibor qaratilayotgani bejiz emas. Zero, ma’naviyat – insoniyat ichki dunyosining ko‘zgusi, tafakkuri, ongi va fikr yuritish tarzining mazmun-mohiyatini aks ettiruvchi yuksak ijtimoiy qadriyatdir. Insoniyat hamisha ezgulikka, ma’naviy


1 Xalq so‘zi, 2017-yil 8-dekabr.

barkamollikka intilib yashaydi. Yurtimizda amalga oshirilayotgan tub islohot- larning muvaffaqiyati, mamlakatning yaqin kelajakdagi istiqboli hamyurtlarimiz qanday mavqeni egallashiga, qanaqa madaniy-ma’naviy va axloqiy qadriyat- larni shior qilib olishiga bog‘liq bo‘ladi.


Fuqarolik jamiyatida erkinlik, qonun oldida barchaning tengligi, ijtimoiy adolatning ta’minlanishi, hamma fuqarolarning ijodiy salohiyati va iste’dodining bevosita ro‘yobga chiqarilishiga imkoniyat yaratiladi. Fuqarolik jamiyati huquq va adolat mezonlari bilan o‘lchanadi. Huquq jamiyatning o‘ziga xos «gu- manistik imperativi» (insonparvarvarlik talabi), ya’ni insoniy-axloqiy qoidasi, ma’naviy mayog‘i hisoblanadi. Fuqarolarning o‘zaro huquqiy munosabatidagi mavqei quyidagi prinsiplar asosida belgilanadi:

  1. jamiyatning har bir a’zosi inson sifatida erkin va ozod bo‘lishi;

  2. har bir fuqaroning boshqa fuqaro bilan tengligi;

  3. jamiyat har bir a’zosining fuqaro maqomidagi mustaqilligi.

O‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritgach, suveren davlatchilikni shakllantirishda madaniyatimiz sarchashmalariga, teran va ulkan ma’naviy merosimizga murojaat qilish, boqiy tarixiy o‘tmishimizda mavjud bo‘lgan barcha ezguliklarni yuzaga chiqarib, rivojlantirish borasida beqiyos imkoniyatlar ochil- di. O‘tmish ajdodlarimizning madaniy va ma’naviy boyligi chuqur mushohada etilib, ijtimoiy ongimizga singdirilmoqda, shu orqali biz barpo etayotgan yangi fuqarolik jamiyati manfaatlariga xizmat qilmoqda. Biz shunchaki demokratik jamiyat emas, balki odil demokratik jamiyat barpo etmoqdamiz. Davlatchiligimiz adolat prinsiplariga tayanadi. «Аdolatga intilish – xalqimiz ma’naviy-ruhiy dunyosiga xos eng muhim xususiyat. Аdolatparvarlik g‘oyasi butun iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar tizimiga singib ketishi, ijtimoiy ko‘maklashuv mexanizmida o‘z aksini topishi kerak»1. Ma’naviy-madaniy saviya past bo‘lgan jamiyatda adolat tantanasi haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas. Biz barpo etayotgan fuqarolik jamiyatida adolat, haqiqat va insonparvarlik g‘oyalari ustuvorlik qilishi lozim. Аdolat bor joyda inson haq-huquqlari va erkinliklari to‘la ta’minlanishiga umid bog‘lash mumkin.
Shunday qilib, fuqarolik jamiyatining quyidagi asosiy belgilari va xu-
susiyatlarini ko‘rsatish mumkin:

  1. jamiyat va shaxs ehtiyojlari tizimida faol ijobiy faoliyat va mehnatning roli alohida mazmuniga ega bo‘lishi; mehnatga asoslangan ijtimoiy ehtiyoj va manfaatlar tizimining qaror topishi;

  2. jamiyat mazmunini, uning rivojlanish qonuniyatlari mohiyatini xususiy mulkchilik munosabatlari orqali belgilanishi;



1 Kаrimоv I.А. O‘zbеkistоn buyuk kеlаjаk sаri. – T.: «O‘zbekiston», 1998. – 399-bet.



  1. xususiy mulk barcha mulk shakllari qatori ravnaq topishi va uni muho- fazalashda qonunning, davlat hokimiyatining alohida rol yo‘nashi;

  2. fuqarolarning yuridik jihatdan bir xil maqomga egaligi va qonun oldida tengligi, jamiyatda adolatli sud tizimining qaror topishi va uning fuqarolarni himoyalovchi posbon idoraga aylanishi;

  3. shaxsning xususiy hayoti va iqtisodiy faoliyatiga davlat aralashuvining qonun doirasida cheklanishi; huquqiy davlatchilikning mavjud bo‘lishi;

  4. shaxsning davlat hokimiyatiga nisbatan mulkiy va iqtisodiy mustaqilligi;

  5. davlat, davlat organlari va fuqarolar huquqning teng subyekti sifatida munosabatga kirisha olishi, ular sudda teng taraflar sifatida ishtirok eta oli- shi; fuqarolar huquqlarini kafolatlash va ustuvor ta’minlash mexanizmlarining yaratilganligi;

  6. fuqarolik jamiyatining tarkibiy institutlari, jumladan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tizimining mavjudligi;

  7. jamiyatning yuksak ma’naviy-madaniy va axloqiy rivojlanganligi; insonlar o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro hurmat, iymon-insof doirasida, shaxs qadrini e’zozlash asosiga qurilganligi.

Shunday qilib, fuqarolik jamiyati – har bir inson manfaatini ustu- vor biluvchi, huquqiy an’ana va qonunlarga hurmat muhiti shakllantirilgan, umuminsoniy qadriyatlar e’zozlanadigan, inson huquq va erkinliklari so‘zsiz ta’minlanadigan, davlat hokimiyatini samarali jamoatchilik nazorati mexanizm- lari vujudga keltirilgan, insoniy munosabatlar chuqur ma’naviy-madaniy qadri- yatlarga tayanadigan erkin demokratik huquqiy jamiyatdir.







Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   298




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish