Huquq ijodkorligida qonuniylik prinsipi. Ushbu prinsip huquq ijodkor-
ligi subyektlarining normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini tayyorlash, muhokama etish, qabul qilish va e’lon qilish borasidagi xatti-harakatlari Konstitutsiyaga va boshqa qonunlarga asoslanishidan kelib chiqishi lozim. Huquq ijodkorligidagi qonuniylik ikki jihatni nazarda tutadi: birinchidan, davlat organlari tomonidan qabul qilinadigan har bir hujjat ularning vakolatlari doirasida va tegishli hujjatlar uchun belgilangan taomil (tartib) asosida chiqarilishi shart; ikkinchidan, norma- tiv-huquqiy hujjatning mazmuni ham qonuniylik talablariga javob berishi shart.
1 Qarang: Оdilqoriyev Х.Х. O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik tizimi. – T.: TDYuI, 2008. – 31-bet.
2 Karimov I.А. O‘zbekiston buyuk kelajak sari. – T.: «O‘zbekiston», 1998. – 560-bet.
3 O‘sha joyda.
Ya’ni, yangi chiqarilayotgan hujjat qonunlar va yuridik kuchi bo‘yicha o‘zidan yuqori turuvchi boshqa huquqiy hujjatlarga zid bo‘lmasligi kerak.
Qonun ustuvorligi, qonuniylik prinsipi, avvalo, qonun chiqaruvchi or- gan hamda ijroiya hokimiyat yuqori organlari uchun ham dasturulamaldir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan qabul qilingan «Hara- katlar strategiyasi»da qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash masalalariga nihoyatda jiddiy e’tibor qaratilganligi tahsinga loyiq1.
Qonun ustuvorligi yalpi qonuniylikni ta’minlashning muhim sharti. Bashar- ti, qonunlar, farmonlar va hukumat qarorlari Konstitutsiyaga muvofiq bo‘lmay qolsa, maxsus muhofaza mexanizmi ishga tushadi. Bunday hollarda Konsti- tutsiyaviy sud o‘zining tegishli xulosasini chiqaradi va g‘ayrikonstitutsiyaviy hujjatni harakatdan to‘xtatadi.
Huquq ijodkorligining oshkoraligi. Huquq ijodkorligi faoliyatining
natijasi bo‘lmish normativ-huquqiy hujjatlarda fuqarolarning huquq va maj- buriyatlari mustahkamlanadi. Shu sabab, normativ-huquqiy hujjat darhol o‘z ijrochilari e’tiboriga yetkazilishi zarur. Fuqarolar huquq normalari tomonidan o‘zlariga qo‘yilayotgan talablardan xabardor va hech bo‘lmasa, shunday bilim olish imkoniyatiga ega bo‘lishlari kerak. Quyidagi yuridik prezumpsiya barcha- ga ayon: «qonunni bilmaslik hech kimni javobgarlikdan ozod qilmaydi»; «hech kim qonunni bilmasligini ro‘kach qilishi mumkin emas». Shunga ko‘ra, ya’ni ja- vobgarlikka tortishga ma’naviy huquqqa ega bo‘lish uchun davlat fuqarolarning normativ-huquqiy hujjatlar bilan tanishish imkoniyatini ta’minlab berishi lozim. Normativ-huquqiy hujjatlarni oshkor qilishning asosiy vositasi ularni ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilishdir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasida juda muhim qoida mustahkamlangan:
«Qabul qilingan qonunlarning va boshqa normativ hujjatlarning matbuotda e’lon qilinishi ular qo‘llanilishining majburiy shartidir». Mazkur konstitutsiyaviy prinsip muhim demokratik mazmunga ega. Normativ-huquqiy hujjatni hayotga joriy etishdan avval u oshkora tarzda xalqqa yetkazilishi lozim. Huquqiy huj- jatlar fuqarolardan sir tutilishi, yashirin amalda bo‘lishi mumkin emas.
Bu prinsipga xalqaro huquqda ham katta e’tibor beriladi. Yevropada xavfsizlik va hamkorlik Kengashi qatnashchilari bo‘lgan davlatlarning 1989-yil 15-yanvardagi Vena uchrashuvi Yakuniy hujjatida shunday deyiladi: YeXHK qatnashchisi bo‘lgan davlatlar «shaxslarning o‘z huquq va burchlarini bilishga hamda ularga muvofiq harakat qilishga bo‘lgan huquqini samarali ta’minlash maqsadida inson huquqlari va asosiy erkinliklariga oid qonunlar, ma’muriy qoi- da hamda tartibotlarni nashr etib, barchaga yetkazish majburiyatini oladilar».
1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida / Rasmiy nashr. – T.: «Аdolat», 2017. – 4-bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |